Leonid Isayev
Leonid Mixaylovich Isayev (1868.16.8, Peterburg gubernyasi — 1964.23.1, Samarqand) — parazitolog-epidemiolog, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1944). Peterburg Harbiy tibbiyot akademiyasini tugatgan (1912). Buxoro Xalq Respublikasida parazitar kasalliklarga qarshi ku-rashish maqsadida tashkil etilgan ekspeditsiya rahbari (1922—23), 1923-yildan umrining oxirigacha Tropik kasalliklar ilmiy tadqiqot instituti direktori (institut 1931-yilda Buxorodan Samarkandga koʻchirilgan, hozirgi Oʻzbekiston Tibbiyot parazitologiyasi ilmiy tadqiqot instituta deb ataladi. Shu institutga va u joylashgan koʻchaga L. M. Isayev nomi berilgan), SamTI tropik kasalliklar kafedrasi mudiri (1936—49). Oʻzbekistonda bezgak, leyshmanioz, rishta va b. parazitar kasalliklarga qarshi kurash va ularni yoʻqotish ishida bevosita qatnashgan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |