Abul-Abbos Maʼmun I (?— 997) – Maʼmuniylar sulolasidan boʻlgan Xorazmning birinchi hukmdori[1].

Maʼmun I
Abul Abbos Maʼmun
ابوعلی مأمون بن محمد
Xoram hukmdori
Mansab davri
995-yil – 997-yil
Oʻtmishdoshi Abu Abdulloh Muhammad
Vorisi Abul-Hasan Ali
Shaxsiy maʼlumotlari
Vafoti 997-yil
Gurganch
Millati Fors
Bolalari 2
Otasi Muhammad
Dini Islom
Mansubligi Maʼmuniylar
Unvoni Xorazmshoh

Tarjimayi holi tahrir

Abul Abbos Maʼmunning oilasi Xorazmga Erondan kelgan. Uning ota-onasi haqida kam narsa maʼlum. Otasining ismi Muhammad boʻlgan. 992-yilda Maʼmun Gurganj amiri boʻlgan. Uni bu lavozimga Somoniylar davlati amirlari maʼqullagan, deb hisoblashadi. Maʼmun hukmdorlik vaqtida Xorazmdagi Amudaryoning chap sohilini asta-sekin bosib oladi. 994-yilda amir Nuh II ga qarshi qoʻzgʻolonlar chogʻida Somoniylar amirining raqibi Abu-Ali Simjuridni qoʻllab-quvvatladi.

995-yilda Movarounnahrdagi kurashdan foydalanib, Amudaryoning oʻng qirgʻogʻiga hujum qiladi va u yerda Afrigʻiylarning soʻnggi vakili Abu Abdulloh Muhammadni asir olinib oʻldiradi. Shundan soʻng Xorazmshoh unvonini qabul qiladi. Biroq, yangi hukmdorning taʼsiri kuchli emas edi, chunki taxtdan agʻdarilgan hukmdorning qarindoshlari koʻplab shaharlarda oʻz taʼsirini saqlab qolishgan. Shuning uchun Maʼmun I davlat poytaxtini Gurganjga koʻchirdi. Movarounnahrdagi qoʻzgʻolonchilarni qoʻllab-quvvatlab, Somoniylardan mustaqillikni saqlab qolishga harakat qildi. Biroq oxir-oqibat 996-yilda ularning ustunligini qayta tan olishga majbur boʻldi. 997-yilga kelib Xorazmni oʻz tasarrufiga toʻliq birlashtirish imkoniga ega boʻldi.

Shu bilan birga u madaniyat va ilm-fan rivojiga ham hissa qoʻshgan. Abul Abbos Maʼmun Xorazmshohning buyrugʻi bilan Xorazmda 996-yilda akademiya (Dor ul-hikma) ochilib, u Maʼmun akademiyasi deb nomlanadi. Oʻsha davrda saroyga shoir va faylasuflarni ham taklif etilib, Gurganjning sanʼat markazi sifatida rivojlanishiga sharoit hozirlanadi.

Abul Abbos Maʼmun 997-yilda nomaʼlum sharoitda vafot etgan. Toj-u taxt toʻngʻich oʻgʻli Abul-Hasan Aliga meros qolgan[2].

Oilasi tahrir

  • Abul-Hasan Ali, Xorazmshoh 997-1008/1009
  • Maʼmun II, Xorazmshoh 1009-1017-y

Manbalar tahrir

  1. The Early Ghaznavids, C.E. Bosworth, The Cambridge History of Iran, Vol.4, ed. R. N. Frye, (Cambridge University Press, 1999), 174.
  2. „O'ZBEKISTON HUKMRONLIK QILGAN SULOLALAR VA HUKMDORLAR“. ziyouz.com. Qaraldi: 13-oktabr 2023-yil.

Adabiyotlar tahrir

  • Bosvort, CE „The Political and Dynastic History of the Iranian World (A. D. 1000—1217).“ Kembrij tarixi, jild. 4: The Saljuq and Mongol Periods. Ed. JA Boyl. Kembrij, Buyuk Britaniya: Kembrij universiteti nashriyoti, 1968 yil.
  • Meisami, Juli Scott (1999). Persian Historiography to the End of the Twelfth Century. Edinburg universiteti nashriyoti 1–319. ISBN 9780748612765.