Lila Downs (toʻliq ismi Ana Lila Downs Sánchez; 1968-yil 9-sentabr da Oaksaka, Meksika da tugʻilgan) —mashhur meksikalik qoʻshiqchi va aktrisadir. Downs 2002-yili amerikada "Frida" film serialida Julie Taymor rolini ijro etadi.

Lila Downs

Lila Downs Soul of Mexico taqdimotida. Oaksaka, Meksika, 2009-yil.
Umumiy maʼlumot
Tugʻilgan paytidagi ismi Ana Lila Downs Sánchez
Tugʻilishi 9-sentabr 1968-yil(1968-09-09)
Kasbi Qoʻshiq yozuvchi, musiqachi, produser, aktryce
Faoliyat yillari 1992–bugun
Janr World music, pop, rock, soul, folk
Sayt www.liladowns.com

BiografiyaTahrirlash

BolalikTahrirlash

 
Lila Downs konsert beryapti, 6-iyun, 2007-yil.

Lila Downs 1968-yil 19-sentabr Tlaksiako, Oaksaka da Allen Downs va Ana Sánchez oilasida dunyoga kelgan. Otasi - mikstecalik va onasi meksikalik unga tarjima qilinganda "yaxshilik va chiroyga toʻla ayol", hindida esa - "yorugʻlik ma'budasi" degan maʻnoni anglatadigan ism berishdi. Lila Downs oilada ohirgi farzand. Uning bolaligi ona shahri Oaksakada, kitoblar va lotin amerikalik ritmlar orasida oʻtadi. Otasi - San Blasdagi zargarlik doʻkonining egasi. Oradan koʻp oʻtmay, Lila Downs musiqa va adabiyotga qiziqa boshlaydi. Uch yoshida Lila oʻqishni va yozishni bilar, 8 yoshida maktabga borgisi kelar edi, ammo mahalliy ta'lim qonunlari bunga yoʻl qoʻymaydi. Toʻrt yoshidayoq kichik Shaki she'rlar yozardi. Ota-onasi avval ularning isteʻdodi shoir yoki musavvir boʻladi deb oʻylashardi. Maktabda esa oʻqituvchilar boʻlajak yulduzda balerinani koʻrishardi, chunki u juda koʻp raqsga tushardi. Lilaning bolaligidan eng sevimli raqsi bu - qorin raqsidir. Faqat 24 yoshida ota-onasi unda qoʻshiqchini koʻrishadi. Shu yoshida u don Villiamning optikasi ta'siri ostida "Ofrenda" qoʻshigʻini yozadi.

Musiqiy karyeraTahrirlash

Oʻzining birinchi albomi - "Ofrenda" ni Downs 25 yoshida, Xquenda Productions bilan shartnoma imzolab yozadi. Lilani har doim rokka tortar edi, ammo Xquenda'ning prodyuserlari unga koʻproq pop-qoʻshiqchi ampluasi toʻgʻri keladii deb hisoblashadi. Ammo, albom muvaffaqiyatga erisha olmaydi. Qoʻshiqchining ikkinchi albomi "Trazos" ham boʻlajak yulduzni mashhur qilmaydi, sotuvlari hattoki dastlabki albomdan kam boʻladi. Yosh qoʻshiqchi bilan uchta albomga shartnoma imzolagan Narada ovoz yozish kompaniyasi unga ohirgi shansni beradi, Lila Downs esa bunga javoban uning ishlariga aralashmaslikni talab qiladi. 1999-yili prodyuser Paul Cohen qoʻli ostida chiqarilgan "La sandunga" albomi Downsga ona yurtida hamda ikkala Amerika qit'asida shuhrat olib keladi. Albom folk-jazz va lotin amerikalik ritmlarning aralashmasidan iborat boʻlib, 500 milli nusha bilan tarqaladi. Muvaffaqiyatini u navbatdagi diski "Árbol de la vida" (Tree of life) ni chiqarib mustahkamlaydi, hozirgacha bu albom uning butun ispan tilidagi karyerasidagi eng yaxshi ijodi deb hisoblanadi. Dunyoviy shuhratga Downs 2001-yili Border/La línea tufayli erishadi. Besh yil oʻtib esa, u bilan birgalikda yozilgan Palomo del comalito (La molienda) singli bilan birinchi marotaba Billboard Hot 100 ning choʻqqisiga chiqadi.

DiskografiyaTahrirlash

Studiyaviy albomlarTahrirlash

  • 1994: Ofrenda
  • 1998: Trazos
  • 1999: La Sandunga
  • 2000: Árbol de la vida/Tree of Life
  • 2001: La Línea/Border
  • 2004: Una Sangre/One Blood
  • 2006: La Cantina
  • 2008: Ojo de Culebra/Shake Away
  • 2011: Pecados y Milagros

Konsert albomlariTahrirlash

  • 1996: Azuláo: En vivo con Lila Downs
  • 2010: Lila Downs y La Misteriosa en París - Live à Fip

TermalarTahrirlash

  • 2007: El Alma de Lila Downs/The Very Best of Lila Downs
  • 2010: Chacala

HavolalarTahrirlash