Li Baoyu
Li Baoyu (xitoycha: 李抱玉) (703-yil tugʻilgan–777-yil 15-aprelda vafot etgan[1]), né An Chongzhang (安重璋), An Baoyu (安抱玉) nomi bilan ham tanilgan, rasman Lyan gubernatori Chjaovu (涼昭武公), Xitoy imperiyasining Tan sulolasidagi etnik soʻgʻdiy[2] generali edi. U Anshi qoʻzgʻoloni paytida Tan kuchlariga qoʻshgan hissasi va keyinchalik Tufanga qarshi gʻarbiy chegarani himoya qilgani bilan tanilgan.
Li Baoyu Tan sulolasi generali | |
---|---|
General-gubernator | |
Mansab davri 756-yil – 777-yil | |
Chenzheng tumanining(陳鄭) gubernatori | |
Mansab davri 756-yil – 777-yil | |
Hukmdor | Imperator Suzong |
Zelu tumani (澤潞) gubernatori | |
Mansab davri 762-yil – 777-yil | |
Hukmdor | Imperator Daizong |
Lyan gubernatori | |
Mansab davri 762-yil – 777-yil | |
Hukmdor | Imperator Daizong |
Fengsyang tumani (鳳翔) gubernatori | |
Mansab davri 764-yil | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
An Chongzhang 703-yil Vuvey , Heksi (Gansu) |
Vafoti | 777-yil 15-aprel |
Fuqaroligi | Tan imperiyasi |
Millati | Soʻgʻdiy |
Bolalari | Li Zizheng |
Ota-onasi | An Zhongjing |
Qarindoshlari | An Vencheng |
Unvoni |
Sikong Zuo Pushe (左僕射) |
Janglari |
An Lushan qoʻzgʻoloni Pugu qoʻzgʻoloni |
Tarjimayi holi
tahrirAn Chongzhang 703-yilda Vu Zetyan hukmronligi davrida tugʻilgan. Uning oilasi asli Parfiyadan edi[3], lekin avlodlar davomida Heksi mintaqasida yashagan va uning bobosi An(安興貴) Suydan Tanga oʻtish davrida hukmronlik uchun daʼvogarlardan biri boʻlgan Lyan imperatori Li Guyni taxtdan agʻdarib tashlagan va Lyan davlatini Tanga birlashtirib, Tan sulolasining oʻrnatilishiga katta hissa qoʻshgan. An oilasi ot boqish qobiliyati bilan mashhur boʻlgan va An oilasining bir qancha aʼzolari Tan poytaxti Changʻan atrofidagi mintaqaga koʻchib oʻtishgan va olim-mansabdor oilalar bilan turmush qurishgan va adabiyot talabalari boʻlishgan. An Chongzhang esa gʻarbiy hududlarda oʻsgan va chavandozlik hamda kamondan otish qobiliyatiga ega boʻlgan. U hayotining erta davrida harbiy xizmatni boshlagan va taktikaga toʻla, ehtiyotkor va sodiq boʻlganligi aytiladi. Vu Zetyanning nabirasi imperator Syuantszunning Tyanbao davri oxirlarida(742-756-yillarda) An Chongzhangning armiyadagi yutuqlari uchun imperator Syuantzun unga yangi ism — Baoyu („nefrit tutuvchi“ degan maʼnoni anglatadi) ismini berdi. General An Lushan 755-yilda Fanyanda (范陽, zamonaviy Pekinda) qoʻzgʻolon koʻtargan va tez orada yangi Yan davlatini tashkil qilgan paytda, An Baoyu(南陽) Nanyangni himoya qilgan. An Lushan uni Yanga boʻysunishga koʻndirish uchun xabarchilar yuborganida, u An Lushanning xabarchilarini oʻldiradi[4][5][6][7].
Imperator Suzong hukmronligi davrida
tahrir756-yilda Yan qoʻshinlari Changʻanga yaqinlashib, imperator Syuantszunni Chenduga qochishga majbur qildi. Imperator Syuantszunning oʻgʻli va valiahd shahzoda Li Xen Chenduga otasi bilan qochmadi, balki Lingvuga qochib ketdi va u yerda u imperator deb eʼlon qilindi (imperator Suzong sifatida). Uning bu harakatini keyinchalik imperator Syuantszun tan oldi. Imperator Suzong Yanga qarshi urushda qoʻllagan yirik generallardan biri Li Guangbi edi va Li Guangbi An Baoyuni uning qoʻl ostida xizmat qilishga taklif qildi. 757-yilda An Baoyu imperator Suzonga ismni oʻzgartirishni soʻrab murojaat qildi: "Sizning fuqaroingiz Lyan prefekturasida oilasi bilan yashab kelmoqda. Men isyonkor fuqaro bilan bir xil familiyada boʻlishdan uyalaman ". Shundan soʻng Imperator Suzong unga Li imperator familiyasini berdi, shuningdek, oʻz uyini Changʻanga oʻzgartirishga ruxsat berdi, bu oʻsha paytda katta sharaf hisoblangan. Bu familiya uning soʻgʻdlik ajdodlariga nisbatan ham qoʻllangan, ularning barchasi An oʻrniga Li familiyasi bilan atalgan[2].
