Lev Semyonovich Myachin (1939-yil 27-may, Ushinka, Penza viloyati – 2013-yil 15-aprel, Volgograd) – Sovet va Rossiya harbiy rahbari. Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshligʻining yordamchisi, general-leytenant[1].

Lev Myachin
Tavalludi 1939-yil 27-may
Ushinka, Poimskiy tumani, Penza viloyati, RSFSR, SSSR
Vafoti 2013-yil 15-aprel
Volgograd, Moskva
Fuqaroligi  Sovet Ittifoqi
Xizmatdagi yillari 1959-1999
Unvoni General-leytenant
Mukofotlari

SU Order For Service to the Homeland in the Armed Forces of the USSR 1st class ribbon

Hayoti

tahrir

Lev Myachin 1939-yil 27-mayda Penza viloyati Ushinka shahrida tugʻilgan. 1959-yildan Qurolli Kuchlarda xizmat qilgan[2].

Lenin nomidagi Toshkent Oliy umumqoʻshin qoʻmondonlik bilim yurtini faxriy yorliqlar bilan tamomlagan. Novorossiyskdagi togʻli miltiq otryadining komandiri boʻlgan[2]. Keyin Vengriyada, Uzoq Sharq harbiy okrugida katta korpus aloqasi ofitseri, korpus shtabi operatsiyalar boʻlimi boshligʻining yordamchisi boʻlib xizmat qilgan. M. V. Frunze nomidagi Harbiy akademiyani imtiyozli diplom bilan tugatgan[2].

Harbiy xizmati

tahrir

Myachin Ukrainada xizmat qilib, motooʻqotar batalon komandiri, polk shtab boshligʻi, polk komandiri, diviziya shtabi boshligʻi, diviziya komandiri boʻlib xizmat qilgan. 1984—1986-yillarda Afgʻonistonda 3-armiya korpusi qoʻmondonining harbiy maslahatchisi[3] boʻlgan.

1986-yildan 34-armiya korpusi shtab boshligʻi (Volgograd) boʻlgan. Keyin yana Uzoq Sharqda xizmat qilgan. 1988-yildan boshlab Efiopiyaga xizmat safari, 3-inqilobiy armiyaning harbiy maslahatchilarining katta guruhi, Afgʻonistonda Bosh harbiy maslahatchi idorasi boshligʻi lavozimida xizmat qiladi[1].

Myachin ikki marta yaralangan.

2003-yildan beri nafaqada. Ikki farzandning otasi.

Xizmatdan keyin

tahrir

Xizmatni tugatib, faxriylar harakatida qatnashadi. Volgogradda yashab, shu yerda ishlagan. Volgograd viloyatidagi inspektorlar guruhi rahbari, „Volgograd viloyati faxriysi“ notijorat fondi raisi, „Plastunskaya stansiyasi“ kazak jamiyati keksalar kengashi raisining oʻrinbosari boʻlgan. 2012-yildan esa Janubiy harbiy okrugi qoʻshma strategik qoʻmondonligi inspektorlari guruhining yetakchi inspektori boʻladi.

U butun umrini Vatanga xizmat qilishga bagʻishlagan. Tajribali harbiy boshliq boʻlib, oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari va mashgʻulotlarga tayyorgarlik koʻrish, uni oʻtkazishda yordam bergan. Harbiy qismlarda tekshiruvlar oʻtkazishda qatnashgan. Keyingi yillarda esa yoshlar bilan ishlashga katta eʼtibor beradi[2].

Lev Myachin 2013-yil 15-aprelda Volgogradda vafot etgan[4]. Dzerjinskiy qabristoniga harbiy sharaf bilan dafn etilgan.

Mukofotlari

tahrir

Xotirasi

tahrir
  • Qabr ustiga qabr toshi oʻrnatilgan.
  • L. S. Myachin Penza viloyati Nijniy Lomov shahrining faxriy fuqarosi unvoni bilan taqdirlangan. 06.05.1996[8].
  • Xalq deputatlari Volgograd shahar Kengashining 1998-yil 16-martdagi qarori bilan zaxiradagi general-leytenant L. S. Myachin Volgograd shahrining „Harbiy burchga sodiqligi uchun“ esdalik nishoni bilan taqdirlangan[9].

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir