Loblaw kompaniyasiga qarshi boykot (2024)

2024-yil 1-mayda Kanadaning Loblaw oziq-ovqat supermarket tarmogʻiga qarshi bir oylik boykot boshlandi. Boykot Reddit hamjamiyati r/loblawsisoutofcontrol tomonidan amalga oshirilgan va keyinchalik Loblawga qarshi boykotlar narxlarning koʻtarilishi sabab[1][2][3] butun mamlakat boʻylab tarqalgan.

Loblaws supermarketi (2020-yilda)

Boykot kanadalik isteʼmolchilarni Loblawga tegishli doʻkonlarda xarid qilishdan voz kechishga va uning oʻrniga mahalliy doʻkonlardan mahsulot sotib olishga chaqirish orqali Loblawga oziq-ovqat narxlarini pasaytirish va Kanada oziq-ovqat mahsulotlarini sotish qoidalariga boʻysunishi uchun bosim oʻtkazish maqsadida qilingan.

Tarixi

tahrir

Loblaw Kanadadagi eng yirik supermarketlar tarmogʻi boʻlib[4][5], Loblaws, Atlantic Superstore, Joe Fresh, No Frills, No Name, Presidentʼs Choice, Shoppers Drug Mart, Dominion Stores va boshqa shu kabi bir qancha doʻkon va brendlarga egalik qiladi[3]. 2020-yillar boshida inflyatsiyaning oʻsishi batijasida tarmoq katta foyda olishni boshladi, buni 2022-yilning uchinchi chorak natijalarida oʻtgan yilga nisbatan foydaning 30% ga oshganidan ham bilsa boʻladi[6]. Loblawning keyingi chorakdagi foydasi oziq-ovqat narxlarini bir vaqtning oʻzida katta miqdorda koʻtarilishi ortidan oshgan[7]. 2022-yil oxirida Dalhousie Universiteti tomonidan oʻtkazilgan tadqiqot shuni koʻrsatdiki, Loblawning yillik daromadi boshqa ikkita yirik tarmoq boʻlmish Metro va Sobeysning oʻrtacha yillik foydasi qoʻshilmasidan ham yuqoriroq boʻlgan. Bu holat tanqidchilar tomonidan, Loblaw „oziq-ovqat narxi soʻnggi 40 yilda eng tez sur’atda oshib borayotgan bir paytda foyda koʻrayotdganligi“ uchun „ochkoʻzlik“da ayblangan. Tadqiqot Loblawning soʻnggi besh yildagi oʻrtacha va individual yillik koʻrsatkichlarini ham oʻz ichiga olgan edi[8].

2024-yil fevral oyi boshida Loblaw „pandemiyadan foydalanib qolish va ochkoʻzlik“ ayblovi bilan tergov qilinishi soʻralgan onlayn petitsiya yaratilgan va 100 000 dan ortiq imzo toʻplangan[3].

Boykot

tahrir

2023-yil oktyabr-noyabr oylarida[3][9] Ontario shtatining Milton shahridan boʻlgan ruhiy kasalliklar shifokori Emily Johnson[10][11] r/loblawsisoutofcontrol nomli[12] Reddit hamjamiyatini tashkil qilgan va hamjamiyat qisqa vaqt ichida minglab Kanadaning oziq ovqat doʻkonlaridagi, xususan, Loblawsdagi narxlardan norozilarni oʻziga jalb qila boshlagan[13]. 2024-yil yanvar oyida Loblaws oʻz doʻkonlarida muddati oʻtishiga oz qolgan oziq-ovqat mahsulotlarini sotish uchun chegirmali narxlarni sezilarli tushirgandan soʻng[10], hamjamiyat tezlik bilan mashhurlikka erishgan va 2024-yilning may oyi davomida[13] Loblawga qarshi boykot kampaniyasini tashkil qila boshlagan. Oy soʻnggiga kelib, harakat Kanadadagi xaridorlar orasida mashhurlikka erishadi[3] va Reddit hamjamiyati boykot boshlanganidan keyin 60 000 nafardan ortiq aʼzoga koʻpayadi[3][12].