Li Baoyu, shuningdek, Chenzheng tumanining(陳鄭, shtab-kvartirasi zamonaviy Chjenchjou, Xenan shahrida joylashgan) harbiy gubernatori (Jiedushi) etib tayinlandi. Yil oxirida, yangi Yan imperatori Shi Siming Luoyangni qoʻlga kiritganida (u Changʻan bilan birga 757-yilda Tan qoʻshinlari tomonidan qaytarib olingan edi), Li Guangbi iltimosiga binoan, Li Baoyu janubiy qalʼani Heyang(河陽, Luoyang yaqinida)ni, muhim strategik pozitsiyasini himoya qildi, Li Guangbining oʻzi esa markaziy qalʼani himoya qilgan. Li Baoyu Yan qoʻshinining kuchli qamaliga qaramay janubiy qalʼani himoya qildi va oxir-oqibat Tan kuchlari Yan yurishini toʻxtata oldi. Li Baoyuning bu hissasi uchun u Lecheng gubernatori etib tayinlangan. Biroq, 761-yilda amaldor Yu Chaoʻen Li Guangbiga bosim oʻtkazib, Luoyangni qaytarib olishga urinib koʻrganida bu ajoyib muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlandi. Li Baoyu ham Xeyangni tashlab, Ze prefekturasiga (澤州, zamonaviy Jincheng, Shansi) qochishga majbur boʻldi. Oʻsha yerda 762-yilda Shi Simingning oʻgʻli va vorisi Shi Chaoyi Li Baoyuni qamal qildi, general-mayor Guo Ziyi Dingguo armiyasini (定國軍) unga yordam berish yuborganidan keyin qamal olib tashlangan va Li Baoyu Yan kuchlariga qarshi hujum qilishi ularni magʻlub etish imkonini berdi[8].
Imperator Daizong hukmronligi davrida
tahrirImperator Suzong 762-yilda vafot etdi va uning oʻrniga uning oʻgʻli imperator Daizong keldi. Imperator Daizong Li Baoyuni, Chenzheng tumanidan tashqari, oʻsha paytda Li Baoyu oʻsha yerda boʻlgan Zelu tumanining (澤潞, shtab-kvartirasi zamonaviy Chanshi, Shansi provinsiyasida joylashgan) harbiy gubernatori etib tayinladi. U shuningdek, Li Baoyuni Vuvey shahzodasi etib eʼlon qilmoqchi edi, lekin Li Baoyu shahzoda unvonini astoydil rad etdi. Buning oʻrniga imperator Daizong uni Lyan gubernatori qilib tayinlaydi va unga Sikong (司空) sharafli unvonini(uchta oliy darajadagi unvonlardan biri) berdi. Keyinchalik 762-yilda Li Baoyu Luoyangni qaytarib olish uchun Tan va Uygʻur hoqonligi qoʻshma yurishlarida ishtirok etdi. Luoyang qulaganidan va Shi Chaoyi qochib ketganidan soʻng, bir qancha Yan generallari Tanga boʻysundilar. Ammo keyin general-mayor Pugu Guaiʼenga Tan tomonidan oʻz lavozimlarida qolishga ruxsat berildi. Shunday keyin, Li Baoyu va boshqa Tan generali Xin Yunjing(辛雲京), Pugu isyon koʻtarishni rejalashtirgan deb gumon qildi va imperator Daizongni bundan ogohlantirdi. Pugu imperator hukumati uni endi muhim deb hisoblamasligidan qoʻrqardi va shuning uchun u sobiq Yan generallari bilan ittifoq tuzishni rejalashtirdi va oxir-oqibat 763-yilda isyon koʻtardi. Uning qoʻzgʻoloni 765-yilga qadar, vafotigacha toʻxtamadi.
