Li Joo-yeon (1987- yil 19-martda tugʻilgan)[1], ilgari Jooyeon nomi bilan tanilgan, janubiy koreyalik aktrisa va qoʻshiqchi. U „After School“ qizlar guruhining sobiq aʼzosi sifatida tanilgan. „After School“ni tark etgach, u birinchi navbatda aktrisalikka eʼtibor qaratgan. U „Smile Again“ (2010) dramasida aktrisalik debyutini qilgan va oʻshandan beri boshqa dramalarda bir necha bor ishtirok etgan.

Lee Joo-yeon
Tavalludi
Lee Joo-yeon

19-mart 1987-yil (1987-03-19) (37 yosh)
Fuqaroligi Koreya Respublikasi
Kasbi
  • aktrisa
  • qoʻshiqchi
  • model
Faoliyat yillari 2007-hozirgacha

Faoliyati tahrir

2007-yilda Jooyeon "My Tutor Friend 2 " filmida Azumi sifatida kameo rolini ijro etgan. Jooyeon debyutidan oldin internetda „Ulzzang“ yoki „eng yaxshi yuz“ sifatida mashhur boʻlgan, bu uning tabiiy goʻzallik xususiyatlari bilan ommaga tanilganidanidan dalolat beradi[2]. U 2008-yil 29-dekabrda „SBS“ telekanalining qoʻshiq festivalida „After School“ bilan birinchi norasmiy chiqish qilgan holda, Son Dam-bi bilan „Play Girlz“ qoʻshigʻini ijro etgan.

2015-yil yanvar oyida, „After School“dagi faoliyatini bitirgach, Jooyeon aktrisalik faoliyatini davom ettirish uchun „Better ENT“ kompaniyasi bilan shartnoma tuzgan[3]. U oʻzining yangi kompaniyasi ostida birinchi marta "Sorry, I Love You, Thank You" filmida Jung Xe-mi rolini ijro etgan[4]. Oʻshandan beri u bir qancha dramalarda, jumladan, „All Kinds of Daughters-In-Law“ serialida suratga tushgan[5].

2017-yilda Li „The King“ kriminal filmida va „Saimdang, Memoir of Colors“ tarixiy dramasida aktrisa sifatida rol ijro etgan[6]. 2018-yilda Jooyeonning „Better ENT“ bilan shartnomasi tugagan va u yangi agentlikni qidira boshlagan[7]. Keyinchalik u „Mystic Story“ kompaniyasi bilan shartnoma tuzgan[8]. Oʻsha yilning oxirida Jooyeon „The Undateables“ va „Devilish Charm“ filmlarida yordamchi rollarni ijro etgan[9][10].

2021-yil 27-mayda Lee „C-JeS Entertainment“ bilan shartnoma tuzdi[11].

Manbalar tahrir

  1. „Profile After School“ (Japanese). Avex Japan. 3-avgust 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-avgust 2018-yil.
  2. 'Ulzzangʻ Jooyeon, Hot Topics.OSEN, 2006
  3. „'Jooyeon signs with 'Better ENT' as an actress'“. Allkpop (18-yanvar 2015-yil).
  4. „이주연 측 "'마성의 기쁨' 출연 확정, 톱 여배우 역"(공식)“ (Korean).
  5. „Lee Joo Yeon Joins Cast Of Romantic Comedy Drama With Choi Jin Hyuk And Song Ha Yoon“. Soompi (7-iyun 2018-yil).
  6. „In the new year, Lee Ju-yeon is primed to shine : The actor starts 2017 with promising roles in upcoming film, drama“. Korea JoongAng Daily (9-yanvar 2017-yil).
  7. „애프터스쿨 출신 이주연, FA시장 나왔다…소속사 미정“ (Korean) (17-yanvar 2018-yil).
  8. „Former After School Member Lee Joo Yeon Signs With Mystic Entertainment“. Soompi (28-yanvar 2018-yil).
  9. „[공식이주연 SBS '훈남정음' 캐스팅…남궁민-황정음과 호흡“] (ko). Naver. Sports Chosun (19-aprel 2018-yil).
  10. „[단독 이주연, '마성의 기쁨' 주연 확정...최진혁·송하윤과 호흡“] (ko). Osen (7-iyun 2018-yil).
  11. Hwang Hye-jin. „이주연, 씨제스 전속계약 체결 ʻ최민식 설경구 한솥밥’(공식)“ (ko). Newsen. Naver (27-may 2021-yil). Qaraldi: 27-may 2021-yil.