Lee Sorochan (talaffuzi: Li Sorochan) (1975-yil 9-sentyabrda tugʻilgan) — kanadalik sobiq professional xokkey himoyachisi.

Lee Sorochan
Tugʻilgan joyi 9-sentyabr 1975-yil (1975-09-09) (48 yosh)
Edmonton, Alberta, Kanada
Boʻyi 6 ft 0 in (183 cm)
Ogʻirligi 207 lb (94 kg; 14 st 11 lb)
Pozitsiyasi himoyachi
Oʻynagan jamoalari Calgary Flames
London Knights
Jokerit
Eisbären Berlin
Belfast Giants
NHLga kirish drafti 34-oʻrindagi tanlov, 1993
New York Rangers
Jamoalardagi faoliyat 1995—2004

Oʻyin faoliyati tahrir

Sorochan oʻzining dastlabki faoliyatini 1991-yilda WHLning „Lethbridge Hurricanes“ xokkey jamoasida boshladi[1]. 1992—1993-yilgi mavsumdan soʻng, Lee Sorochan „New York Rangers“ xokkey klubi safiga 1993-yilgi NHL kirish loyihasida 34-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi. 1994—1995-yilgi mavsumning oʻrtalarida Lee Sorochan qanot himoyachilari Dmitiri Markovsky va Mark Szoke bilan birga „Saskatoon Blades“ xokkey klubiga vingerlar Kirby Law, Steve Roberts va himoyachi Mike O'Grady evaziga almashtirildi[2]. Lee Sorochan mavsumni „Saskatoon Blades“ xokkey klubi bilan yakunlaydi va keyinchalik professionalga aylanadi.

Lee Sorochan 1994—1995-yilgi WHL pley-off bosqichi yakuniga etganidan soʻng professional sifatida „New York Rangers“ xokkey klubining Amerika xokkey ligasi (AHL) boʻlimi boʻlgan „Binghamton Rangers“ xokkey jamoasida oʻynadi[3]. Lee Sorochan 1995—1996-yilgi mavsumda „Binghamton Rangers“ xokkey klubi safida harakat qildi. Ushbu mavsumda Lee Sorochan klub safida 45 oʻyin oʻtkazib, 10 ochko toʻpladi[4]. Keyinchalik, „New York Rangers“ xokkey klubi oʻz nomini „Hartford Wolf Pack“ deb oʻzgartirdi. Sorochan jamoada qoldi va 1997-1998-yilgi mavsumda klubda 73 oʻyinda 18 ochko jamgʻardi.

1999-yil 23-martda Sorochan himoyachi Chris O'Sullivan evaziga „Rangers“ klubi tomonidan „Calgary Flames“ xokkey klubiga almashtirildi. Lee Sorochan yangi klub safidagi ilk oʻyinini toʻrt kundan keyin „Phoenix Coyotes“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda oʻtkazdi.

Lee Sorochan 2002—2003-yilgi mavsumda Buyuk Britaniyaning „Belfast Giants“ xokkey klubi safiga qoʻshildi. Shimoliy Irlandiyadagi faoliyati davomida u 31 o‘yinda 16 ochko to‘pladi. Biroq keyinchalik, Lee Sorochan ko‘zidan jarohat oldi. Natijada u pley-off finalini o‘tkazib yubordi[5]. Bu finalda „Belfast Giants“ klubi „London Knights“ klubini 5:3 hisobida mag‘lub etdi. Lee Sorochan 2003—2004-yilgi mavsumda Shimoliy Amerikaga qaytib, ECHLning „Long Beach Ice Dogs“ jamoasi safida 63 oʻyin oʻtkazib, 21 ochko jamgʻardi. Keyinchalik Lee Sorochan professional xokkeydan nafaqaga chiqdi.

Yutuqlar tahrir

  • Yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatining oltin medali (1995)
  • Britaniya chempioni (2003)

Faoliyat statistikasi tahrir

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari tahrir

Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlari
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
1990—1991 Sherwood Park Flyers Bantam AAA AMBHL 34 10 17 27 46
1991—1992 Lethbridge Hurricanes WHL 67 2 9 11 155 5 0 2 2 6
1992—1993 Lethbridge Hurricanes WHL 69 8 32 40 208 4 0 1 1 12
1993—1994 Lethbridge Hurricanes WHL 46 5 27 32 123 9 4 3 7 16
1994—1995 Lethbridge Hurricanes WHL 29 4 15 19 93
1994—1995 Saskatoon Blades WHL 24 5 13 18 63 10 3 6 9 34
1994—1995 Binghamton Rangers AHL 8 0 0 0 11
1995—1996 Binghamton Rangers AHL 45 2 8 10 26 1 0 0 0 0
1996—1997 Binghamton Rangers AHL 77 4 27 31 160 4 0 2 2 18
1997—1998 Hartford Wolf Pack AHL 73 7 11 18 197 13 0 2 2 51
1998—1999 Fort Wayne Komets IHL 45 0 10 10 204
1998—1999 Hartford Wolf Pack AHL 16 0 2 2 33
1998—1999 Calgary Flames NHL 2 0 0 0 0
1998—1999 Saint John Flames AHL 3 1 3 4 4 7 3 3 6 29
1999—2000 Calgary Flames NHL 1 0 0 0 0
1999—2000 Saint John Flames AHL 60 4 37 41 124 3 2 1 3 12
2000—2001 London Knights BISL 8 1 3 4 48
2000—2001 Jokerit Liiga 16 0 0 0 18
2001—2002 Eisbären Berlin DEL 48 0 6 6 88 4 0 2 2 18
2002—2003 Belfast Giants BISL 31 2 12 14 99 12 1 2 3 49
2003—2004 Long Beach Ice Dogs ECHL 63 3 18 21 137
NHL jami 3 0 0 0 0
AHL jami 274 18 88 106 544 36 5 8 13 121

Manbalar tahrir

  1. „Lee Sorochan“ (english). EliteProspects.com. Qaraldi: 2020-yil 24-iyul.
  2. „On Paper, Americans Looking Better“ (english). The Spokesman-Review (1995-yil 1-fevral). Qaraldi: 2020-yil 26-iyul.
  3. „Binghamton Rangers Parent Team affiliate history“ (english). HockeyDB. Qaraldi: 2020-yil 26-iyul.
  4. „Lee Sorochan“ (english). EliteProspects.com. Qaraldi: 2020-yil 24-iyul. „Lee Sorochan“. EliteProspects.com. Retrieved 24 July 2020.
  5. „Ice Hockey: Paul ferguson's Icebreakers“ (english). Belfast Telegraph (2008-yil 4-iyul). Qaraldi: 2020-yil 26-iyul.