Loren Pope
Loren Brooks Pope — amerikalik yozuvchi va ilmiy maslahatchi[1], koʻpchilikka mashhur boʻlgan Colleges That Change Lives asari muallifi[2]. Shuningdek, u The New York Times gazetasining muharriri boʻlgan.
Loren Brooks Pope | |
---|---|
Tavalludi | 13-iyul 1910-yil |
Vafoti |
23-sentyabr 2008-yil (98 yoshda) |
Kasbi | yozuvchi, ilmiy maslahatchi |
Fuqaroligi | AQSh |
Alma mater | DePauw universiteti |
Hayoti va faoliyati
tahrirLoren Pope Minnesota shtatining Minneapolis shahrida tugʻilgan. Uning bolaligi Virginiyaning shimolida oʻtgan. Loren Pope DePauw universitetida taʼlim olgan[2]. Charlotte Swart Pope va Ida Wallace Popelar bilan turmush qurib, soʻng ajrashgan. Pope Viola Barrett Greenland Pope bilan 24 yil yashagan va 96 yoshida ajrashgan[3].
Loren Pope 1965-yilda kollejga qabul qilish byurosini tashkil qilgan. Bu Qoʻshma Shtatlardagi birinchi mustaqil kollejga qabul qilish maslahat markazi boʻlgan[2].
Uning ilk kitobi „The Right College: How to Get In, Stay In, Get Back In“ (Macmillan, 1970) nashr etilganidan keyin „Twenty Myths That Can Jinx Your College Choice“ nomli maqolasining bir qismi „The Washington Post Magazine“ va „Reader's Digest“ jurnalida chop etilgan. Shundan keyin u ikkinchi asari „Looking Beyond the Ivy League: Finding the College That’s Right for You (Penguin, 1995)“ni yozgan va bir necha yillardan soʻng uni ham nashr qildirgan. Pope 1939-yilda Pope–Leighey uyini qayta taʼmirlattirgan. Ushbu uy Frank Lloyd Wright tomonidan Falls Church (Virginia)da qurilgan va oʻziga xos tarzda jihozlangan edi[3].
Manbalar
tahrir- ↑ Loren Pope, 98, journalist and education consultant
- ↑ 2,0 2,1 2,2 Finder, Alan „A Fighter for Colleges That Have Everything but Status“. The New York Times (2007-yil 28-fevral). Qaraldi: 2015-yil 10-may.
- ↑ 3,0 3,1 Hutchinson, Carol. „College Consultant Loren Pope; Commissioned a Wright House“ (2008-yil 27-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 4-iyun.