763-yilda Tufan qoʻshinlari Changʻanga toʻsatdan hujum qilib, uni egallab olishdi va imperator Daizongni Shan prefekturasiga qochib ketishga majbur qildilar (陝州, zamonaviy Sanmenksiya, Xenan). Garchi imperator Daizong koʻp oʻtmay Changʻanga qaytishga muvaffaq boʻlgan boʻlsa-da, shundan soʻng qochib ketgan Tan askarlari va mahalliy qaroqchilar Changʻan janubidagi beshta vodiyda toʻplanib, talonchilik bilan shugʻullanishgan va Tan mahalliy hukumatlari bunga qarshi tura olishmagan. Imperator Daizong dastlab rasmiy Syue Jingxian(薛景仙)ni qaroqchilarni bostirish uchun masʼul etib tayinlaydi, biroq Syue buni bir necha oy davomida ham muvaffaqiyatli bajara olmadi. 764-yilda imperator Daizong Li Baoyuga Fengsyang tuman (鳳翔, shtab-kvartirasi zamonaviy Baoji, Shensi provinsiyasida joylashgan) harbiy gubernatori boʻlish uchun qoʻshimcha masʼuliyat yukladi va uni qaroqchilarga qarshi hujumlar uchun masʼul qildi. Li Baoyu birinchi boʻlib qaroqchilar boshligʻi Gao(高玉) yashirin qarorgohini aniqlash uchun skautlardan foydalangan va shundan soʻng oʻziga boʻysunuvchi Li Chongke (李崇客) qoʻmondonligidagi qoʻshin tomonidan qilingan kutilmagan hujum orqali Gaoni qoʻlga olishga muvaffaq boʻldi. Aytishlaricha, bir necha kun ichida talonchilik toʻxtagan. Shuningdek, 764-yilda, yana bir Tufan hujumi yaqinlashayotganini eshitgan imperator Daizong Li Baoyuni Guo bilan birga Tufan qoʻshinlaridan himoya qilish uchun masʼul qiladi. Li Baoyuning Fengsyanda joylashganligi sababli, imperator Daizong Li Baoyuning amakivachchasi Li Baozhenni Zelu harbiy gubernatorining oʻrinbosari etib tayinladi, shunga qaramay, Li Baoyu hali ham Zelu harbiy gubernatori boʻlishda davom etadi, Li Baozhen esa haqiqiy qoʻmondonlik qildi. 765-yilda Pugu qoʻzgʻoloni tugashi arafasida Puguga yordam berayotgan Uygʻur hoqonligi va Tufan qoʻshinlari Changʻanga yaqinlashganda, Li Baoyu Changʻanni himoya qilish uchun chaqirilgan generallardan biri edi. Oʻsha paytda Pugu kasallikdan vafot etganidan soʻng, Guo Uygʻur hoqonligi kuchlarini chekinishga koʻndira oldi va Uygʻur hoqonligi kuchlari chekinganidan soʻng, Tufan kuchlari ham chekinishadi.
767-yilda Li Baoyu imperator Daizongga hurmat bajo keltirish uchun Changʻanga bordi. U oʻzining faxriy unvonlaridan biri — Zuo Pushe (左僕射, agar u faxriy boʻlmasa, hukumat ijroiya byurosi rahbarlaridan biri boʻlardi (尚書省, Shangshu Sheng)) isteʼfoga chiqarishni taklif qiladi. Imperator Daizong esa bunga rozi boʻldi. Shuningdek, Li Baoyu Fengsyang tuman qoʻmondonligidan isteʼfoga chiqishni taklif qilganida, imperator Daizong buni rad etadi.
770-yilda imperator Daizongning vazir Yuan Zay bilan oʻsha paytgacha haddan tashqari kuchli boʻlgan Yu Chaoenni oʻldirish haqidagi fitnasining bir qismi sifatida Yuanning ittifoqchisi Huangfu Ven(皇甫溫)ni Shan tumanidan (shtab-kvartirasi zamonaviy Sanmensiya shahrida) Fengsyanga, Li Baoyu esa Fengsyandan Shannan Gʻarbiy tumaniga (山南西道, shtab-kvartirasi zamonaviy Sian shahrida, Shensi provinsiyasi, Changʻanning janubi-gʻarbiy qismida joylashgan) koʻchirildi. Li Baoyu Fengsyandan Gʻarbiy Shannan poytaxti Chjoujiga (盩厔) joʻnab ketayotganida, aytishlaricha, uning askarlari bu harakatdan shunchalik gʻazablanganki, ular bir necha kun davomida Fengsyangni talon-toroj qilishgan. Imperator Daizong va Yuan koʻp oʻtmay Yuni oʻldirgandan soʻng, Xuanfu Shanga koʻchirildi va Fengsyang Li Baoyuga qaytarib berildi[9]. Yilning oxirida, Jingyuan tuman (涇原, shtab-kvartirasi zamonaviy Pingliang, Gansu shahrida joylashgan) harbiy gubernatori Ma Lin (馬璘) uning tumani armiyasini qoʻllab-quvvatlash uchun juda kambagʻal ekanligidan shikoyat qildi, imperator Daizong Li Baoyuga ikkita prefekturani Chjen prefekturasi (鄭州, zamonaviy Chjenchjouda) va Ying prefekturasini (潁州, zamonaviy Xuchang, Xenan) oʻz qoʻmondonligidan chiqarib tashlash kerakligini aytdi va Li Baoyu shunday qildi. Bu prefekturalar keyinchalik Maga berildi.
