Luke James Robinson (talaffuzi: Lyuk Jeyms Robinson) (2001-yil 20-noyabrda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchi. Luke Robinson EFL chempionati vakili „Wigan Athletic“ futbol klubidan ijara shartnomasi asosida „Tranmere Rovers“ futbol klubida himoyachi sifatida oʻynaydi.

Luke Robinson
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Luke James Robinson[1]
Tavallud sanasi 19-noyabr 2001-yil (2001-11-19) (22 yosh)
Tavallud joyi Birkenhead, Angliya
Boʻyi 1.76 m[2]
Ampluasi himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Tranmere Rovers (ijara)
Raqami 21
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000—2017 AC Hoylake
2017—2018 Wrexham
2018—2020 Wigan Athletic
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2020 Wigan Athletic 26 (0)
2022Tranmere Rovers (ijara) 2 (0)
Milliy terma jamoa
2018

Shotlandiyaning 18 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi
1 (0)
2019

Shotlandiyaning 19 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi
4 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 24-avgust uchun)

Klubdagi faoliyati tahrir

Luke Robinson Angliyaning Birkenhead shahrida tugʻilgan. Luke Robinson yoshligidan „AC Hoylake“ futbol klubining yoshlar jamoasi safida futbol oʻynay boshlagan. Keyinchalik 2017—2018-yilgi mavsumda „Wrexham“ futbol klubining yoshlar jamoasiga qoʻshilgan. Luke Robinson klub safida mavsumdagi deyarli barcha musobaqalarda qatnashgan. Bu klublarda tarjiba orttirgandan soʻng, Luke Robinson 2018-yilning yozida „Wigan Athletic“ futbol klubi bilan ikki yillik stipendiyali shartnoma imzolashga rozilik bildirgan[3][4]. Luke Robinson 2020-yilning mart oyida „Wigan Athletic“ futbol klubi bilan ikki yarim yillik yangi shartnoma imzolagan[5][6]. Luke Robinson 2020-yil dekabr oyida Birinchi liga vakili „Sunderland“ futbol klubi ustidan gʻalaba qozonilgan uchrashuvda 'Wigan" futbol klubi safidagi ilk oʻyinini oʻtkazgan. Ushbu uchrashuvda Luke Robinson zaxiradan maydonga tushgan[7].

2022-yilning iyul oyida Luke Robinson „Wigan Athletic“ futbol klubi bilan yangi ikki yillik shartnoma imzolagan[8]. Shundan soʻng, Luke Robinson oʻzining tugʻilgan shahrida joylashgan „Tranmere Rovers“ futbol klubi safida mavsumiy ijara shartnomasi asosida oʻzining futbolchilik faoliyatini davom ettirgan[9].

Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati tahrir

Luke Robinson Shotlandiyaning 18 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasida va Shotlandiyaning 19 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi safida Shotlandiya sharafini xalqaro miqyosda himoya qilgan[10].

Faoliyat statistikasi tahrir

2021-yil 10-noyabr holatiga ko'ra;
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar
Klub Mavsum Liga Angliya kubogi Liga kubogi Boshqa Jami
Boʻlim Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Wigan Atlhetic 2020—2021[11] Birinchi liga 25 0 0 0 0 0 0 0 25 0
2021—2022[12] Birinchi liga 1 0 1 0 1 0 3 0 6 0
Jami 26 0 1 0 1 0 3 0 31 0

Manbalar tahrir

  1. „Club list of registered players: As at 23rd June 2020: Wigan Athletic“ (23-iyun 2020-yil). Qaraldi: 25-dekabr 2020-yil.
  2. Luke Robinson Soccerway saytida. Qaralgan sana: 25-dekabr 2020-yil.
  3. Roberts. „AC Hoylake star signs scholarship with Wigan“. AC Hoylake (6-noyabr 2017-yil). Qaraldi: 17-noyabr 2021-yil.
  4. „10 youngsters offered scholarships for next season“. Wigan Athletic F.C. (21-dekabr 2017-yil). Qaraldi: 17-noyabr 2021-yil.
  5. Wylie. „Latics Hand Pro To Robinson“. lfe.org.uk. League Football Education (7-mart 2020-yil). Qaraldi: 25-dekabr 2020-yil.
  6. „U18 defender Luke Robinson signs professional contract“. wiganathletic.com. Wigan Athletic F.C. (6-mart 2020-yil). Qaraldi: 25-dekabr 2020-yil.
  7. Kendrick. „LIVE BLOG: Sunderland 0 Wigan Athletic 1“. Wigan Today (5-dekabr 2020-yil). Qaraldi: 25-dekabr 2020-yil.
  8. „Wigan Athletic defender extends his contract“. Wigan Today (20-iyul 2022-yil). Qaraldi: 21-iyul 2022-yil.
  9. „Luke Robinson joins Rovers on loan from Wigan“. Birkenhead News (21-iyul 2022-yil). Qaraldi: 21-iyul 2022-yil.
  10. „Luke Robinson | Scotland | Scottish FA“. www.scottishfa.co.uk. Scottish Football Association. Qaraldi: 25-dekabr 2020-yil.
  11. „Games played by Luke Robinson in 2020/2021“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 1-yanvar 2021-yil.
  12. „Games played by Luke Robinson in 2021/2022“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 17-noyabr 2021-yil.