2024-yil 1-mayda Loblaw va uning tarmoqlariga qarshi keng qamrovda boykot boshlanadi[2][3][14]. Boykot kanadalik isteʼmolchilarni Loblawga tegishli boʻlgan oziq-ovqat doʻkonlarida xarid qilishdan tiyilishga, uning oʻrniga kichik biznes boʻlmish mahalliy doʻkonlardan xarid qilishga chaqiradi[15][16][17][18]. Boykotning maqsadi Loblawga oziq-ovqat narxlarini 15 foizga pasaytirishi uchun bosim oʻtkazish[19] va Kanadaning oziq-ovqat mahsulotlarini sotish qoidalarini imzolashiga majbur qilishdan iborat edi[20].

Boykot boshlangan kuni Loblaw 2024-yilning birinchi choragida 13.58 milliard dollar va sotuvning 459 million dollari sof foyda boʻlganligi, bu miqdor otgan yilga solishtirganda foydaning 9,8% ga va sotuvning 4,5% ga oshganini maʼlum boʻlgan[21].

„Loblawsdan oʻgirlash kuni“

tahrir

2024-yil aprel oyi oʻrtalarida Toronto va Atlantik Kanadada 2024-yil 12-may sanasi „birinchi yilgi Loblawsdan oʻgʻirlash kuni“ boʻlishiga doir anonim plakatlar oʻrnatilgan. Plakatlarga qoʻshimcha ravishda Loblawga tegishli doʻkonlarning bir nechta logotiplari joylashtirilgan[22][23][24]. Reddit guruhi tashkilotchilari afishalar ularning boykotiga aloqasi yoʻqligini ochiq eʼlon qilishgan[25].

Taʼsiri

tahrir

Boykotning dastlabki ikki kunida kanadaliklar Loblaw doʻkonlari atrofida doimgidan kamroq tirbandlik yuzaga kelganini aytishgan, baʼzi videolarda Loblaw tomonidan boshqariladigan doʻkonlarning deyarli boʻsh holatga kelib qolganligi koʻrsatilgan[26].

Boykotning boshida Loblaw uni tashkil qilishda ishtirok etganlar bilan bogʻlanishga harakat qilgan. 2024-yil 3-mayda r/loblawsisoutofcontrol yaratuvchisi Johnson Loblaw kompaniyasining bosh direktori va prezidenti Per Bank bilan uchrashib, u bilan „xaridorlarning tashvishlari va savollari“ xususida oʻrtoqlashgan[27][28].

