Luftrausers
Luftrausers — Bu Vlambeer tomonidan ishlab chiqilgan va Devolver Digital tomonidan Linux, OS X, PlayStation 3, PlayStation Vita va Microsoft Windows platformalari uchun 2014-yil 18-martda chop etilgan shoot 'em up janridagi videooʻyin boʻlib. U 2014-yil 20-dekabrda Android -ga portlangan.
Luftrausers | |
---|---|
Ishlab chiqaruvchi | Vlambeer |
Nashir etuvchi | Devolver Digital |
Chiqarilgan sana | 2014-yil 18-mart |
Janr | Shoot 'em up |
Platformalar |
Linux OS X PlayStation 3 PlayStation Vita Windows Android |
Boshqaruv | Sensorli ekran |
Luftrausers — Vlambeer tomonidan Flash texnologiyasidan foydalangan holda yaratilgan oldingi Luftrauser oʻyinining yangilangan portiboʻlib[1]. Yangi versiya Game Maker yordamida yaratilgan.
Oʻyin jarayoni
tahrirLuftrausers — pikselli retro uslubiga ega arcade 2D samolyot simulyatori. Oʻyinchi ixtiyoriy ravishda parvoz yoʻnalishini oʻzgartirishga qodir boʻlgan „Qasos qurollari“ ni eslatuvchi samolyotni boshqaradi. Biroq, asosiy qurol faqat parvoz yoʻnalishi boʻyicha oʻq uzishi mumkin, shuning uchun oʻyinchidan bir vaqtning oʻzida nishonga olish mahorati talab qilanadi. Oʻyin davom etar ekan, oʻyinchi uchun qoʻshimcha samolyot variantlari mavjud boʻladi — siz beshta qurol tizimi, korpus va dvigatellardan birini tanlashingiz mumkin, shuning uchun 125 ta samolyot kombinatsiyasi mavjud boʻlib[2]. Amaldagi kombinatsiyalar ijro etiladigon musiqalarga ham taʼsir qiladi — samolyotning har bir quyi tizimi umumiy ohanggi oʻziga xos ovozga ega.
Oʻyinchining asosiy vazifasi — reaktiv va eksperimental samolyotlar, qayiqlar, kemalar, suv osti kemalari, dirijabllarni oʻz ichiga olgan yuqori dushman kuchlari oʻrtasida omon qolish va maksimal ball toʻplashdir. Agar dushman ketma-ket maʼlum vaqt ichida yoʻq qilinsa, olingan ballar multiplikator koʻpaya boshlaydi (oʻyinda „Combo“deb nomlangan maksimal multiplikator 20 taga yetishimumkin).
Tanqid
tahrirTaqriz yigʻuvchi | Baho |
---|---|
GameRankings | (PC) 81.7%[3] (PS3) 83.6%[4] (Vita) 84%[5] |
Metacritic | (PC) 80/100[6] (PS3) 80/100[7] (Vita) 83/100[8] |
Nashr | Baho |
---|---|
EGM | 9/10[9] |
Game Informer | 8.5/10[10] |
GameSpot | 7/10[11] |
IGN | 8.7/10[12] |
Polygon | 8/10[13] |
Oʻyin tanqidchilar tomonidan ijobiy qabul qilindi, Windows platformasi uchun Metacritic reytingi 80 % ni tashkil etdi.
Manbalar
tahrir- ↑ McWhertor, Michael „Vlambeer's Luftrausers coming to PS3 and PS Vita this spring“. Polygon. Vox Media (2013-yil 21-mart). 2014-yil 10-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 10-fevral.
- ↑ Farokhmanesh, Megan „Luftrausers to launch for all five platforms simultaneously“. Polygon. Vox Media (2014-yil 10-fevral). 2014-yil 10-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 10-fevral.
- ↑ „Luftrausers for PC“. GameRankings. CBS Interactive. 2014-yil 29-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 7-iyun.
- ↑ „Luftrausers for PlayStation 3“. GameRankings. CBS Interactive. 2014-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 7-iyun.
- ↑ „Luftrausers for PlayStation Vita“. GameRankings. CBS Interactive. 2014-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 7-iyun.
- ↑ „Luftrausers Critic Reviews for PC“. Metacritic. CBS Interactive. 2014-yil 29-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 7-iyun.
- ↑ „Luftrausers Critic Reviews for PlayStation 3“. Metacritic. CBS Interactive. 2014-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 19-mart.
- ↑ „Luftrausers Critic Reviews for PlayStation Vita“. Metacritic. CBS Interactive. 2014-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 7-iyun.
- ↑ „EGM Review: Luftrausers“ (deadlink). EGM. EGM Media. 2017-yil 16-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 7-iyun.
- ↑ „Luftrausers: Aerial Supremacy“. Game Informer. Game Informer. 2014-yil 22-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 7-iyun.
- ↑ „Luftrausers Review“. Gamespot. CBS Interactive. 2014-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 7-iyun.
- ↑ „Luftrausers Review“. IGN. IGN Entertainment. 2014-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 7-iyun.
- ↑ „Luftrausers Review: Vintage Bomber“. Polygon. Vox Media. 2014-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 7-iyun.
- ↑ Random Phobosis „Рецензия на Luftrausers“ (2014-yil 17-aprel). 2015-yil 23-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 13-yanvar.