Lug‘at - i Navoiy - Ushbu chig‘atoycha - turkcha lug‘atni XVI yuzyillikning oxirida Rajab ibn Muhib Ali Shomlu tuzgan. 1990 yilda navoiyshunos olima Suyima Gʻaniyeva Tehron universiteti markaziy kutubxonasi bilan tanishish jarayonida fanda ma’lum bo‘lmagan o‘zbekcha-turkcha («Lug‘ati Navoiy») qo‘lyozmani aniqladi. Alisher Navoiy asarlari bo‘yicha tuzilgan bu lug‘at 70 betdan iborat bo‘lib, chiroyli nastaʼliq xatida bitilgan.Ushbu lug‘at arab-fors alifbosi bo‘yicha tuzilgan bo‘lib, unda Alisher Navoiy asarlaridagi mingga yaqin so‘z turkcha, ixcham, sodda izohlangan. Lug‘at 24 harfga bo‘lingan. Har bir harfga 20 tacha misol keltirilgan. Lug‘atda Navoiy asarlarida qo‘llangan mingga yaqin so‘zning izohi keltiriladi. Qo‘lyozmasi Tehron universitetining kutubxonasida saqlanmoqda. [1][2]

  1. Qosimjon Sodiqov. Eski o`zbek yozma yodgorliklari. Toshkent: Akademnashr, 2020 — 112-bet. 
  2. Umarov. Eski o`zbek lug`atlari, 1992.