Lusaka kelishuvlari 1974-yil 7-sentabrda Lusaka shahrida (Zambiya) Mozambik ozodlik fronti (FRELIMO) rahbariyati vakillari va chinnigullar inqilobidan keyin tashkil etilgan Portugaliya hukumatining vakolatli vakillari tomonidan imzolangan. Ushbu kelishuvlarga muvofiq Portugaliya Mozambik xalqining mustaqillik huquqini tan oldi va FRELIMO bilan hokimiyatni bosqichma-bosqich topshirish shartlarini kelishib oldi.

Xususan, oʻtish davri hukumatining 2/3 qismi va bosh vazir lavozimi mozambikliklarda qoldi (6 va 7 bandlar). Shartnomada mustaqillik o'tish davridan keyin e'lon qilinishi, bu davrda mamlakat ichidagi hokimiyat ikki tomon o'rtasida taqsimlanishi ko'zda tutilgan. Mozambik 1975-yil 25-iyunda (FRELIMO tashkil topgan kun) mustaqillikka erishdi.

Yana qarang

tahrir