Lula-kabob (kabab — qovurilgan goʻsht) — shish sixga tortilgan va koʻmirda pishirilgan goʻshtli qiyma koʻrinishidagi Yaqin Sharqning turli mamlakatlari oshxonasining taomidir. Turli nomlar ostida bu taom Bolqondan Erongacha boʻlgan koʻplab xalqlarga maʼlum[1].

Retsepti tahrir

Qiyma qoʻy goʻshti, dumba yogʻi, piyoz va ziravorlardan tayyorlanadi, ular yopishqoq massa holiga kelgunicha yaxshilab aralashtiriladi (taxminan 15 daqiqa). Ziravorlar qoʻshilib, muzlatgichga qoʻyiladi. „Kotletlar“ hosil qilinadi va sixga tortib, ustidan bir tekis taqsimlanadi. Lula-kabob sixi odatdagidan kengroq boʻlishi kerak. Mangal yoki gril ustida vaqti-vaqti bilan aylantirib qovuriladi[2][3].

Anʼanaga koʻra, kabob koʻptirilmagan kulcha (lavash), piyoz halqalari, koʻkatlar[4], totim va koʻmirda pishirilgan pomidor[2] bilan beriladi.

Manbalar tahrir

  1. В. В. Похлёбкин 2015.
  2. 2,0 2,1 Бунятов, Малеев 1982.
  3. В. В. Похлёбкин 1983.
  4. Кулинария 1955.

Adabiyotlar tahrir

  • Авдеева Е. А. „Лулекебаб“,. Полная поваренная книга русской опытной хозяйки, или Руководство к уменьшению расходов в домашнем хозяйстве. Издание книгопродавца Д. Ф. Фёдорова, 1875 — 265 bet. 
  • Poxlyobkin V. V. Lyulya-kebab // Kulinarniy slovar. — M.: Izdatelstvo „E“, 2015. — S. 191—192. — 456 s. — 4000 ekz. — ISBN 978-5-699-75127-3.
  • Похлёбкин В. В. „Люля-кебаб (азербайджанская кухня)“,. Национальные кухни наших народов. М.: Лёгкая и пищевая промышленность, 1983 — 166 bet. 
  • „Люля-кебаб“,Азербайджанская кулинария. Баку: Азернешр, 1982 — 44—45 bet. 
  • „2582. Люля-кебаб (азербайджанские блюда)“,Кулинария. М.: Госторгиздат, 1955 — 811 bet. 
  • Ratushniy A. S. Lyulya-kebab // Vsyo o ede ot A do Ya: Ensiklopediya. — M.: Izdatelsko-torgovaya korporatsiya „Dashkov i K°“, 2016. — S. 207. — 440 s. — 300 ekz. — ISBN 978-5-394-02484-9.
  • Lyulya-kebab // Kultura pitaniya. Ensiklopedicheskiy spravochnik / Pod red. I. A. Chaxovskogo. — 3-e izdanie. — Mn.: „Belorusskaya ensiklopediya imeni Petrusya Brovki“, 1993. — S. 164. — 540 s. — ISBN 5-85700-122-6.