Li Dingo (xit. língín , pinyin Lǐ Dìngguó, Wade-Giles : Li Ting-kuo) (1621-1662-yil yozi[1]) Xitoyda Min imperiyasining qulashi va Sin imperiyasining oʻrnatilishi bilan birga kechgan fuqarolar urushi davridagi taniqli qoʻmondonlardan biri.

Li Dingo oʻz faoliyatini 1640-yillarning boshida Xuguan (zamonaviy Xubey va Xunan) va Sichuan provinsiyalari ustidan nazorat oʻrnatgan Chjan Syanchjunning qaroqchi -isyonkor armiyasida qoʻmondon sifatida boshlagan va oxir-oqibat 1644-yilda Min imperiyasining qulashiga sabab boʻlgan asosiy faktorlardfan biriga aylangan. U Chjan Syanchjunning „asrab olingan oʻgʻillaridan“ biri deb hisoblangan.

1647-yil yanvar oyida Sichuanga kirgan Sin qoʻshinlari bilan kutilmagan toʻqnashuvdagi Chjan Syanchjunning oʻlimidan soʻng va Chjan Syanchjun tomonidan barpo qilingqn Buyuk Gʻarb davlati qulatilganidan soʻng, Li Dingo boshqa tirik qolgan Chjan qoʻmondonlari bilan birga chekindi va qoʻshinlarnii Sichuan janubiga va qoʻshni Yunnan va Guychjou viloyatlariga olib ketdi.

Koʻp oʻtmay, Li Sin qoʻshinlarining hujumidan qochib Guandundan Guychjouga ketgan va oʻzini imperator Yunli deb eʼlon qilgan Min shahzodasi Chju Yulan tomoniga oʻtdi. Uning qoʻshinlari imperator Yunli uchun jang qiladigan asosiy jangovar kuchga aylandi. Imperatorni Chjan Syanchjunning boshqa qaroqchi generali Sun Kevanning „vasiyligidan“ ozod qilishda yordam bergani uchun Chju Yulan Li Dingoga davlatdagi ikkinchi shaxs boʻlgan Jinning Buyuk knyazi unvonini berdi.

1659-yil aprel oyida imperator Yunli Vu Sanguning koʻp sonli qoʻshinlaridan qochib Birmaga oʻtib ketganidan keyin ham Li imperator qaytib kelishi uchun yetarli boʻlgan Xitoy yerini ozod qilishga umid qilib, Yunnan shahrida partizanlik urushini davom ettirdi.

Li Dingo Chju Yulan Birmadan ekstraditsiya qilinib, Kunmin shahrida Vu Sangu tomonidan qatl etilganidan bir necha oy oʻtgach Yunnan janubida, Laos chegarasi yaqinida, 1662-yilning yozida, vafot etdi.

Manbalar

tahrir
  1. Возможно, август, согласно Mote, Twitchett & Fairbank 1988

Havolalar

tahrir
  • Wakeman, Frederic E. (1985), The great enterprise: the Manchu reconstruction of imperial order in seventeenth-century China, 1-jild, University of California Press, ISBN 0520048040
  • Mote, Frederick W.; Twitchett, Denis; Fairbank, John King (1988), The Cambridge history of China: The Ming dynasty, 1368-1644, Part 1, Volume 7 of The Cambridge History of China, Cambridge University Press, 702–714-bet, ISBN 0521243327