771-yilda Li Baoyu imperator Daizongga ariza topshirib, oʻziga tegishli boʻlgan hududlarining bir qismini boshqa generalga berishini soʻradi. U masʼul boʻlgan hududlar Tufanga chegaradosh hududlar boʻlganligini hisobga olib, agar Tufan bir necha joylarga hujum qilsa, u uning hududlariga boʻladigan barcha hujumlarni qaytara olmasligini yaxshi bilardi. U Gʻarbiy Shannan qoʻmondonligidan voz kechishni taklif qildi. Imperator Daizong Li Baoyuning uning bu qarorini qadrladi va bunga rozi boʻldi, ammo imperator Daizong Gʻarbiy Shannanni boshqa generalga bergani haqida maʼlumotlar yoʻq[9]. 775-yilda Tufan keyingi bosqinlarni amalga oshirganda, Li Baoyu hujumni yaxshi qaytara oladi. U 777-yilda vafot etdi. U uchun imperator Daizong motam tutgan va vafotidan keyin sharaflangan.
Li Baoyuning " Old book of Tang "dagi tarjimai holida u haqida shunday izoh berilgan:
Li Baoyu Fengsyangni o'n yildan ko'proq vaqt davomida himoya qildi. U vahshiylarni mag'lub eta olmagan bo'lsa-da, zo'ravonlikni taqiqlab, odamlarga tasalli berdi va zamondoshlari tomonidan ko'p maqtovlarga sazovor bo'ldi.
Sulola
tahrir- An Bi Shimoliy Chjou sulolasiga xizmat qilgan.
- Anluo Chjou sulolasiga xizmat qiladi keyinchalik Suy sulolasining Shizhou va Guixang gubernatori.
- An Xin Gui Changʼan shahrida Tan sulolasiga xizmat qilgan.
- An Heng An
- An Vencheng
- An Zhongjing (661-726) Zuo Siyu qoʻmondoni, Xedi shahri Jiedushisining elchisi oʻrinbosari, Lintao harbiy elchisi va Shanchjou gubernatori qoʻliga oʻtgan.
- An Baoyu (Li Baoyu)
- Li Zizheng
- Li Zong
- Li Jiang
- Li Xu[10]
- Li Zizheng
- An Baoyu (Li Baoyu)
- An Zhongjing (661-726) Zuo Siyu qoʻmondoni, Xedi shahri Jiedushisining elchisi oʻrinbosari, Lintao harbiy elchisi va Shanchjou gubernatori qoʻliga oʻtgan.
- An Vencheng
- An Heng An
- An Xin Gui Changʼan shahrida Tan sulolasiga xizmat qilgan.
- Anluo Chjou sulolasiga xizmat qiladi keyinchalik Suy sulolasining Shizhou va Guixang gubernatori.
Manbalar
tahrir- ↑ „中央研究院“. 2022-yil 10-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-iyun.
- ↑ 2,0 2,1 Howard, Michael C., Transnationalism in Ancient and Medieval Societies, the Role of Cross Border Trade and Travel, McFarland & Company, 2012, p. 135.
- ↑ New Book of Tang, vol. 75.„Archived copy“. 2009-yil 19-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 7-fevral.„Archived copy“. 2008-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 13-sentyabr.
- ↑ „Eski Tang kitobi“132-jild
- ↑ „Yangi Tang kitobi“75 B-jild
- ↑ „Yangi Tang kitobi“ 138-jild
- ↑ „Zizhi Tongjian“ 221-jild
- ↑ „Zizhi Tongjian“, vol. 222.
- ↑ 9,0 9,1 Zizhi Tongjian, vol. 224.
- ↑ „Yangi Tan kitobi Li Baoyuning tarjimayi holi“ "To'liq Tang Ven" Li Baoyu An Xingguining nevarasi. Bu „Tanning Yangi kitobi, Vuvey Lining jadvali “ dan.