Leo Rudolf Raubal Jr. (1906 – 1977) Avstriyalik bo‘lib, Adolf Gitlerning o‘g‘li. Leo Rudolf Raubal Ikkinchi jahon urushi paytida Germaniyagagi Luftwaffe'da xizmat qilgan.

Leo Rudolf Raubal Jr.
Tavalludi 2-oktyabr 1906-yil (1906-10-02) (118 yosh)
Avstriya
Vafoti 18-avgust 1977-yil(1977-08-18)
(70 yoshda)
Ispaniya
Fuqaroligi Avstriya
Taʼlimi Kimyo o‘qituvchisi
Kasbi O‘qituvchi, Leytenant (Luftwaffe)
Faoliyat yillari 1939-1943 (Luftwaffe)
Bolalari Peter Raubal (1931 yilda tug‘ilgan)
Otasi Leo Raubal Sr.
Onasi Angela Raubal
Qarindoshlari Adolf Hitler (amaki), William Patrick Hitler (xushboshqa), Heinz Hitler (xushboshqa)

Hayoti

tahrir

Leo Raubal Jr. Leo Raubal Sr. va Angelaning o‘g‘li edi. Raubal Jr. Salcburgda kimyo o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan. U onasini ko'rish uchun Berxtesgaden shahriga borib turgan. Leo Raubal Gitler bilan vaqt o‘tkazishdan zavqlanadigan "sevimli amakivachchasi" bo‘lgan.[1] William Patrick Gitlerning ta'kidlashicha, Leo amakisi Adolfni yoqtirmagan va singlisi Geli o‘limida uni aybdor deb hisoblagan. Tarixchi Werner Maser so'zlariga ko‘ra,1967-yilda Leo Gitlerning Geli o‘limida "butunlay aybsiz" ekanini aytgan.[2]

Ikkinchi Jahon Urushi va Moskvadagi Qamoq

tahrir

Urushdan oldin, u Linz po‘lat zavodining boshqaruvchisi bo‘lib ishlagan. 1939-yil oktyabrida Luftwaffe'ga chaqirilgan va muhandislik korpusida leytenant bo‘lgan.[3]

1943-yil yanvarida Stalingrad jangida jarohatlanganidan so‘ng,[4] Friedrich Paulus Gitlerdan Raubalni Germaniyaga evakuatsiya qilish uchun samolyot so‘ragan. Gitler rad etgan va Raubal Sovetlar tomonidan 1943-yil 31-yanvarda qo‘lga olingan.[5] Gitler Sovetlar bilan Stalinning o‘g‘li Yakov Dzhugashvili uchun almashtirishni ko‘rib chiqishni so'ragan[6], ammo Stalin buni rad etgan. Raubal Moskvadagi qamoqxonada saqlangan va 1955-yil 28-sentyabrda ozod qilingan va Avstriyaga qaytgan.[7]

Qamoqdan keyingi hayoti

tahrir

Ozodlikka chiqqandan so‘ng, Raubal Linzda o‘qituvchi sifatida ishlagan. 1977-yil 18-avgustda Ispaniyada ta'til vaqti vafot etgan va 1977-yil 7-sentyabrda Linzda dafn qilingan.[8] Leo Raubal Jr. ning o‘g‘li Peter (1931-yilda tug‘ilgan) bo‘lib, Elfriede Raubalning o‘g‘li Heiner Hochegger (1945-yilda tug‘ilgan) va William Patrick Gitlerning uchta tirik o‘g‘li Alexander Adolf (1949-yilda tug‘ilgan), Louis (1951-yilda tug‘ilgan) va Brian William (1965-yilda tug‘ilgan) bilan birga, Adolf Gitlerning tirik qarindoshlari hisoblanadi. Peter Raubal hozirda Linzda yashovchi pensiyaga chiqqan muhandis.

Qo'shimcha

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Mitchell, Otis C.. Hitler's stormtroopers and the attack on the German Republic, 1919-1933. Jefferson, N.C.: McFarland & Co., 2008 — 30-bet. ISBN 978-0-7864-3912-6. 
  2. Werner Maser, Werner. Adolf Hitler. Bechtle, 1972 — 23-bet. ISBN 0-252-00897-9. 
  3. Langton, James. „Hitler's lost relatives found on Long Island - 'in terror of identification'“ (en-GB) (2000-yil 15-iyul). Qaraldi: 2019-yil 29-may.
  4. Deighton, Len. Winter: a novel of a Berlin family. New York: Knopf, 1987 — 464-bet. ISBN 0-394-55177-X. 
  5. Elliott, Mark R.. Pawns of Yalta: Soviet refugees and America's role in their repatriation. Urbana: University of Illinois Press, 1982 — 185-bet. ISBN 0-252-00897-9. 
  6. Bailey, Ronald Albert. Prisoners of war. Alexandria, Va.: Time-Life Books, 1981 — 123-bet. ISBN 0-8094-3391-5. 
  7. Hauner, Milan. Hitler: a chronology of his life and time. London: Macmillan, 1983 — 181-bet. ISBN 0-333-30983-9. 
  8. Joachimsthaler...