Lineament
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Lineamentlar -(lotincha lineaementum — chiziq, kontur) bu yer poʻstning muhim obyektlari boʻlib, Yer yuzasiga turli miqiyosli, yoshli va chuqurliklardagi yer poʻsti va litosferaning bir jinsligi toʻgʻrisida qiziqarli va obyektiv maʼlumotlar beruvchi sturukturalardir. Bu atama 1904-yilda Amerkalik geolog V.Xobbs tomonidan qoʻllanishi taklif qilingan. Geologiya aʼmalyotida lineamentlar turli flyuidlar va eritmalar harakatlanuvchi kanallarni aks ettirishi, yaʼni foydali qazilma konlarini bashoratlashda va qidirishda bevosita belgi boʻlib xizmat qilishi mumkin. Lineamentlar uzunligi, kengligi, shakillanish darajasi, joyda moʻljallanish xususiyatlari va boshqa belgilari bilan tasniflanadi. Masalan, yotish chuqurligi boʻyicha: qobiqli(ekzogen) va mantiyali (endogen), kosmosuratlarda lineamentlar tasvirining yaqqolligi boʻyicha: ishonchli va taxminiy; choʻzilishi boʻyicha esa — uzlukli va uzluklsiz boʻladi. Uzunligi boʻyicha lineamentlar va ularning sistemalari mahalliy, mintaqaviy, transmintaqaviy va planetar turlarga boʻlinadi. Ularning barchasi yer poʻstining uzilmali sturukturalaridir. Lineamentlarning makonda joylashuvidagi oʻziga xosligi bir tartibli lineamentlar orasida muayyan ritmlarning yoki „qadamlarning“ mavjudligidir. Bu „qadamlarning“ kengligi yer poʻstining qalinligi va tarkibi, lineamentlarning moʻljallanishi, turli tektonik epoxalar va geobloklarga mansubligiga bogʻliqdir.
Adabiyotlar
tahrirSturukturaviy geologiya va geologik xaritalash . X.Chiniqulov, G`.R.Chiniqulov, A.R.Kushakov(jspi.uz).
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |