Lidiya Kazanseva (1925-yil, Moskva viloyati, RSFSR, SSSR — ?) — toʻquvchi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1973)[1][2].

Lidiya Kazanseva
Tavalludi 1925-yil
Vafoti nomaʼlum
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Kasbi Toʻqimachilik sanoati xodimi, toʻquvchi
Unvoni
Mukofotlari

Tarjimai holi

tahrir

Lidiya Pavlovna Kazanseva 1925-yili Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi, Moskva viloyatida tavallud topgan. 1935-yildan Toshkent toʻqimachilik kombinatida ish boshlagan. KPSS 24-syezdi arafasida Kazanseva 5 yillik rejanni 2,5 yilda bajarish majburyiyatini olib, odatdagi 26 oʻrniga 48 stanokda ishlay boshladi. Bu SSSR miqyosida birinchi yuqori tajriba boʻlgan[1]. Sakkizinchi beshyillik (1966—1970) vazifalarini qisqa vaqt ichida, toʻqqiznchi beshyillik (1971—1975) majburiyatlarini esa 2 yil 4 oyda bajargan[2]. Mehnat faoliyati davomida 50 dan ziyod shogirdlar yetishtirgan. Lidiya Kazanseva Y. V. va M. V. Vinogradovalar mukofoti laureati[2].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 OʻzSE 1974, s. 242
  2. 2,0 2,1 2,2 Timur Karimov. „Kazanseva Lidiya Pavlovna“ (rus tilida). 2022-yil 26-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-sentyabr.

Adabiyotlar

tahrir
  • Oʻzbek Sovet Ensiklopediyasi, V tom, Toshkent: OʻzSE Bosh redaksiyasi, 1974 — 640-bet.