Louis Nicolas Davout (fr: Luí-Nikolyá Davú; 1770-y. 10-may — 1-iyun  1823) —  Napoleon urushlarida faol ishtirok etgan sarkarda,  Auershetdt gersogi (fr. duc dʻAuerstaedt),  Ekmyul knyazi (fr.. prince dʻEckmühl), Imperiya marshali  (1804-yil 19-maydan 1804 gocha), Imperator gvardiyasining piyoda-grenadyorlari general-polkovnigi. (20-iyul 1804-yildan to  22-aprel 1814-yilgacha). “Temir marshal” taxallusini olgan. Bironta ham jangni boy bermagan Napoleonning yagona marshali.

Tarjimayi holi tahrir

Davu Burgundiyaning Annu shaharchasida, aslzoda zobit kavaleriya leytenanti Jana-Fransua dʻAvu (Jean-François dʻAvout; 1739—1779) va Fransuaza -Adelaidы Minar de

 
Marshal Davutning mo''jizaviy monastiridagi kvartirasi

Velar (Françoise-Adelaide Minard de Velars; 1741—1810) oilasida tugʻiladi.

Singlisi: Jyuli (1771—1846; Imperiya grafi Mark-Antuan de Bomonning xotini)

Ukalari: Lui Aleksandr Davu (1773—1820; brigada generali Imperiya baroni) va Sharl-Izidor (1774—1854).

Davu Napoleon bir yil oldin oʻqishini tamomlagan Briyendagi harbiy maktabga oʻqishga kiradi. Davu oilaviy anʼanalarga sodiq qolib, otasi, amakisi va bobosi xizmat qilgan

kavaleriya polkiga xizmatga kiradi.

Inqilobiy urushlar boshlangach Davu general Dyumurye boshchiligidagi Shimoliy armiyaning batalyonlaridan biriga boshliq qilib tayinlanadi.

 
Gens d'Avu gerbi

1793-yil 4-aprel kuni Dyumurye qoʻshinlarni inqilobiy parijga qarshi chorlagach Davu oʻz askarlariga bu xoin generalni xibsga olish va otib tashlashga xam buyruq beradi. Dyumurye qochib qoladi,Davu esa 1793-yilning 1-may kuni avval polkovnik, soʻngra brigada generali darajasiga koʻtariladi.Biroq jirondistlar tarafdori boʻlgan va inqilobiy terrorga salbiy munosabatda boʻlgan Davu divizion-generallikdan voz kechadi va 1793-yil 29-avgust kuni istefoga ketadi.1794-yilda oz muddat qamoqda xam oʻtiradi,9-termidordan keyin harbiy xizmatga qaytadi.

Misr ekspeditsiyasida (1798—1801) “Abukir yaqinidagi jang”dagi gʻalabada katta xissa qoʻshadi.

1800-yilda general Deze bilan birga Fransiyaga qaytib keladi.

1804-yil Napoleon toj kiyish marosimidan oldin Davuga Fransiya marshali unvonini beradi.

 
Ermitajdagi Davut tayog'i

1805-yildagi xarbiy kampaniyadagi gʻalabalarda marshal Davuning xizmatlari beqiyosdir. Ayniqsa Ulm operatsiyasida va Austerlis oldidagi jangida Davu juda yaxshi xarakat qilgandi. Austerlis jangida aynan Davu rus armiyasining zarbasini qaytara olgan va shu bilan Buyuk armiyaning gʻalabasini taʼminlab bergandi.

1806-yilda Davu 26 minglik korpusi bilan oʻzidan ikki barobar ortiqroq kuchga ega boʻlgan Braunshveyg gersogi boshchiligidagi pruss armiyasini“ Auershtedt oldidagi jang”da qaqshatqich magʻlubiyatga uchratadi va bu gʻalabasi uchun gersoglik rutbasini oladi.

1809-yilda esa Ekmyul va Vagram oldidagi janglarda xam Davu Avstriya qoʻshinlarini tor-etilishida qatnashadi va jasorati uchun knyazlik rutbasini xam oladi.

1812-yilda Davu Rossiya yurishida Saltanovka yonida, Smolensk uchun boʻlgan janglarda qatnashadi. Borodino jangida esa Davu boshidan jarohat oladi (kontuziya).

1813-yilning may oyida Davu rus generali F. K. Tettenborn boshchiligidagi qoʻshinlar tomonidan egallangan Gamburgni ishgʻol qiladi. Shahar ximoyasini mustaxkamlagan Davu salkam bir yil davomida Gamburgni general L. L. Benningsen boshchiligidagi rus qoʻshinlaridan qahramonona mudofaa qilib turadi. Davu Gamburgni faqat imperator Napoleon taxtdan voz kechgachgina ittifoqchilarga topshiradi.

Birinchi restovratsiya davrida Davu ishsiz qoldiriladi. U Napoleon marshallarining ichida imperatordan voz kechmagan yagona marshal boʻlib qolgandi. Napoleon Elba orolidan qaytib kelgach Davuni xarbiy ministr qilib tayinlaydi va Parijdagi qoʻshinlarga bosh qilib qoʻyadi.

