Luma
Luma (lotincha: Luma) ― Mirtalar oilasiga mansub oʻsimliklar turi.
Tur nomi Chilida oʻsadigan va turdosh mirta oʻsimligi — Amomyrtus luma nomidan kelib chiqqan.
Areal ― Janubiy Amerikaning janubi-gʻarbiy qismi, Chilidagi Valdivian oʻrmonlari, Argentinada ham uchraydi. Luma shuningdek, mahalliy iqlimi oʻxshash boʻlgan hududlar — Britaniya orollarida, AQShning Tinch okeanining shimoli-gʻarbiy qismida oʻsadi[1]. Mitti koʻrinishdagi namunalari xonaki oʻsimlik sifatida ekiladi.
Luma — doimiy yashil butalar yoki kichik daraxtlar boʻlib, baʼzan balandligi 10–20 m gacha, tanasining diametri 1 m gacha yetadi. Qobigʻi och qizil yoki toʻq sariq, silliq. Barglari oval, toʻq yashil, uzunligi 1-5 sm, kengligi 0,5-3 sm. Gullarining diametri 2 sm gacha, reza mevasining diametri taxminan 1 sm boʻladi. Mevasini yeyish mumkin va mahalliy aholi tomonidan davo maqsadida ishlatiladi.
Turlari
tahrirThe Plant List maʼlumotlar bazasiga koʻra, tur 2 ta koʻrinishni oʻz ichiga oladi [2] :
- Luma apiculata (DC.) Burret — uchli luma yoki Arroyan (Arrayán), Kolumbiya okrugi. Chili mirtasi, ispan tilida Temu S Chile, S Argentina nomlari bilan mashxur. Shuningdek, Kaliforniyaning Alp okrugida oʻsadi.
- Luma chequen (Molina) A.Gray — Cheken (Chequén) yoki Huillipeta Central Chile; Peru va Boliviyada oʻsadi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Luma chequen in Washington Park Arboretum“ (deadlink). 2009-yil 24-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 5-avgust. (Wayback Machine saytida 2009-03-24 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Luma“ (en). . Version 1.1. (2013). 2020-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 14-avgust.