Lenara Shevketivna Osmanova (Ленара Шевкетівна Османова, 1986-yil 7-may, Toshkent) – ukrainalik, qrim-tatar xonandasi. 2017-yildan Ukrainada xizmat koʻrsatgan artist, 2007-yildan Qrim Avtonom Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist[1].

Lenara Osmanova
Tavalludi
ukraincha: Ленара Шевкетівна Османова

7-may 1986-yil
Fuqaroligi SSSR va Ukraina
Kasbi musiqachi

Biografiyasi tahrir

Lenara Shevketivna 1986-yil 7-mayda Toshkent shahrida (O‘zbekiston) tavallud topgan. Otasi muhandis, onasi esa musiqa oʻqituvchisi boʻlgan. 1991-yilda oilasi bilan Qrimga, Simferopol shahriga koʻchib oʻtgan. U yerda „Qrim yulduzlari-91“ tanlovida gʻolib boʻlgan. Bu uning sahnaga qoʻygan birinchi qadami edi.

Simferopol sanʼat maktabini „musiqiy sanʼat va xoreografiya“ mutaxassisligi boʻyicha imtiyozli diplom bilan tamomlagan. Kiyev davlat estrada va sirk sanʼati kollejida „estrada-vokal“ mutaxassisligi boʻyicha tahsil olgan[2].

Mukofotlari tahrir

Lenara „Mini-Miss Qrim-93“ tanlovi gʻolibasi boʻlgan.

„U Chornova morya“, „Gloriya“, „Qoʻshiqning ochilishi“, „Pisenniy versinaj“, „Jemchujina Krima“, „Shellyale“, „Volshebnaya svecha“, „Fant-lotto-nadia“ kabi Ukraina tanlovlari va festivallarining Granprisi laureati va gʻolibi boʻlgan[3].

Osmanova „Utrennaya zvezda“ (Moskva, 1997), „Malekiye zvyozdochki“ (Sankt-Peterburg, 1998) dasturlari finalchisi, „Musiqa olami“ xalqaro tanlovining birinchi mukofoti laureati (Florensiya, 2003). , Xalqaro etnik madaniyat festivali Gran-prisi (Sitsiliya, 2006), „Yulduzli sprint“ xalqaro tanlovining birinchi mukofoti laureati (Rim, 2006), ikkinchi mukofot laureati va tanlovning oltin diski sovrindori. „Bengio-festival“ (Benevento, Italiya, 2006)[4].

Osmanova 1996-yilda Qrim kichik sanʼat akademiyasining aʼzosi boʻlgan. Ukrainaning madaniy hayotidagi faol ishtiroki va yuqori malakasi uchun bir necha bor Qrim va Kiyev hokimiyatlarining davlat mukofotlari sohibasi boʻlgan. Lenara Qrim Respublikasi Oliy Radasi Prezidiumining Faxriy yorligʻi bilan taqdirlangan.

2007-yil 5-fevraldagi farmon bilan Lenara rasman Qrim Avtonom Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist unvoniga sazovor boʻlgan.

2009-yilda „Yevrovidenie 2009“ milliy Ukraina tanlovining finalchisi boʻlgan va u yerda „Flash“ qoʻshigʻini ijro etgan.

Manbalar tahrir

  1. „LENARA OSMANOVA“. Qaraldi: 2023-yil 30-noyabr. [sayt ishlamaydi]
  2. „Lenara Osmanova, who began her career when she was 5“. Qaraldi: 2023-yil 30-noyabr.
  3. „Османова Ленара Шевкетівна“. Qaraldi: 2023-yil 30-noyabr.
  4. „Ленара Османова“. Qaraldi: 2023-yil 30-noyabr.