Liu Jianye
Liu Jianye (talaffuzi: Lyu Szyane) (1987-yil 17-iyunda tugʻilgan) — xitoylik futbolchi, hozirda Xitoyning Birinchi Ligasida „Heilongjiang Ice City“ jamoasida oʻynaydi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Liu Jianye | ||
Tavallud sanasi | 17-iyun 1987-yil | ||
Tavallud joyi | Shenyang, Liaoning, Xitoy | ||
Boʻyi | 1.78 m (5 ft 10 in) | ||
Ampluasi | Himoyachi[1] | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Xiamen Egret Island | ||
Raqami | 8 | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2005—2010 | Changsha Ginde | 152 | (14) |
2011—2021 | Jiangsu Sainty | 177 | (2) |
2019 | → Guangdong South China Tiger (Ijara) | 27 | (0) |
2020 | → Taizhou Yuanda (Ijara) | 11 | (0) |
2021 | Xiamen Egret Island | 0 | (0) |
2022 | Heilongjiang Ice City | 4 | (0) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2009—2015 | Xitoy | 45 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (31-dekabr 2020-yil uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (31-oktabr 2015-yil uchun) |
Klubdagi faoliyati
tahrirLiu Jianye oʻz futbolchilik faoliyatini 2005-yilgi liga mavsumida Shenyang Ginde jamoasi bilan boshlagan, u jamoda 2005-yil 30-aprelda Chongqing Lifanga qarshi oʻyinda (1:0) debyut qilgan[2]. Butun mavsum davomida u ligada 19 ta oʻyinda maydonga tushgan. U jamoadagi birinchi golini „Shanhai Shenhua“ga qarshi oʻyinda (6:1) kiritgan[3]. Keyingi mavsumda Liu klub uchun yana 25 liga oʻyinida oʻynagan va 2006-yilgi liga mavsumining koʻp qismida quyi ligaga tushib ketmaslik uchun kurash bilan kechgan. 2007-yilgi liga mavsumi boshida Shenyang Changshaga koʻchib oʻtgan va oʻz nomini Changsha Ginde deb oʻzgartirgan. Ammo, Liu oʻzining koʻp qirraliligi tufayli jamoaning muhim aʼzosiga aylanganiga qaramay, ajoyib oʻyinlari ham samara bermay keyingi bir necha mavsumda klub doimiy ravishda quyi ligaga tushib qolgan. 2010-yilgi mavsum oxirida yana bir bor quyi ligaga tushib ketgan[4].
Changsha bilan quyi ligaga tushib qolganiga qaramay, Liu Xitoy terma jamoasida oʻzini namoyon qilgan va 2010-yilning dekabr oyida nomaʼlum toʻlov evaziga Xitoy Superligasi vakili Jiangsu Saintyga transfer qilingan. U 2011-yilgi mavsumda klub sardori etib tayinlangan va oʻzini klubning orqa chizigʻining muhim qismi sifatida koʻrsatdi.
2019-yilning 25-fevralida Liu 2019-yilgi mavsum uchun birinchi liga vakili Guangdong South China Tigerga ijaraga berildi.
Xalqaro faoliyati
tahrirLiu Xitoy terma jamoasidagi debyutini 2009-yilning 18-iyulida Falastinga qarshi oʻyinda (3:1) oʻtkazgan[5]. Oradan biroz vaqt oʻtib u 2010-yil dekabr oyida 2011-yilgi Osiyo Kubogi uchun Xitoy terma jamoasiga chaqirilgan.
Faoliyat statistikasi
tahrirKlub | Mavsum | Liga | Mamlakat Kubogi | Liga Kubogi | Qitʼa | Boshqa | Jami | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Changsha Ginde | 2005 | Xitoy Super Ligasi | 19 | 2 | 0 | 0 | - | - | 19 | 2 | ||||
2006 | 25 | 2 | 1 | 0 | - | - | - | 26 | 2 | |||||
2007 | 26 | 2 | - | - | - | - | 26 | 2 | ||||||
2008 | 26 | 2 | - | - | - | - | 26 | 2 | ||||||
2009 | 29 | 3 | - | - | - | - | 29 | 3 | ||||||
2010 | 27 | 3 | - | - | - | - | 27 | 3 | ||||||
Jami | 152 | 14 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 153 | 14 | ||
Jiangsu Suning | 2011 | Xitoy Super Ligasi | 28 | 0 | 0 | 0 | - | - | - | 28 | 0 | |||
2012 | 28 | 0 | 1 | 0 | - | - | - | 29 | 0 | |||||
2013 | 28 | 1 | 2 | 1 | - | 6 | 1 | 1 | 0 | 37 | 3 | |||
2014 | 29 | 1 | 7 | 0 | - | - | - | 36 | 1 | |||||
2015 | 25 | 0 | 5 | 0 | - | - | - | 30 | 0 | |||||
2016 | 19 | 0 | 5 | 0 | - | 4 | 0 | 0 | 0 | 28 | 0 | |||
2017 | 17 | 0 | 3 | 0 | - | 6 | 0 | 0 | 0 | 26 | 0 | |||
2018 | 3 | 0 | 1 | 0 | - | - | - | 4 | 0 | |||||
Jami | 177 | 2 | 24 | 1 | 0 | 0 | 16 | 1 | 1 | 0 | 218 | 4 | ||
Guangdong South China Tiger (Ijara) | 2019 | Xitoy Birinchi Ligasi | 27 | 0 | 0 | 0 | - | - | - | 27 | 0 | |||
Taizhou Yuanda (Ijara) | 2020 | 11 | 0 | 0 | 0 | - | - | - | 11 | 0 | ||||
Karyerada jami | 367 | 16 | 25 | 1 | 0 | 0 | 16 | 1 | 1 | 0 | 409 | 18 |
Yutuqlar
tahrirKlub
tahrirJiangsu Sainty
- Xitoy FA Superkubogi : 2013-yil
- Xitoy FA kubogi : 2015[6]
Xalqaro
tahrir- Sharqiy Osiyo futbol chempionati : 2010-yil
Manbalar
tahrir- ↑ „10 Chinese players for Hyundai A-League“. A-League. Football Federation Australia. Qaraldi: 12-iyul 2016-yil.
- ↑ „0-1 - 比赛结果-中超数据库-搜狐“. csldata.sports.sohu.com (30-aprel 2005-yil). Qaraldi: 6-avgust 2012-yil.
- ↑ „6-1 - 比赛结果-中超数据库-搜狐“. csldata.sports.sohu.com (2-iyul 2005-yil). Qaraldi: 6-avgust 2012-yil.
- ↑ „China 2010“. rsssf.com (21-iyun 2012-yil). Qaraldi: 6-avgust 2012-yil.
- ↑ „国足3-1巴勒斯坦 曲波郜林进球杨智红牌 图 评“. sports.sohu.com (18-iyul 2009-yil). Qaraldi: 6-avgust 2012-yil.
- ↑ „足协杯-萨米尔加时绝杀 舜天客场1-0申花首夺冠“. Sports.sina.com.cn (29-noyabr 2015-yil). Qaraldi: 17-avgust 2019-yil.