Ludovik

(Lyudovikdan yoʻnaltirildi)

Lyudovik (Louis) — Fransiyada qirollar sulolasi.

Eng mashhurlari:

  • Lyudovik VII (1119/1121 - 1180.18.9, Parij) — qirol (1137-yildan). Kapetinglar sulolasidan. 2-salib yurishi (1147—49) yoʻlboshchilardan biri. 1152-yil Akvitaniya gersoginyasi Aliyenora bilan boʻlgan nikohi bekor qilingach, Fransiya Akvitaniyadan vaqtincha mahrum boʻlgan.
  • Lyudovik VIII (1187.5.9, Parij -1226.8.11, Monpansye) — qirol (1223-yildan). Kapetinglar sulolasidan. Inglizlar bilan urushib Puatu, Perigor va boshqa fransuz hududlarini qaytarib olgan. 1226-yil albigoychilar (bidʼatchi diniy harakat qatnashchilari)ga qarshi urushga rahbarlik qilgan.
  • Lyudovik IX Avliyo (1214.25.4, Puassi — 1270.25.8, Tunis) — qirol (1226-yildan). Kapetinglar sulolasidan. Davlat hokimiyatining markazlashtirish yoʻlida islohotlar oʻtkazgan. 1248-yil va 1270-yildagi 7,8 - salib yurishlariga rahbarlik qilgan. Parij bitimi (1259)ni imzolagan.
  • Lyudovik XI (1423.3.7, Burj - 1483. 30.8, Plessi — Le—Tur) — qirol (1461-yildan) Valua sulolasidan. Markazlashtirish siyosatini olib borgan. Gʻalayonlarni bostirgan. Anju, Pikardiya va boshqa hududlarni qirollik domenkta qoʻshib olgan.
  • Lyudovik XII (1462.27.6, Blua - 1515. 1.1, Parij) — qirol (1498-yildan). Valua sulolasidan. 1499-yilgi harbiy yurishi bilan Italiya urushi (1494—1559)ni qaytadan boshlagan. Harbiy, sud, soliq, pul tizimida islohotlar oʻtkazgan.
  • Lyudovik XIV (1638.5.9, Sen-Jermenan-Le — 1715.1.9, Versal) — qirol (1643-yildan). Burbonlar sulolasidan. Uning davrida Fransiyada mutlaq hokimiyat oʻzining eng yuqori choʻqqisiga chiqqan. Rivoyatlarga koʻra, "Davlat — bu men" degan ibora L. XIV ga tegishli. Fransiya hududini kengaytirish maqsadida olib borgan toʻxtovsiz urushlar, qirol saroyining katta harajatlari, soliklarning oshishi, diniy taʼqiblar xalq qoʻzgʻolonlariga sabab boʻlgan.
  • Lyudovik XVI (1754.23.8, Versal — 1793.21.1, Parij) — qirol (1774—92 yillar). Burbonlar sulolasidan. Buyuk Fransuz inkilobi boshlangach, xorijiy davlatlarni Fransiyaga qarshi qurolli yurish boshlashga undagan. Xalq qoʻzgʻoloni natijasida taxtdan agʻdarilgan (1792-yil 10 avgust) Aksil inqilobiy faoliyati uchun Konvent tomonidan sud qilinib, oʻlimga hukm etilgan; qatl qilingan.
  • Lyudovik XVIII (1755.17.11, Versal — 1821.16.9, Parij) — qirol (1814— 15 va 1815—24). Burbonlar sulolasidan. Buyuk fransuz inqilobi davrida (1789— 94) xorijdagi fransuz aksil inqilobchilari raxbari. Napoleon I taxtdan agʻdarilgach, xorijiy davlatlar koʻmagida hokimiyatni egallagan.[1]

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



  Ludovik soʻzini bildiruvchi bir necha sahifa topildi.
Ushbu sahifaga sizni olib kelgan maqoladagi tegishli ishoratni bu yerga emas, toʻgʻri kerakli maqolaga yoʻnaltirishingiz mumkin.