Louis-Ferdinand Céline

Louis-Ferdinand Céline (talaffuzi: Louis Ferdinand Céline; asl familiyasi — Destouches (talaffuzi: Detush; 1894-yil 27-may, Kurbevua — 1961-yil 1-iyul, Medon) — fransuz yozuvchisi, mutaxassisligi boʻyicha shifokor. 20-asrning eng mashhur va taʼsirli yozuvchilaridan biri hisoblanadi. Birinchi jahon urushi faxriysi.

Louis Ferdinand Céline
Asl ismi Louis Ferdinand Destouches
Tugʻilishi 1894-yil 27-may

HayotiTahrirlash

Yozuvchi 1894-yil 27-may kuni Fransiyaning Kurbevua shahrida, Ferdinand Detush va Margerita Giyo oilasida tavallud topadi. Unga buvisi „Céline“ laqabini bergan. 1908-yildan 1910-yilgacha Germaniya va Buyuk Britaniyaga oʻqish uchun safar qiladi. Ota-onasiga jahl qilib oʻqishni tashlaydi, va Birinchi jahon urushi boshlangunidan ikki yil oldin Fransuz armiyasida koʻngilli sifatida ro\yxatdan oʻtadi. Urush boshlangunicha Serjant harbiy unvoniga ega boʻladi. Jang maydonida koʻrsatgan shaxsiy jasoratlari tufayli Fransiyaning eng martabasi ulugʻ medallaridan biri boʻlmish Harbiy medalga sazovor boʻladi. Biroq, keyinchalik u vatanparvarlik va urushga oʻzining shaxsiy tajribasidan kelib chiqib, juda ham salbiy taʼrif beradi. Uning birinchi romani aynan shu mavzuga bagʻishlangan.[1]

BibliografiyaTahrirlash

RomanlariTahrirlash

  • Tun qariga sayohat / Voyage au bout de la nuit (1932)
  • Kreditga oʻlim / Mort à crédit (1936)
  • Ginyollar toʻdasi / Guignol’s band (1944)
  • Jang / Casse-pipe (1949)
  • Boshqa paytga spektakl I / Féerie pour une autre fois I (1952)
  • Normans: Boshqa paytga spektakl II / Normance: Féerie pour une autre fois II (1954)
  • Qasrdan-qasrga / D’un château l’autre (1957)
  • Shimol / Nord (1960)
  • London koʻprigi: ginyollar toʻdasi II / Le Pont de Londres: Guignol’s band II (1964)
  • Rigodon / Rigodon (1969)[2]

AralashTahrirlash

  • Aybi xud / Mea Culpa (1936)
  • Qatagʻon uchun bahona / Bagatelles pour un massacre (1937)
  • Murdalar maktabi / L’Ecole des cadavres (1938)
  • Oʻzgarishga uchraganlar / Les Beaux Draps (1941)
  • Professor Y bilan intervyu / Entretiens avec le professeur Y (1954)
  • Momoqaldiroq va chaqmoqlar. Pyesalar, ibrettolar, ssenariylar.[2]

ManbalarTahrirlash