Messier 37
M 37 tarqoq toʻdasi (Messiye Obyekti 37, NGC 2099) ― Aravakash yulduz turkumidagi tarqoq yulduzlar toʻdasidir.
Toʻdada 19 ta oq mitti yulduzlar kuzatiladi, ulardan 11 tasi 0,75 dan 0,95 gacha boʻlgan Quyosh massasi oraligʻida[1]. Ushbu toʻdadagi oq mitti yulduzlardan biri bu turdagi obyektlar nisbatan juda katta 1,28 Quyosh massasiga ega[2].
NGC 2099 asosiy ketma-ketligidagi yulduzlar soni taxminan 1599 yulduzni tashkil etadi. NGC 2099 dagi qizil yulduzlarning ulushi NGC 6866ga[3] qaraganda koʻproqdir.
Toʻdada 24 ta oʻzgaruvchan yulduzlar topilgan. Ulardan 9 tasi Qalqonning Delta tipidagi oʻzgaruvchan yulduzlar (lekin, katta ehtimol bilan, ulardan faqat 2 tasi M 37 ga tegishli), 7 tasi tutilgan ikkilik yulduzlar va 1 tasi oʻziga xos oʻzgaruvchidir[4].
Kashfiyot tarixi
tahrirBu toʻda 1654-yildan oldin Jovanni Battista Godierna tomonidan kashf etilgan, ammo bu faqat 1984-yilda aniqlandi. Sharl Messiye uni 1764-yilda mustaqil ravishda kashf etgan[5].
Kuzatishlar
tahrirM 37 uchta mashhur Aravakash tarqoq toʻdasining eng yorqinidir. Boshqa yulduz turkumlari singari, uni kuzdan bahorgacha kuzatish mumkin. Teleskop izlovchisi yoki dala durbinlari bilan toʻdani θ Aravakash dan taxminan 5 daraja janubda kuzatish qiyin emas (aniqrogʻi, υ Aur da). Oʻrtacha optikli teleskopda (150-200 mm) toʻda yuzga yaqin oq-sariq xira yulduzlar boʻlib koʻrinadi, ular sochilgan manka yormasi kabi, okulyarning koʻrish maydonini toʻldiradi. Toʻda markazida toʻq sariq rangli qoʻsh yulduz yorqinligi va rangi bilan ajralib turadi.
Messiye katalogidagi osmon qoʻshnilari
tahrir- M 36 — (uch daraja shimoli-gʻarbda) — Aravakashning yana bir toʻdasi;
- M 38 — (yanada shimoli-gʻarbiy tomonda) — Aravakashning uchinchi yorqin toʻdasi;
- M 45 — (gʻarbda, Savr yulduz turkumida ham) — Pleyadalar toʻdasi;
- M 1 — (janubda, Savr yulduz turkumida) — mashhur Qisqichbaqasimon tumanlik;
- M 35 — (janubiy-sharqda, Egizaklar turkumida) — yorqin tarqoq toʻda.
"Messiye Marafoni" dagi kuzatishlar ketma-ketligi
tahrir… M 38 → M 36 → M 37 → M 35 → M 41 …
Manbalar
tahrir- ↑ „Initial-Final Mass Relation for 3 to 4 M⊙ Progenitors of White Dwarfs from the Single Cluster NGC 2099“. 2021-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-may.
- ↑ „An Ultramassive 1.28 M⊙ White Dwarf in NGC 2099“. 2021-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-may.
- ↑ „Identification of cluster MS stars and their implication - I. NGC 2099 and NGC 6866“.
- ↑ „Variable Stars in the Open Cluster NGC 2099 (M37)“.
- ↑ Frommert H., Kronberg C. „Messier 37“ (en). The Messier Catalog. SEDS. 2012-yil 19-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 7-noyabr.