Liliya Rashitovna Sobitova (1953-yil 12-avgust, Toshkent) – balet artisti, oʻqituvchi, xoreograf. RSFSRda xizmat koʻrsatgan artist (1987). Rossiya Federatsiyasi xalq artisti (1995)[1].

Liliya Sobitova
Tugʻilgan sanasi 12-avgust 1953-yil
Tugʻilgan joyi Toshkent, SSSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Rossiya bayrogʻi Rossiya
Kasbi balet raqqosasi, balet pedagogi
Teatr Navoiy teatri

Biografiyasi tahrir

Liliya Rashitovna Sobitova 1953-yil 12-avgustda Toshkent shahrida tavallud topgan. Yoshligidan raqsga qiziqqan va bolalar balet maktabida tahsil olgan. U akademik balet mashgʻulotlari va zamonaviy xoreografik tizimlarni birlashtirgan[2].

1971-yil Toshkent xoreografiya bilim yurtini tamomlagan.

Liliya 1972-yil Moskva xoreografiya bilim yurtida oʻqituvchi L. Menshova bilan amaliyot oʻtagan.

U 1974-yil „Moskonsert“ga ishga kirgan.

Sobitova 1981-yil „Kamerniy balet“ guruhining solisti boʻlgan. Shu bilan birga xoreograf sifatida ham ishlay boshlagan.

1985-yil badiiy gimnastika majmuasida mezbonlik qilgan.

Xoreograf Sobitova 1990-yil „Liliya Sabitova nomidagi Moskva davlat balet teatri“ guruhining badiiy rahbari boʻlib faoliyat olib borgan. 2000-yilda guruh nomi „Moskoviya balet teatri“ deb oʻzgartirildi.

Liliya Rashitovna 1987-yilda RSFSRda xizmat koʻrsatgan artist, 1995-yilda esa Rossiya Federatsiyasi xalq artisti unvoniga sazovor boʻldi.

Teatrning badiiy rahbari, xoreograf va solisti sifatida dunyoning koʻplab mamlakatlarida, jumladan, AQSh, Xitoy, Argentina, Fransiya, Portugaliya, Italiya, Yaponiya, Ispaniya va Avstraliyada gastrollarda boʻldi.

Filmografiyasi tahrir

Liliya Rashitovna 1983-yil „Retsept yeyo molodosti“, 1985-yil „Zimniy vecher v Gagrax“ va 2004-yil „Zolotaya golova na plaxe“ kinolarida rol oʻynagan.

Oilasi tahrir

Vlasov Stanislav Konstantinovich – Liliyaning turmush oʻrtogʻi. „Kamerniy balet“ guruhining asoschisi va Katta teatrining raqslarni sahnalashtiruvchi rahbari boʻlgan.

Mukofotlari tahrir

1979-yil VI Butunittifoq estrada artistlari tanlovida 1-oʻrinni va 1984-yil Moskvadagi Butunittifoq balet ustalari tanlovida 3-oʻrinni egallagan. 1987-yil RSFSRda xizmat koʻrsatgan artist va 1995-yil Rossiya Federatsiyasi xalq artisti boʻlgan.

Manbalar tahrir

  1. „УКАЗ Президента Российской Федерации от 05.08.1995 N 820“. 2016-yil 10-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-iyun.
  2. „Сабитова Лилия Рашитовна“. 2022-yil 20-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-iyun.