Lyudmila Leonidovna Dmitriadi (turmushga qadar — Lapshina) (1969-yil 24-sentabr) — sovet va o‘zbek yengil atletikachisi, qisqa masofalarga yugurish bo‘yicha ishtirok etgan. 1996—2000-yillardagi Yozgi Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi.

Lyudmila Leonidovna Dmitriadi
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Ayol
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 24-sentyabr 1969-yil (1969-09-24) (55 yosh)
Sport
Qaysi sport yengil atletikachi
Sport mukofotlari
Yozgi Osiyo o‘yinlari
Kumush Bangkok 1998 4x100m estafeta
Bronza Pusan 2002 4x100m estafeta

Tarjimai hol

tahrir

Lyudmila Dmitriadi 1969-yil 24-sentyabrda dunyoga keladi.  

U 1987-yilda yengil atletika bo‘yicha xalqaro musobaqalarida debyut qiladi, Birmingemda 100 metrga yugurishda 11,71 soniya natija ko‘rsatadi va 4x100 metrga estafetada SSSR terma jamoasi tarkibida ishtirok etadi[1] .

O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida 4x100 metrga estafetada ikki marta Yozgi Osiyo o‘yinlari g‘olibi bo‘ladi[2] . 1998-yilda Bangkokda u Yelena Kvyatkovskaya, Go‘zal Xubbiyeva va Lyubov Perepelova (44,38 soniya) bilan birga kumush medalni qo‘lga kiritadi. 2002-yilda Pusan shahrida Anna Kazakova, Xubbiyeva va Perepelova bilan kvartetda (44,32 natija ko‘rsatib) bronza medalini olishga muvaffaq bo‘ladi.

Lyudmila Dmitriadi 1996-yili Atlantadagi yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi safiga qo‘shilgan. 1/8 finalda 100 metrga yugurishda u 12,04 soniya natija bilan 7 nafar ishtirokchi orasida 6-o‘rinni egalladi[3]. 1/8 finalda 200 metrga yugurishda u poygada 8 nafar ishtirokchi orasida (24,88 soniya natija bilan) 8-o‘rinni egalladi [4] .

2000-yili Sidneyda o‘tkazilgan yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi safidan joy egallab, 4x100 metrga estafeta bahslarida Kvyatkovskaya, Perepelova va Xubbiyevalar ham bo‘lgan kvartet 22-natijani (45,14) ko‘rsatdi va yarim finalga chiqa olmadi[5] .

Lyudmila Dmitriadi 2007-yilda faoliyatini yakunlaydi[1] .

Shaxsiy rekord natijalari

tahrir
  • 60 metrga yugurish — 7,59 (2002-yil 3-mart, Tyantszin)[1]
  • 100 metrga yugurish — 11.53 (1998-yil 13-dekabr, Bangkok)[1]
  • 200 metrga yugurish — 23,59 (2001-yil 17-iyun, Bishkek)[1]
  • 400 metrga yugurish — 55,85 (2005-yil 30-sentyabr, Toshkent)[1]

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 „Lyudmila DMITRIADI | Profile“. www.worldathletics.org. 2021-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-avgust.
  2. „Olympedia – Lyudmila Dmitriady“. www.olympedia.org. 2020-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-avgust.
  3. „Olympedia – 100 metres, Women“. www.olympedia.org. 2020-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-avgust.
  4. „Olympedia – 200 metres, Women“. www.olympedia.org. 2021-yil 3-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-avgust.
  5. „Olympedia – 4 x 100 metres Relay, Women“. www.olympedia.org. 2020-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-avgust.