Manbalar

tahrir
  1. Stechyson, Natalie. „People are fed up with Loblaw stores' rising prices. Would a boycott accomplish anything?“. CBC News (2024-yil 6-aprel). 2024-yil 1-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-may.
  2. 2,0 2,1 MacRae, Avery. „'It's got to make some kind of change': Boycott of Loblaws-owned stores begins“ (en). CTV Atlantic (2024-yil 1-may). 2024-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-may.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 3,5 3,6 „Month-long boycott of Loblaw-owned grocery brands and stores begins“ (en-CA). The Globe and Mail (2024-yil 1-may). 2024-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-may.
  4. Senoran, Heather. „'We can't win': Canada's largest supermarket chain faces criticism for axing deep discounts on expiring food“ (en). CTV Kitchener (2024-yil 16-yanvar). 2024-yil 15-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-may.
  5. „Loblaw spending more than $2-billion to build over 40 new stores, renovate hundreds“ (en-CA). The Globe and Mail (2024-yil 20-fevral). 2024-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-may.
  6. „Loblaw's profits up 30%, led by booming sales of high margin items like beauty products, cold meds“. The Canadian Press. CBC News (2022-yil 16-noyabr). 2024-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-may.
  7. Benchetrit, Jenna. „Loblaw earns $529M in Q4 profits as Canadians struggle with rising food prices“. CBC News (2023-yil 23-fevral). 2024-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-may.
  8. „Canada's top grocers post above-average profits with little transparency, study says“. The Canadian Press. CBC News (2022-yil 3-noyabr). 2024-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-may.
  9. Lev, Elianna. „Loblaws grocery stores boycott: Reddit group founder says May boycott of Loblaw-affiliated stores is 'unifying' Canadians“. Yahoo! News (2024-yil 30-aprel). 2024-yil 1-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-may.
  10. 10,0 10,1 Saba, Rosa. „Why Canadians see the biggest grocers as the villains of food inflation“ (en). The Canadian Press. CP24 (2024-yil 23-fevral). 2024-yil 1-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-may.
  11. Judd, Amy. „'Out of control': Reddit group calls for Loblaws boycott in May“. Global News (2024-yil 20-mart). 2024-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-may.
  12. 12,0 12,1 Rhode, Mackenzie. „Loblaw profits increase as some Canadians boycott company's grocery stores“. Calgary Herald (2024-yil 1-may). 2024-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-may.
  13. 13,0 13,1 Saba, Rosa. „'Deeply unhappy' grocery shoppers plan to boycott Loblaw-owned stores in May“. The Canadian Press. CityNews (2024-yil 29-aprel). 2024-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-may.
  14. Boynton, Sean. „As Loblaw boycott begins, what to know about all the company's brands“. Global News (2024-yil 1-may). 2024-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-may.
  15. „Why Canadians are planning to boycott Loblaw stores in May and what this food professor says about food prices coming down“ (en). Metroland Media Group (2024-yil 23-aprel). 2024-yil 23-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-may.
  16. Davis, Tony. „Some Islanders are boycotting Loblaw — but it won't be easy“. CBC News (2024-yil 1-may). 2024-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-may.
  17. „Local market vs. Loblaws: Canadian shares shocking grocery bill difference“ (en). Daily Hive (2024-yil 2-may). 2024-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-may.
  18. Docto, Isabelle. „Canadian creates tool to help shoppers find alternative grocery stores during Loblaw boycott“ (en). Daily Hive (2024-yil 1-may). 2024-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-may.
  19. Mooney, Kyle. „Surging Loblaw boycott shows customer anger with grocery giant, says Mount Pearl organizer“. CBC News (2024-yil 2-may). 2024-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-may.
  20. Saba, Rosa. „'Deeply unhappy' grocery shoppers plan to boycott Loblaw-owned stores in May“. The Canadian Press. CityNews (2024-yil 29-aprel). 2024-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-may.
  21. Benchetrit, Jenna. „Loblaw reports 223.58B in Q1 revenue, as Reddit group's boycott kicks off“. CBC News (2024-yil 1-may). 2024-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-may.
  22. Docto, Isabelle. „"Steal from Loblaws Day!" posters are popping up in Canada“ (en). Daily Hive (2024-yil 18-aprel). 2024-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-may.
  23. Arif, Hafsa. „Posters promoting theft from Loblaws circulate online“ (en). CTV Atlantic (2024-yil 22-aprel). 2024-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-may.
  24. Marcelo, Breanna. „'This is dangerous and irresponsible,' Loblaw responds to posters scattered around Toronto encouraging people to steal from its stores in May“ (en-CA). NOW (2024-yil 20-aprel). 2024-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-may.
  25. „Loblaw leaders push back on 'misguided criticism' of grocer as boycott begins“. The Canadian Press. CityNews (2024-yil 2-may). 2024-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-may.
  26. „Is the boycott working? Canadians claim Loblaw park lots looking emptier than usual“ (en). Daily Hive (2024-yil 3-may). 2024-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-may.
  27. Saba, Rosa. „Loblaw boycott organizer says she met with CEO to talk about grocery prices“ (en). CP24 (2024-yil 3-may). 2024-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 4-may.
  28. „Loblaw boycott organizer says she met with CEO to talk about grocery prices“. The Canadian Press. CityNews (2024-yil 3-may). 2024-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 4-may.