Lukirskiy-Prilijayev tajribalalari

Lukirskiy tajribasi- ()sferik kondensator usilidir. Tajribaning maqsadi fototok kuchini oʻrganish. Tajribada Stoletovning sxemasiga oʻxshash sxema qoʻllanadi. Bu sxemada P – yoritiladigan metall plastinka, N – G Galvanometr orqali B batareyaning mos qutbiga ulangan ikkinchi plastinka. Yorugʻlik tasirida P plastinkadan chiqayotgan elektronlar B batareyaning tasirida N plastinka tomonga harakat qiladi va simlar orqali galvanometrga borib, B batareyaning tokini ulaydi, yani zaryadlar oqimini tutashtiradi.

Fototokning kuchlanish va yorugʻlik kuchiga bogʻliqligini oʻrganish sxemasi

Birinchi tekshiruvchilar bu hodisaning yoritilayotgan sirtning tozaligiga juda koʻp bogʻliq ekanligini aniqlashdi. Shuning uchun aniq bajariladigan tajribalarda mexanik usulda yaxshilab tozalangan sirtlar bilan yoki, yaxshisi, metallni vakuumda bugʻlantirib yalatish orqali yasalgan sirtlar bilan ish koʻriladi. Ulash vaqtida P va N elektrodlar oʻrtasida yuqori vakuum saqlanib turiladi, chunki elektrodlar oʻrtasida gaz boʻlishi sirtning xususiyatlarini koʻp oʻzgartiradi hamda zaryadlarning chiqish va koʻchish sharoitlarini qiyinlashtiradi. Yorugʻlikni oʻzgartirmay B batareyaning kuchlanishini oʻzgartirsak, galvanometr koʻrsatayotgan tok kuchining qiymatini maʼlum chegaralarda oʻzgartirishimiz mumkin. Biroq tajribani yuqori vakuumda oʻtkazib, elektrodlarning shaklini oʻzgartirib yoritilgan sirtdan chiqayotgan barcha zaryadlar tezlashtiruvchi maydon yordamisiz ham ikkinchi elektrodga tu’shadigan qilsak, u holda fototokning kuchi maydonni kuchaytirganda ortmaydi. Aksincha elektronlarning yoritilgan sirtdan ikkinchi elektrod tomonga qilayotgan harakatiga xalaqit beradigan qilib yonaltirilgan sekinlashtiruvchi maydon fototokni kamaytirishi va hatto nolga teng qilib qoʻyishi mumkin .

Fototok xarakteristikasi

Haqiyqatdan ham, tajriba bu mulohazalarga mos ravishda I fototok kuchining elektrodga berilgan V potensiallar farqiga bogʻlanishi quyidagi rasmdagi koʻrinishiga ega ekanligi haqida dalolat beradi. Agar elektrodlarning shakli va oʻzaro joylashishi yuqorida aytib oʻtilgan talablarga javob bermasa. fototokning xarakteristikasi birmuncha oʻzgaradi(rasmdagi funktir egri chiziq). Biroq bu xarakteristikaning bazi muhim xususiyatlari oʻzgarmay qoladi; uncha katta boʻlmagan tezlashtiruvchi potensiallar farqi berilganda tok oʻzgarmas qiymatga ega boʻladi(toʻyinish toki); maʼlum sekinlashtiruvchi(tormozlovchi) potensiallar farqi berilganda tokning qiymati nolga teng boʻlib qoladi. Fototokning toyinishiga intilishini A. G. Stoletov ham koʻrsatib oʻtgan. Toʻyinish toki yorugʻkik tasirida ajralib chiqqan barcha elektronlarning galvanometr zanjiri orqali oʻtadigan sharoitga mos kelgani uchun toʻyinish tokining kuchini yorugʻlikning fotoelektr tasiri birligi sifatida qabul qilish mumkin.

Adabiyotlar

Optika ; G. S. Lansberg Toshkent-"Oʻqituvchi"-1981, 642-b.

Kurs obщey fiziki. V 5 t. Tom 4. Volni. Optika ; Savelev I. V.