Linnea Berthelsen (1993-yil 13-iyulda tugʻilgan) — hind-daniyalik aktrisa, Aleks Garlandning FX „DEVS“ (2020) filmlari shuningdek, u oʻzining film qismlarida takrorlanuvchi Kali roli bilan mashhur boʻlib, NetflixningStranger Things“ ilmiy-fantastik dahshatining ikkinchi mavsumida Oʻn birinchining opasi Sakkizinchi nomi bilan ham tanilgan.[1]

Shaxsiy hayoti tahrir

Berthelsen Hindistonda tugʻilgan va Kalundborgda tarbiyalangan.[2][3] Lekin baʼzi manbalarda Linnea Berthelsenni Daniyaning Kopengagen shahrida tugʻilib oʻsgan va 2014-yilda Londonga, Angliyaga koʻchib oʻtgan va yoshligida aktyorlik faoliyatini boshlagan deb berilgan. Bundan tashqari, Linnea Berthelsen mezzo, zamonaviy raqs va balet mashgʻulotlarini mashq qilgan. U 2014-yilda Esseksdagi East 15 Acting School maktabida oʻqish uchun Angliyaga koʻchib oʻtadi va hozirda u Londonda istiqomat qiladi.[4]

Faoliyati tahrir

Linnea Berthelsen 2015-yilda oʻqish paytida u Daniyadagi „Dagmar teatri“ da 2015-yilda premyerasi boʻlgan „HYBRID“ qisqa metrajli ilmiy-triller janridagi filmida bosh rolda debyut qildi. Berthelsen oʻzining kech oʻsmirlik davrida aktrisalik faoliyatini boshladi.[5] Film Londondagi Curtis Brown Group-da Sofi Patterson tomonidan taqdim etilgan. U 2014-yilda „Mirrors“ qisqa metrajli filmda aktrisalik debyutini oʻtkazdi. Keyinchalik u Natskygge kabi qisqa metrajli Dyspno va Cape Fear fantastik janrdagi filmlarda suratga tushishda davom etdi. Linnea Berthelsen 2015-yilda "Hybryd" nomli Daniya filmida paydo boʻldi va 2017-yilda u Netflixning asl ilmiy fantastika dahshatli janrda olingan Stranger things seriyalida gallyutsinatsiyalar yaratish qobiliyatiga ega Kali / Eight (Sakkizinchi) sifatida suratga tushgan.[6][7]

Filmografiya tahrir

Film tahrir

Yil Nom Rol
2014 Mirrors Signe
2014 Teenland[8] Bemor
2014 Alma Alma
2015 Hybrid Clara
2015 Natskygge Bosh rol
2015 Aisha Aisha
2015 Dyspno Fie
2015 Cape Fear Gabrielle

Televizion tahrir

Yil Nom Rol Eslatma
2016 Exitium Ezra Ushuvchi
2017 Stranger Things Kali Prasad / Eight 3 ta epizod — 2 ta mavsum
2019 The Desert Nura 1 ta epizod
2020 Devs[9] Jen 4 ta epizodlar

Manbalar tahrir

  1. Christensen. „En kvinde vi kan li': Linnea Berthelsen“. Euroman. Qaraldi: 16-mart 2021-yil.
  2. „Linnea Berthelsen Explains Her Character Kali's Controversial Episode 7 In the Second Season“. wmagazine.com (2017). Qaraldi: 7-noyabr 2017-yil.
  3. „Danish star Linnea Berthelsen also will join the Netflix sensation.“. hollywoodreporter.com (2017). Qaraldi: 9-noyabr 2017-yil.
  4. „Interview Linnea Berthelsen“. schonmagazine.com (30-oktabr 2017-yil).
  5. Christensen. „En kvinde vi kan li': Linnea Berthelsen“. Euroman. Qaraldi: 16-mart 2021-yil.
  6. Roschke, Ryan. „The Awesome Thing You Don't Know About Eleven's "Sister" on Stranger Things“ (en-US). POPSUGAR Entertainment. Qaraldi: 2018-yil 2-yanvar.
  7. „Stranger Things Actress Linnea Berthelsen on the Advice That Millie Bobby Brown Gave Her Before She Shaved Her Head“. www.vogue.com (2017). 1-yanvar 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-noyabr 2017-yil.
  8. „Who plays Roman in Stranger Things 2?“. Radio Times (2017). Qaraldi: 9-noyabr 2017-yil.
  9. „Devs (2020) Hulu trailer, release date“. startattle.com (2019).