Leonid Zaiko
Leonid Fedorovich Zaiko (belaruscha: Леанід Фёдаравіч Заіка; 1948-yil 23-avgust, Grodno – 2020-yil 27-dekabr, Minsk) – belaruslik iqtisodchi va siyosatshunos, tahlilchi. Iqtisodiyot fanlari nomzodi (1975).
Leonid Fedorovich Zaiko | |
---|---|
Tavalludi |
23-avgust 1948-yil Grodno, Belorussiya SSR, SSSR |
Vafoti |
27-dekabr 2020-yil Minsk, Belarusiya |
Fuqaroligi | Belarus |
Sohasi | makroiqtisodiyot |
Ish joylari | Xitoy xalq universiteti, Moskva davlat universiteti, Kiyev milliy universiteti, Toshkent davlat universiteti, Yevropa gumanitar universiteti |
Taʼlimi | Belarus davlat iqtisodiyot universiteti |
Hayoti
tahrirLeonid Fedorovich Zaiko 1948-yil 23-avgustda Grodno shahrida tugʻilgan.
Uning otasi Fedor Ivanovich Ukrainalik, onasi Galina Romanovna esa Rossiyalik (Kurskda tugʻilgan) boʻlgan. Leonidning ota-onasi otasining rasmiy vazifalari tufayli Grodnoga koʻchib kelishgan.
1970-yilda Belarus iqtisodiyot universitetini tamomlagan. 1975-yilda Iqtisodiyot fanlari nomzodi, 1983-yilda esa dotsent boʻlgan.
Leonid Zaiko Belorussiyaning turli universitetlarida dars bergan. Shuningdek, Oliy Iqtisodiyot maktabida (Berlin), Xitoy Xalq Universitetida (Pekin), Moskva davlat universitetida (Rossiya), Iqtisodiy rivojlanish institutida (Vashington), Sankt-Peterburg universitetida (Rossiya), Kiyev (Ukraina) va Toshkent (O‘zbekiston) universitetlarida ham dars bergan[1].
1991–1994-yillarda Milliy gumanitar fanlar instituti kafedra mudiri, prorektori, Yevropa gumanitar universiteti iqtisod fakulteti dekani lavozimlarida ishlagan.
1992-yildan beri Jahon bankining Belarusda makroiqtisodiy siyosat boʻyicha loyihalarini boshqargan. Mustaqil ekspert sifatida 1996–1999-yillarda Belarus Respublikasi Vazirlar Kengashining Iqtisodiy rivojlanish kengashi aʼzosi, 2000–2002-yillarda Belarus Respublikasi Milliy Assambleyasi Ekspertlar kengashi aʼzosi boʻlgan. 1996–1997-yillarda „Sharq-Gʻarb“ strategik tashabbuslar milliy markazi nodavlat tashkilotiga rahbarlik qilgan. 1997-yilda „Strategiya“ tahliliy markazi Respublika jamoat birlashmasi rahbari boʻlgan.
2000-yilda u Belarus Respublikasining Inson taraqqiyoti toʻgʻrisidagi Milliy hisobotining ilmiy muharriri va Milliy maʼruzalarni tayyorlash boʻyicha Belorussiyada BMT Taraqqiyot dasturining Ilmiy maslahat kengashiga rahbarlik qilgan. 2004-yildan „Satio“ ilmiy-texnika fanlari markazining ilmiy maslahatchisi, qator xalqaro tashkilotlar eksperti boʻlgan.
Xotini vafot etgach, oʻgʻlini 9 yoshidan boshlab oʻzi katta qilgan[2].
Leonid Fedorovich Zaiko 2020-yil 27-dekabrda koronavirus infeksiyasi oqibatida vafot etgan[3].
Manbalar
tahrir- ↑ „Умер известный белорусский экономист Леонид Заико“. www.belsat.eu. 2020-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.
- ↑ „Известный экономист Леонид Заико один воспитывает сына с 9-летнего возраста“. 2017-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-dekabr.
- ↑ „Умер экономист и политолог Леонид Заико“ (deadlink). 2020-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-dekabr.
Havolalar
tahrir- Профиль на ekonomika.by