Luqmon Boʻrixon
Luqmon Boʻrixon (1965-yil 15-fevral, Yangiobod qishlogʻi, Gʻuzor tumani, Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR – 2023-yil 25-iyul, Toshkent, Oʻzbekiston) – oʻzbekistonlik yozuvchi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, "Shuhrat" medali sohibi[1].
Luqmon Boʻrixon | |
---|---|
Tavalludi | 15-fevral 1965-yil |
Vafoti |
25-iyul 2023-yil (58 yoshda) |
Yoʻnalish | Nasr |
Janr | Hikoyanavislik |
Shoh asari | „Begimqul katta“, „Yalangoyoq“, „Sirli muallim“, „Xizr koʻrgan yigit“, „Jaziramadagi odamlar“ |
Mukofotlari |
Hayoti
tahrirLuqmon Boʻrixon 1965-yilning 15-fevralida Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumaniga qarashli Yangiobod qishlogʻida tugʻilgan. 1983-1985-yillarda muddatli harbiy xizmatni oʻtagan. 1986-yilda Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetiga oʻqishga kirib, 1991-yilda tamomlagan[2].
Faoliyati
tahrirLuqmon Boʻrixon „Turkiston“ va „Maʼrifat“ gazetalarida adabiy xodim, keyinchalik boʻlim mudiri sifatida faoliyat koʻrsatgan. „Yoshlik“ jurnalining bosh muharriri boʻlgan.
Asarlari
tahrirLuqmon Boʻrixonning dastlabki hikoyasi 1987-yilda „Begimqul katta“ nomi bilan nashr etilgan. Shundan keyin yozuvchining „Yalangoyoq“ (1991), „Sirli muallim“ (2006), „Hizr koʻrgan yigit“ (2007), „Temiryoʻl yoxud titrayotgan togʻ“ (2009), „Quyosh hali botmagan“, (2018), „Marhamatli kun“ (2019), singari qissa va hikoyalar toʻplamlari chop etilgan[3][4]. Oʻqituvchilar hayotidan olingan „Sirli muallim“ qissasi Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirligi tanlovida gʻolib deb topilgan. 2005-yilda „Jaziramadagi odamlar“ romanini yaratdi. Luqmon Boʻrixon yozgan „Sokin daryo“ romanida olim Oʻktam Umurzoqovning hayoti va faoliyati hikoya qilinadi.
Manbalar
tahrir- ↑ S., Elshod. „Ёзувчи Луқмон Бўрихон 58 ёшида вафот этди“. Gazeta.uz (2023-yil 25-iyul). Qaraldi: 25-iyul 2023-yil.
- ↑ „Yozuvchi Luqmon Bo‘rixon 58 yoshida vafot etdi“. kun.uz. Qaraldi: 3-sentabr 2024-yil.
- ↑ „Luqmon Bo‘rixon“. ziyouz.com. Qaraldi: 3-sentabr 2024-yil.
- ↑ „Luqmon Bo'rixon asarlari“. kitobxon.com. Qaraldi: 3-sentabr 2024-yil.