„Ma’naviyat fidoyisi“ koʻkrak nishoni — respublikada ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirish, yuksak ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirish borasida fidokorona mehnat qilgan va samarali natijalarga erishgan fuqarolarni ragʻbatlantirish maqsadida ta’sis etilgan[1][2][3].

„Ma’naviyat fidoyisi“ koʻkrak nishoni
Mamlakat Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Turi ko'krak nishoni
Kimga topshiriladi Oʻzbekiston fuqarolari va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin
Taqdirlash asosi respublikada ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirish, yuksak ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirish borasida fidokorona mehnat qilgan va samarali natijalarga erishgan fuqarolar taqdirlanadilar.
Holati topshiriladi
Statistika
Taʼsis sanasi 2019-yil 3-may.

Koʻkrak nishoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.

Tavsifi

tahrir
  • „Ma’naviyat fidoyisi“ koʻkrak nishoni (keyingi oʻrinlarda koʻkrak nishoni deb ataladi) diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻlib, mis qotishmasidan tayyorlanadi.
  • Koʻkrak nishonining old tomoni markazida ochiq holatdagi kitob fonida — Quyosh, Yer shari, Oʻzbekiston Respublikasi bayrogʻining koʻk, oq va yashil rangdagi tasmalari tasvirlangan. Koʻkrak nishonining aylanasi boʻylab zarhal hoshiya bilan oʻralgan tilla rang doirada balandligi 6 millimetr boʻlgan „MA’NAVIYAT FIDOYISI“ soʻzlari yozilgan.
  • Koʻkrak nishonining orqa tomoni markazida besh qatorda harflarning balandligi 2 millimetr boʻlgan „MA’NAVIYAT“, „SONASIGA“, „QOʻSNGAN“, „MUNOSIB NISSASI“, „UCNUN“ soʻzlari joylashgan. Koʻkrak nishonining qalinligi — 2,2 millimetr. Tasvirlar va yozuvlar qavariqdir.
  • Koʻkrak nishoni old va orqa tomonlarining chetlari qavariq doira bilan oʻralgan. Koʻkrak nishoni halqa va ilmoqchalar yordamida toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi qadagʻichga ulangan. Qadagʻichning eni — 26 millimetr, boʻyi — 17 millimetrdan iborat. Qadagʻich eni 22 millimetrli shoyi lenta bilan qoplangan boʻlib, lentaning markazidan eni 8 millimetrli koʻk yoʻl oʻtgan. Uning har ikki tarafidan eni 2 millimetrli ikkita yashil yoʻl va eni 3 millimetr boʻlgan oq rangdagi yoʻllar tushirilgan.
  • Qadagʻichning orqa tomoniga koʻkrak nishonini kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻgʻnogʻich koʻrinishidagi moslama oʻrnatilgan.

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir