Long-drink (inglizcha: long drink, tom maʼnoda „uzoq ichimlik“) — yetarlicha katta hajmdagi (120 ml dan ortiq, oʻrtacha hajmi 160-400 ml) alkogolli kokteyl[1]. Odatda koʻp muz bilan tayyorlanadi, shuning uchun uni erib borishi meʼyorida, uzoq vaqt davomida, somoncha choʻp orqali ichiladi[2]. Issiq kunlarda yaxshi salqinlashtiruvchi ichimlik.

Klassik long-drink "Tom Kollinz"

Fincha long-drink

tahrir

Finlandiyada „long-drink“ atamasi (fin: lonkero) jin va, odatda, greypfrut sodasi bilan tayyorlangan kokteylga tegishlidir. Finlandiyada long-drink doʻkonlarda ham, restoranlarda ham keng tarqalgan va odatda quyib beriladi[3]. U 1952-yilgi Xelsinki Yozgi Olimpiya oʻyinlaridan oldin ommalashgan edi[4].

Eʼtiborga molik long-drinklar

tahrir
 
Lonkero
  • Jin va tonik
  • Kaypirinya
  • Kuba libre
  • Lumumba
  • Moskva xachiri
  • Moxito
  • Pina kolada

Manbalar

tahrir
  1. Frederic Gomes Cassidy, Robert Brock Le Page. Dictionary of Jamaican English. University of the West Indies Press, 2002 — 279-bet. ISBN 978-976-640-127-6. 
  2. „Longdrink — Recept — Tasteline.com“ (sv). Tasteline (2015-yil 27-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 4-dekabr.
  3. Aaron Knoll. „The story of the Finnish Long Drink | by the GIN is IN“ (en). Qaraldi: 2021-yil 4-dekabr.
  4. „Hartwall Original Long Drink“. Original Long Drink. Qaraldi: 2021-yil 4-dekabr.