Mġarr — Maltaning janubi-sharqidagi Gozo hududi joylashgan port shahar.

Mġarr porti

Etimologiyasi tahrir

Mġarr nomi arabcha „port“ degan maʼnoni anglatuvchi „mġar“ soʻzidan kelib chiqqan boʻlishi mumkindeb taxmin qilinadi.

Tarixi tahrir

 
Mġarrning 3D modeli

Mġarr shahri shu nom bilan ataluvchi sayoz port atrofida shakllangan. 1241-yilga kelib Maltaga parom qatnovi yoʻlga qoʻyilgan va baliq ovlash keng ommalashgan. Keyingi davrlarda bandargoh atrofidagi hudud koʻproq rivojlangan boʻlsa-da, port boshpana bilan toʻliq taʼminlanmagani uchun 1841-yilga qadar port hududi u qadar ommalashmagan. Suv toshqinlarini toʻsib turuvchi toʻsiq 1906-yilgacha bir necha marta mustahkamlangan va uzaytirib borilgan. 1929–1935-yillarda yuzaga kelgan katta suv toʻlqinidan keyin 1969-yilda yana ikkita toʻsiq qurilgan. Toʻsiqlarning ikkinchisi qurib bitkazilgandan soʻng port maydoni 121,4 ming kvadrat metrgacha kengaygan[1].

Parom bekati 21-asr boshlarida 9,3 million yevroga qayta qurilgan. Uning qurilishi 2001-yilda boshlangan va yetti yil davom etgan, bekat 2008-yil fevral oyida ochilgan. Hozir bandargohda 600 ga yaqin yoʻlovchi va 200 ta avtomobilga xizmat qilish imkoniyati mavjud[2]. Qurilish jarayonida yangi portning dizayni uning atrofdagi landshaftga vizual taʼsirini kamaytirish uchun oʻzgartirilgan[3].

Iqtisodiyoti va imkoniyatlari tahrir

Mġarr — Gozodagi eng katta baliqchilar qishlogʻi hisoblanadi. Shaharda parom bekatidan tashqari, yaxta marinasi ham joylashgan. Mġarr hududidagi Fort Chambray nomli mudofaa inshooti 1749-yilda Avliyo Ioann ritsarlar tomonidan qurilgan[4].

2010-yil may oyida bandargohni xususiylashtirilishi eʼlon qilingan. Mazkur vazifa bandargohni modernizatsiya qilmoqchi boʻlgan Harbour Management Company Limited kompaniyasiga topshirilgan[5].

Portdagi qirgʻoq yaqinida joylashgan Gleneagles Bar 1732-yilda parom yoʻlovchilari uchun kabina sifatida qurilgan. U oʻzining noyob qiyalik tomi bilan mashxur[1].

Transport tizimi tahrir

Mġarr parom xizmatlari orqali Maltadagi Ċirkewwa, Valletta va Komino orollari bilan bogʻlangan[6][7][8]. Avtobuslar Viktoriya va Marsalfornga qadar qatnaydi.

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 „Ghajnsielem.com - Mgarr Harbour“. www.ghajnsielem.com. 2013-yil 24-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-fevral.
  2. „New Gozo ferry terminal inaugurated at Mgarr“. Maltamedia.com. Qaraldi: 2015-yil 30-aprel.
  3. „MEPA approves Mgarr terminal development“. Maltamedia.com (2005-yil 13-may). Qaraldi: 2015-yil 30-aprel.
  4. Christopher Simpson - Maltassist, Malta. „Welcome to Mgarr, Gozo“. Maltassist.co.uk. 2007-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 30-aprel.
  5. „Gozo News.Com“. Gozonews.com (2010-yil 26-may). Qaraldi: 2015-yil 30-aprel.
  6. „Services, terms and schemes“. Gozochannel.com (1924-yil 25-avgust). Qaraldi: 2015-yil 30-aprel.
  7. „Gozo Fast Ferry“. Qaraldi: 2022-yil 2-iyul.
  8. „Malta - Getting Here“. Cominohotel.com. Qaraldi: 2015-yil 30-aprel.