Leonid Moiseyevich Rozenblyum (1910, Simferopol — 1983, Toshkent) — ixtirochi olim; paxta terish mashinalari ixtirochilaridan biri. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1961). Butunittifoq Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish va elektrlashtirish institutida (Moskva) (1930—39), Oʻrta Osiyo Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish va elektrlashtirish institutida ilmiy xodim (1940—58), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi institutida katta xodim, boʻlim mudiri (1958-yildan). R. rahbarligida pnevmatik, mexanik paxta terish mashinalarining tajriba nusxalari tayyorlangan, gorizontal va vertikal shpindelli mashinalarni yaratish borasida ilmiy va amaliy ishlar olib borilgan. R. Oʻzbekiston sharoiti uchun vertikal shpindelli mashinalarning afzalligini isbotlagan va bir necha turini yaratgan. U paxta terish mashinalariga taallukli 25 dan ortik, ixtiro muallifi. Vertikal shpindelli paxta terish mashinasi uchun mualliflik guvohnomasini olgan (1937). Davlat mukofoti laureati (1950).

Manbalar tahrir

  • Tryoxkratnaya obrabotka kustov xlopchatnika vertikalnoshpindelnim apparatom, T., 1967 (hamkorlikda).