Lei Tenglong (talaffuzi: Ley Tenlun) (1991-yil 17-yanvarda tugʻilgan) — xitoylik professional futbolchi, hozirda Xitoy Superligasining „Hebei“ klubida oʻynaydi.

Lei Tenglong
雷腾龙
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Lei Tenglong
Tavallud sanasi 17-yanvar 1991-yil (1991-01-17) (33 yosh)
Tavallud joyi Wuhan, Hubei, Xitoy
Boʻyi 1.84 m (6 ft 12 in)
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Hebei F.C.
Raqami 4
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2003—2010 Beijing Guoan
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2010 Beijing Guoan Talent 16 (0)
2011—2020 Beijing Guoan 107 (4)
2013—2014Marítimo (Ijara) 0 (0)
2013—2014Marítimo B (Ijara) 20 (0)
2020 Tianjin TEDA 1 (0)
2021 Hebei F.C. 0 (0)
Milliy terma jamoa
2015 Xitoy 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(31-dekabr 2020-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (30-oktabr 2016-yil uchun)

Klubdagi faoliyati tahrir

Ley Tenglong futbolchilik faoliyatini 2003-yilda Pekin Guoanning yoshlar akademiyasida oʻynashdan boshlagan. Keyin 2010-yilgi mavsumda S.Liga vakili Beijing Guoan Talent jamoasiga ijaraga berilgan. U klubdagi debyutini 2010-yilning 12-fevralida „Etoile“ga qarshi oʻyinda (1:0) oʻtkazgan. 2010-yil iyul oyida Pekinga qaytgan va 2011-yilda asosiy jamoaga jalb qilingan. U klubdagi debyutini 2011-yilning 25-aprelida Dalian Shidega qarshi oʻyinda (3:0) oʻtkazgan. U klubdagi ilk golini 2011-yilning 6-iyulida „Shanhai Shenhua“ga qarshi oʻyinda (3:0) kiritgan. Lei oʻzining debyut mavsumida sakkizta liga oʻyinini oʻtkazgan, ammo 2012-yilgi mavsumda jarohati tufayli faqat bitta oʻyinda maydonga tushgan.

2013-yilning 31-iyulida Ley 2014-yilning 30-iyuniga qadar Primeira Liga vakili Maritimoga ijaraga berilgan. U asosan Segunda Liga jamoasi „Marítimo B“da oʻynagan va 2013/2014-yilgi mavsumning ikkinchi yarmida oʻzini klubning asosiy oʻyinchisi sifatida koʻrsatgan. Ijaradan qaytganidan soʻng, Ley Pekin jamoasida oʻzini muntazam ravishda yaxshi oʻyinlari bilan koʻrsatishni davom ettirgan va klub bilan 2018-yilgi Xitoy FA kubogini yutib olgan[1].

2020-yil 26-fevralda Lei 2 yillik shartnoma asosida Tianjin TEDA jamoasiga qoʻshilgan[2].

2021-yilning 30-iyulida Lei „Hebei“ klubiga erkin agent sifatida qoʻshilgan[3].

Xalqaro faoliyati tahrir

Ley Xitoy terma jamoasidagi debyutini 2015-yilning 5-avgustida Shimoliy Koreyaga qarshi oʻyinda (2:0) oʻtkazgan.

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub statistikasi tahrir

Klub Mavsum Liga Mamlakat Kubogi Liga Kubogi Qitʼa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Beijing Guoan Talent 2010 S. Liga 16 0 1 0 1 0 - 18 0
Beijing Guoan 2011 Xitoy Super Ligasi 7 1 1 0 - - 8 1
2012 1 0 0 0 - 0 0 1 0
2013 6 1 0 0 - 1 0 7 1
2014 10 0 0 0 - - 10 0
2015 15 0 0 0 - 2 0 17 0
2016 25 1 4 0 - - 29 1
2017 23 0 2 0 - - 25 0
2018 14 1 3 0 - - 17 1
2019 6 0 3 0 - 0 0 9 0
Jami 107 4 13 0 0 0 3 0 123 4
Marítimo (loan) 2013—2014 Primyera Liga 0 0 0 0 0 0 - 0 0
Marítimo B (loan) 2013—2014 Segunda Liga 20 0 - - - 20 0
Tianjin TEDA 2020 Xitoy Super Ligasi 1 0 0 0 0 0 - 1 0
Karyerada jami 144 4 14 0 1 0 3 0 162 4

Xalqaro statistika tahrir

Milliy terma jamoa
Yil Oʻyin Gol
2015 1 0
Jami 1 0

Yutuqlar tahrir

Klub tahrir

Beijing Guoan

  • Xitoy FA kubogi : 2018[4]

Manbalar tahrir

  1. „足协杯-比埃拉建功张稀哲斩杀 国安客场2-2夺冠“. sports.sina.com.cn (30-noyabr 2018-yil). Qaraldi: 13-avgust 2019-yil.
  2. „再引强援!泰达宣布雷腾龙加盟 双方合同签约2年“. Sina Sport (26-fevral 2020-yil). Qaraldi: 31-iyul 2021-yil.
  3. „河北队官宣席尔瓦&莱昂纳多&雷腾龙三人加盟“. Sina Sport (30-iyul 2021-yil). Qaraldi: 31-iyul 2021-yil.
  4. „足协杯-比埃拉建功张稀哲斩杀 国安客场2-2夺冠“. sports.sina.com.cn (30-noyabr 2018-yil). Qaraldi: 13-avgust 2019-yil.