Lee Hye-ri (1994-yil 9-iyunda tugʻilgan), Hyeri nomi bilan mashhur, janubiy koreyalik aktrisa va qoʻshiqchi. U „Girl’s day“ qizlar guruhining eng yosh aʼzosi sifatida shuhrat qozongan va „Real Men“ (2014) filmida doimiy aktrisa sifatida paydo boʻlganidan soʻng katta mashhurligi tufayli Janubiy Koreya ommaviy axborot vositalari tomonidan „Millatning kichik singlisi“ deb nomlandi[1][2][3].

Lee Hye-ri
Tavalludi 9-iyun 1994-yil (1994-06-09) (29 yosh)
Janubiy Koreya
Fuqaroligi Koreya Respublikasi
Kasbi
  • qoʻshiqchi

Keyinchalik u Koreya kabel televideniyesi tarixidagi eng yuqori reytingli drama boʻlgan „Reply 1988“ (2015) teleserialidagi bosh roli bilan tanilgan. Boshqa diqqatga sazovor filmlarigaEntertainer (2016), Two Cops (2017—2018), My Roommate is a Gumiho (2021) va Moonshine (2021—2022) filmlari kiradi.

U 2016-yilda „Forbes Korea Power Celebrity“ roʻyxatida uchinchi oʻrinni egallagan va Janubiy Koreyadagi eng koʻp maosh oluvchi modellaridan biri hisoblanadi[4][5][6]. U „Amazing Saturday“ (2018—2020) nomli shouda muntazam ishtirok etuvchi aktyorlar aʼzosida boʻlgan[7].

Yoshligi va taʼlimi tahrir

Hyeri Janubiy Koreyaning Kyonnggi shahridagi Kvanjuda tugʻilgan. Uning Xe-rim ismli singlisi bor, u Hyeridan ikki yosh kichik[8]. Hyeri qashshoqlikda oʻsgan, onasi fabrikada ishlayotgan paytda qishloqda buvisi bilan qolgan[9][10].

Hyeri oʻrta maktabda oʻqib yurganida, „Dream T Entertainment“ tomonidan isteʼdodlar shousida tanlangan va shuning uchun oldindan ozgina tayyorgarlik bilan „Girls Day“ guruhiga qoʻshilgan. Keyinchalik u Seul sahna sanʼati maktabida oʻqidi, keyin esa Konkuk universitetining kino yoʻnalishi boʻyicha tahsil olgan.

Manbalar tahrir

  1. „혜리 애교에 '심쿵'…'진짜 사나이' 여군 특집 최대 수혜자로“ (koreyscha). ilyo.co.kr (2-sentabr 2014-yil). 11-noyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-iyun 2020-yil.
  2. „문근영에서 혜리까지… '국민여동생' 변천사“ (koreyscha). 시사위크 (16-dekabr 2014-yil). 3-fevral 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-iyun 2020-yil.
  3. „The World Of Girl Group's, Right Now It's Hyeri's World“. OSEN (15-dekabr 2014-yil). 20-aprel 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-avgust 2020-yil.
  4. „Exo and Yoo Ah-in ranked top stars“. Korea JoongAng Daily (26-fevral 2016-yil). 26-fevral 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-avgust 2017-yil.
  5. „Top 5 emerging millionaire celebrities“. kpopherald.koreaherald.com. 27-yanvar 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-avgust 2020-yil.
  6. „Hyeri earns W6b from commercials thanks to 'Reply 1988'“. kpopherald.koreaherald.com. 20-aprel 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-avgust 2020-yil.
  7. „['놀라운 토요일' 첫방 신동엽·박나래부터 키·혜리까지, 본방사수 부르는 꿀조합 - 열린세상 열린방송 MBN“] (koreyscha). star.mbn.co.kr. 10-fevral 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-avgust 2020-yil.
  8. „| 혜리, 우리들의 덕선이 (인터뷰)텐아시아“ (ko-KR). 10Asia (2-fevral 2016-yil). 2-fevral 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-yanvar 2017-yil.
  9. „[SBS Star 4 Celebrities Who Beat Poverty and Became the Breadwinner at an Early Age“] (inglizcha). SBS NEWS (20-dekabr 2018-yil). 27-iyun 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-iyun 2020-yil.
  10. „[리뷰 '해피투게더3' 유라-혜리, 비글자매의 숨길 수 없는 돈독함“]. bntnews.hankyung.com. 24-noyabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-iyun 2020-yil.