“Parijni faqat sizgagina ishonib tashlab keta olaman” degandi Napoleon urushga borishga intilayotgan Davuga.

Vaterloo jangidagi magʻlubiyatdan soʻng Davu ittifoqchilardan Napoleon tarafiga oʻtgan barcha zobitlarga avf (aministiya) berilishini talab qiladi. Aks xolda u fransuz qoʻshinlarini Luara daryosining orqa tomoniga olib oʻtib, kurashni davom ettirishi bilan taxdid qiladi. Ittifoqchilar Davuni oʻz shartlariga koʻndirish uchun marshal Makdonaldni yuboradilar. Biroq Davu oʻz soʻzida sobit qoladi va ittifoqchilarning shartlarini rad etadi va ittifoqchilar uning shartlarini qabul qilishga majbur boʻladilar.

Davu Burbonlarga qasamyod qilmagan yagona marshal sifatida oxirigacha qolgan edi. Shuning uchun qirol xukumati unga qarshi xech qanday ayblovni sura olmaydi.

1818-yilda Davu qirol Lyudovik XVIII saroyiga kirishga ruxsat oladi, 1819-yilda esa uni Fransiya peri qilib koʻtaradilar.

Davu 1823-yil 1-iyun kuni Parijda oʻpka sil kasalligidan vafot etgan.

Feʼli atvori tahrir

Brokgauz va Yefronning ensiklopedik alifbosida Davu xaqida shunday tarif berilgan: “Napoleon marshallarining ichida Davu oʻzining xaddan tashqari qattiqqoʻlligi va zulmi bilan ajralib turgan” Davu Napoleon marshallarining ichida eng isteʼdodlilaridan biri, eng qattiqqoʻli va sadoqatlisi edi. U biron marta jangda yengilmagan Napoleonning yagona marshali sifatida tarixda qoladi.

Adabiyot va kinodagi obrazlari tahrir

Davu xaqida adiblar Lev Nikolayevich Tolstoy oʻzining “Urush va Tinchlik” romanida, sovet tarixchilari Ye. V. Tarle va uning shogirdi A. Z. Manfredlar oʻzlarining tarixiy asarlarida yozadilar. Shuningdek yozuvchi G. P. Danilevskiy oʻzining “Yoqib yuborilgan Moskva” asarida xam yozadi.

“Yuz kun” (Germaniya, Italiya 1935.) aktyor Gans Adalbert Shlettov

“Dezire Klarinining gʻaroyib taqdiri”(Fransiya 1942 y)

Aktyor- Jorj Spanelli

“Kutuzov” (SSSR 1943) — aktyor Arkadiy Polyakov

“Napoleon choʻqqi sari” (Fransiya,Italiya 1955) — aktyor Jan Degrav

“Austerlis oldidagi jang” Fransiya, Italiya, Yugoslaviya, 1960) — aktyor Davout DʻAuerstaedt

“Urush va Tinchlik” (SSSR,1967) — aktyor Boris Molchanov

“Urush va tinchlik” (Buyuk Britaniya teleseril,1972) — aktyor Toni Stidman.

Marshal Davuning marshallik nishoni hozirgi kunda Rossiyaning Ermitaj davlat muzeyida saqlanadi. > Ixtiyor Esonov: Oilasi

Ikki marta uylangan

Birinchi marta 1791-yilda Adelaide Segeno (Adelaide Séguenot; ga taxminan 1768—1795), ammo u bilan 1794-yilda ajrashadi. 1801-yilda Luiza Leklerk (Louise Aimée Julie Leclerc; 1782—1868)ga, yaʼni general Leklerk (Polinы Bonapartning birinchi eri)ning singlisiga uylanadi.

Farzandlar (barchalari ikkinchi nikohdan):

Pol (1802—1803)

Jozefina (1804—1805)

Antuanetta Jozefina (1805—1821)

Adel Napoleona (1807—1885); grafa Etyena Kambaseresning xotini (1804—1878;  Parma gersogining jiyani)

Napoleon (1809—1810)

Napoleon Lui[fr] (1811—1853), 2-chi gersog Auershtedtskiy, 2-chi va soʻngi knyaz Ekmyulskiy, Fransiya peri, Savini-syur-Orj meri (xuddi otasi kabi),

Jyul (1812—1813)

Adelaida Luiza[fr] (1815—1892; markiz Blokvillning rafiqasi (de Blocqueville), adiba, shoira, otasi xaqida tarixiy asarlar yozgan ayol.

1864-yili Auershtedt gersogligi rutbasi uning jiyani Sharl-Izidor dʻAvu — Leopolda[fr], uchun qayta tiklangan va ularning avlodlari hozirgacha bu rutbani saqlab kelmoqdalar.

Adabiyotlar tahrir

  • Чиняков М. К. Луи-Никола Даву. // Вопросы истории. — 1999. — № 2. — С. 59—72.
  • Chenier Davout, duc d’Auerstaedt. — P., 1866.
  • Marquise de Blocqueville (дочь Даву). Le Maréchal Davout raconté par les siens et lui-même. — P., 1870—1880, 1887.
  • John G. Gallaher. The Iron Mashal — a biography of Louis N. Davout. — L.: The Greenhill Books, 2000.

Havolalar tahrir