Limfa (lotincha: lympha — tiniq suv, namlik) — odam va umurtqali hayvonlarning limfa tomirlari va limfa tugunlarida boʻladigan oqsil tabiatli, tarkibiga koʻra, qon plazmasiga yaqin rangsiz yoki och sariq suyuqlik. Organizmda limfa hujayralar va toʻqimalarni oziq moddalar bilan taʼminlash hamda moddalar almashinuvi mahsulotlarini chiqarib tashlash funksiyasini bajaradi. Limfa qondan toʻqimalarga uzluksiz oʻtib turuvchi kislorod va oziq moddalarga boy toʻqima suyukligidan hosil boʻladi; hujayralardan toʻqima suyuqligiga ajralib chiqqan moddalar almashinuvi mahsulotining bir kismi qaytadan qonga oʻtadi, qismani esa suyuqlik bilan limfa kapillyarlariga oʻtib, limfa hosil qiladi. U tarkibi va xossalariga koʻra, qon plazmasidan farqlanadi (oqsili, solishtirma ogʻirligi va yopishqoqgshgi kam boʻladi va hokazo). Odam tanasida taxminan. 1-2 litr limfa boʻladi, u limfa kapillyarlari, limfa tomirlari va limfa yoʻllari boʻylab harakat qilib, venoz qonga quyiladi. Limfa suyuq qism (limfoplazma) va shaklli elementlardan tashkil topgan. Limfoplazma tarkibiga oqsillar, glyukoza, mineral moddalar, neytral yogʻlar kiradi. Limfaning shaklli elementlari limfotsitlar, monotsitlar va leykotsitlarnnt baʼzi turlaridan iborat. Biroq aʼzo faoliyati kuchayganda unda limfa hosil boʻlishi tezlashadi. Limfaning miqdori va kimyoviy tarkibi, jumladan, undagi yogʻ va oqsilning foiz miqdori uning qaysi aʼzodan oqib kelishiga, mazkur aʼzodagi moddalar almashinuvining xususiyatlariga bogʻliq. Masalan, yogʻli ovqat yegandan soʻng ichak limfa tomirlarida koʻp miqdorda yogʻ boʻlganligi tufayli limfa oq rangga kiradi. Ichki sekretsiya bezlaridan oqadigan limfada esa maʼlum miqdorda gormonlar boʻladi. Limfa tugunlarida limfa limfotsitlar bilan boyiydi. Limfa tugunlaridan bir necha marta oqib oʻtib, filtrla-nadi (toʻqimalardan oʻtgan bakteriyalardan va boshqa zararli moddalardan tozalanadi) [1]

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil