Tatyana Levina
(Levina Tatyana Borisovnadan yoʻnaltirildi)
Tatyana Borisovna Levina (1965.4.9, Andijon) — baydarkachi, xalqaro miqyosdagi sport ustasi (1985), „Oʻzbekiston iftixori“ (2003). Baydarkaning yakkalik, juftlik va toʻrttalik musobaqalarida Oʻzbekiston chem-pioni (1981, 1983-1986, 1992, 1993, 1995—1999), spartakiada chempioni (1983, 1986, Moskva), Osiyo chempioni (1997, Sokchxo), Osiyo oʻyinlari kumush (1994, Xirosima) va bronza (1998, Bangkok) medallari sovrindori, jahon kubogi gʻolibi (2003, Zagreb). L. Andijon pedagogika institutini tugatgan (1989), „Burevestnik“ sport jamiyati yoʻriqchisi (1983—1988), Oʻzbekiston kasaba uyushmalari fede-ratsiyasi jismoniy tarbiya va sport jamiyatida murabbiy-oʻqituvchi (1988—1993), Markaziy harbiy sport klubida harbiy xizmatchi (1993—2004).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |