Lidiya Pavlova
Lidiya Petrovna Pavlova (qizlik familiyasi Pechkova, 1929 – 2015-yillar) – sovet va rus olimi, iqtisod fanlari doktori, professor.
Lidiya Petrovna Pavlova | |
---|---|
Tavalludi |
1929-yil 31-oktyabr SSSR, Moskva viloyati, Serpuxov tumani |
Vafoti |
2015-yil 1-aprel Rossiya, Moskva |
Fuqaroligi | SSSR Rossiya |
Kasbi | olima |
Ilmiy darajasi | iqtisod fanlari doktori |
Mukofotlari |
Koʻpgina asarlar muallifi. Uning tahriri ostida „Finansi mestnix organov vlasti“, „Gosudarstvenniy budjet SSSR“ „Finansi pretpriyatiy i otrasley norodnogo xozyaystva“ va boshqa darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari nashr etilgan.
Hayoti
tahrirLidiya Pavlova 1929-yil 31-oktyabr kuni Moskva viloyati, Serpuxov tumani, Proletarskiy qishlogʻida tavallud topgan[1]. 1947-yilda maktabni tamomlagandan soʻng, Moskva moliya institutining xalqaro moliya munosabatlari fakultetiga (MFI, hozirgi Rossiya Federatsiyasi hukumati huzuridagi Moliya universiteti) oʻqishga kirgan va uni 1952-yilda tamomlagan. 1952-1956-yillarda MFI aspiranturasida tahsil olgan va nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Keyin Butunittifoq sirtqi moliya-iqtisod institutida (hozirgi Moliya universiteti ham) faoliyat yuritgan, oʻqituvchi lavozimidan „Davlat byudjeti va xalq xoʻjaligi tarmoqlari moliyasi“ kafedrasi mudirigacha boʻlgan yoʻlni bosib oʻtgan, 20 yildan ortiq vaqt davomida doimiy ravishda rahbarlik qilgan[2]. Oʻn yil davomida L. P. Pavlova Moliya-kredit tizimi xodimlari rahbarlarining malakasini oshirish fakultetiga rahbarlik qilgan.
1970-yillardan boshlab RSFSR Moliya vazirligidan SSSR Oliy Kengashining yigʻma byudjet qoʻmitasining eksperti (maslahatchisi) boʻlgan. SSSRning mahalliy hokimiyat organlari xalqaro ittifoqida vakili boʻlgan, uning yillik kongresslarida qatnashgan. Kongresslar va simpoziumlarda Rossiya tomonidan maʼruzalar qilgan. 1994-yildan boshlab Moliya akademiyasining „Soliqlar va soliqqa tortish“ kafedrasiga mudirlik qilgan[3]. U London iqtisodiyot maktabida mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlarining moliyaviy masalalari boʻyicha; Kanadaning Toronto universitetida moliya va tabiiy resurslarni soliqqa tortish masalalari boʻyicha; Niderlandiyada esa byudjetlararo munosabatlar va mahalliy hokimiyat organlarining soliq masalalari boʻyicha malaka oshirish kurslarini oʻtagan. U byudjet, korxonalar moliyasi, xorijiy mamlakatlar moliyasi, soliqlar va soliqqa tortish sohasida ilmiy maktab yaratgan boʻlib, ushbu maktab doirasida zamonaviy Rossiya fani va amaliyoti oldida turgan muammolar boʻyicha tadqiqotlar olib borgan. U Xalqaro fiskal assotsiatsiyaning doimiy aʼzosi boʻlgan va u yerda bir necha bor maʼruzalar bilan chiqish qilgan. Bir necha yil davomida Xalqaro neft forumlari va kongresslarida (London, Ottava, Oslo, Stokgolm) ishtirok etib kelgan. Uning rahbarligida fan doktorlari va fan nomzodlari ilmiy darajalarini olish uchun yuzdan ortiq dissertatsiyalar himoya qilingan[4].
Pavlova ish faoliyati davomida 230 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlarni nashr etgan, uch jildli „Korxonalar va tashkilotlarda soliqlarni rejalashtirish (soliqlarni optimallashtirish va minimallashtirish)“ nashrining ilmiy muharriri, shuningdek, „Moliyaviy-kredit ensiklopedik lugʻati“ning „Soliqlar“ boʻlimi muallifi va rahbari lavozimlarida faoliyat yuritgan(2002-yil). Ilmiy va pedagogik faoliyat bilan bir qatorda ijtimoiy faoliyat bilan ham shugʻullangan. U Rossiya Federatsiyasi vazirining soliqlar va yigʻimlar boʻyicha maslahatchisi, Rossiya Iqtisodiyot fanlari va tadbirkorlik akademiyasining haqiqiy aʼzosi, Rossiya Federatsiyasi Hisob palatasi ekspertlar kengashining aʼzosi, Taʼlim kengashi raisi boʻlgan va Soliq maslahatchilari palatasi uslubiy kengashida oʻz faoliyatini olib borgan. Shuningdek, „Moliya“, „Boshqaruv hisobi“ va „Iqtisodiy va gumanitar fanlar“ jurnallari tahririyatlari aʼzosi boʻlgan. U 2015-yil 1-aprelda Moskvada vafot etgan[5].
Oilasi
tahrirQizi: Kozlova Olga Lvovna (1955-yil 8-iyun – „Krasnoznamenskiy shahar kolleji“ xususiy kasb-hunar taʼlimi muassasasi direktori („KGK“ xususiy ishlab chiqarish birlashmasi)).
Oʻgʻli: Pavlov Aleksey Lvovich (1959-yil 15-oktyabr).
Mukofotlari
tahrir- Rossiya Federatsiyasi Prezidentining minnatdorchiligi[6].
- "Shon-sharaf belgisi" va Doʻstlik ordeni (Vyetnam), shuningdek, bir qator medallar, "1941—1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi jasoratli mehnati uchun", "Mehnat faxriysi" kabi bir qator medallar.
- "Vladimir Ilich Lenin tavalludining 100 yilligi munosabati bilan", "Moskvaning 850 yilligi xotirasiga" .
- "Rossiya Federatsiyasida xizmat koʻrsatgan oliy kasb-hunar taʼlimi xodimi" va „Rossiya Federatsiyasida xizmat koʻrsatgan fan arbobi“ faxriy koʻkrak nishonlari.
Manbalar
tahrir- ↑ „Памяти Павловой Лидии Петровны“. 2018-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 14-aprel.
- ↑ „История кафедры "Финансовый менеджмент"“. 2018-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 18-aprel.
- ↑ „Факультет налогов и налогообложения → История факультета“. 2018-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 14-aprel.
- ↑ „Скончалась Лидия Петровна Павлова“. 2018-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 14-aprel.
- ↑ „Скончалась Лидия Петровна Павлова“. 2018-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 14-aprel.
- ↑ „Памяти Павловой Лидии Петровны“. 2018-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 14-aprel.