Leopold II (fransuzcha: Léopold Louis Philippe Marie Victor; niderlandcha: Leopold Lodewijk Filips Maria Victor; 1835-yil 9-aprel – 1909-yil 17-dekabr) – 1865-yildan 1909-yilgacha hukmronlik qilgan Belgiyaning ikkinchi qiroli. U 1885-yildan 1908-yilgacha boʻlgan davrda Kongo mustaqil davlatiga asos solgan.

Leopold II
Belgiya qiroli
Saltanat 1865-yil 17-dekabr – 1909-yil 17-dekabr
Oʻtmishdoshi Leopold I
Davomchisi Albert I
Tugʻilishi 9-aprel 1835-yil
Brussel, Belgiya
Vafoti 17-dekabr 1909-yil
Dafn etilgan joy

Qirol Leopold II Bryusselda qirol Leopold I va qirolicha Luizaning birinchi farzandi vafotidan keyin tugʻilgan. Leopold II 1865-yilda otasining oʻrniga Belgiya taxtiga oʻtirgan va vafotigacha 44 yil davomida Belgiyada hukmronlik qilgan, bu Belgiya qirollarining bugungi kungacha boʻlgan eng uzoq muddatli hukmronligi hisoblanadi. Uning qonuniy oʻgʻillaridan hech biri omon qolmagan. Hozirgi Belgiya qiroli uning jiyani va yagona Belgiya taxti vorisi Albert I uning davomchisidir. Uni xalq orasida Quruvchi Qirol (niderlandcha: Koning-Bouwheer, fransuzcha: Roi-Bâtisseur) deb atashgan. Bu nomni olishiga asosiy sabablardan biri, uning Belgiyada foydalanishga topshirgan koʻplab binolari, shahar loyihalari hisoblanadi.

Leopold II Kongo mustaqil davlatiga asos solganidan soʻng Kongoga, hozirgi Kongo Demokratik Respublikasiga daʼvo qilishda yordam berish uchun Genri Morton Stenlidan foydalangan. 1884 —1885-yillardagi Berlin konferensiyasida Yevropaning mustamlakachi davlatlari uning daʼvosiga rozilik bildirganlar va Kongo mustaqil davlatini unga topshirganlar. Leopold oʻzining shaxsiy manfaatlari uchun yollanma kuchlardan foydalangan holda Kongoni boshqargan. U hududdan dastlab fil suyagi yigʻish va 1890-yillarda, tabiiy kauchuk narxi oshganidan soʻng, mahalliy aholidan kauchuk yigʻish va qayta ishlash uchun majburiy mehnat qildirish orqali boylik toʻplagan.

Leopold maʼmuriyati qonunlariga koʻra, Kongo mustaqil davlatida muntazam shavqatsizlik va vahshiylik, jumladan majburiy mehnat, qiynoqlar, qotillik, oʻgʻirlash, erkaklar va ayollar, hamda bolalarning qoʻllarini kesib tashlash holatlari yuz bergan. Bu holatlar haqidagi ilk fikrlar George Washington tomonidan berilgan boʻlib, u 1890-yilda Leopoldning Kongo mustaqil davlatini boshqarish amaliyotini „insoniyatga qarshi jinoyat“ deb taʼriflagan. Bu va boshqa faktlar, Leopold hukmronligi davrida yashagan guvohlarning koʻrsatmasi, xalqaro tergov komissiyasi tomonidan oʻtkazilgan tekshiruvlari, E. D. Morelning tergov jurnalistik faoliyati, hamda 1904-yilgi Casement Report tomonidan aniqlangan[1]. Mustamlakadan oldingi aholi soni va Kongo mustaqil davlati davrida uning oʻzgargan aholi sonini aniq hisoblash qiyin boʻlgan boʻlsa-da, Leopold hukmronligi davrida Kongo aholisining qisqarishi boʻyicha hisob-kitoblar 15 milliondan 1 milliongacha oʻzgarganligini bilish mumkin. Pasayish sabablari orasida epidemik kasallik, tugʻilishning kamayishi, zoʻravonlik va ocharchilik boʻlgan[2][3][4][5].

Hayoti

tahrir

Leopold 1835-yil 9-aprelda tugʻilgan Leopold Bryusselda hukmronlik qilayotgan Belgiya monarxi Leopold I va uning ikkinchi xotini, Fransiya qiroli Lui Filippning qizi Luizaning ikkinchi farzandi edi[6]. 1848-yilgi Fransiya inqilobi uning onasi tomonidan boʻlgan bobosi Lui Filippni Buyuk Britaniyaga qochishiga majbur qilgan[7]. Lui Filipp ikki yildan soʻng, 1850-yilda vafot etgan. Leopoldning onasi oʻz otasining oʻlimidan qattiq taʼsirlangan va shu sababli ham, uning sogʻligʻi yomonlashgan. U oʻsha yili, Leopold 15 yoshidalik vaqtida sil kasalligidan vafot etgan[8]. Leopoldning opasi Sharlotta 1860-yillarda Meksika imperatori boʻlgan. Oʻsha paytdagi Britaniya monarxi, qirolicha Viktoriya, Leopold II ning birinchi amakivachchasi edi[9].

Ajdodlari

tahrir

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir