MacDraw — 1984-yilda birinchi Apple Macintosh tizimlari bilan birga chiqarilgan vektorli grafik ilova. MacDraw MacWrite bilan hamkorlikda foydalanish mumkin boʻlgan birinchi WYSIWYG chizma dasturlaridan biri boʻlgan. Dastur yordamida texnik diagrammalar chizish uchun moʻljallangan.

MacDraw
Yaratgan dasturchisi (firmasi) Apple Computer, Claris
Dastlabki foydalanishga
chiqarilishi
1984 (40 yil avval) (1984)
Yozilgan dasturlash tili Paskal
Operatsion sistema Tizim dasturi 6, 7-tizim
Turi Vektor[1]
Litseziyasi Xususiy dasturlar

Algoritmlarga kirish“ kitobi uchinchi nashrining soʻzboshida mualliflar MacDraw Proʻning OS X’ga mos versiyasini yaratishni qatʼiy iltimos qiladilar[2].

Dasturning dastlabki versiyalari

tahrir

MacDraw Apple kompaniyasining 1983-yilda chiqarilgan Apple Lisa kompyuteri uchun ishlab chiqilgan LisaDraw dasturiga asoslangan. LisaDraw va MacDraw dasturchi Mark Cutter tomonidan ishlab chiqilgan.

MacDrawning birinchi versiyasi MacPaintga oʻxshash boʻlib, bir xil vositalar va naqshlarni oʻz ichiga olgan. Biroq, MacDraw vektorga asoslangan boʻlib, yaʼni obyektning xususiyatlari va joylashuvi istalgan vaqtda oʻzgartirilishi mumkin edi. Dasturning chop etish uchun xususiyatlarini ham oʻz ichiga olgan. Shuningdek, kesish va joylashtirish buyruqlari MacWrite paneliga birlashtirilgan. MacDraw MacPaintga qaraganda ancha rivojlangan boʻlib, panjara va chizma oʻlchamlarini oʻzgartirish qobiliyatiga ega edi. Biroq, MacDraw bir vaqtning oʻzida bir nechta hujjatdan foydalanishni qoʻllab-quvvatlamagan. Dastur faqatgina, blok sxemalari, diagrammalar va texnik rasmlarni chizishda foydali boʻlgan.

Dasturlar birlashtirilishi

tahrir

MacDraw II (1988) asl MacDrawning toʻliq qayta tiklanishi edi. U Appleʼdagi loyiha rahbari Gerard Shuten, jamoa aʼzolari Amy Goldsmith va Marjory Kaptanoglu tomonidan ishlab chiqilgan. Keyinchalik Claris kompaniyasi tomonidan sotuvga chiqarilgan. MacDraw II rang va boshqa koʻplab yetishmayotgan xususiyatlarni oʻzida mujassamlashtirgan va Macintosh II tizimlarida anchagina yengil holatda ishlagan. ClarisDrawning oxirgi versiyasi 1.0v4 (1994) boʻlgan.

Dekorra Optics kompaniyasi oʻzining EazyDraw dasturining EazyDraw Retro versiyasiga ega boʻlgan. EazyDraw MacDrawning turli xil mujassamlashlari, jumladan ClarisDraw tomonidan ishlab chiqarilgan hujjatlarni yuklay olgan[3]. Libreofficening keyingi versiyalari MacDraw fayllarini ham qoʻllab-quvvatlagan. 

Manbalar

tahrir
  1. History of Illustration. Fairchild Books (Bloomsbury Publishing), 2019 — 534-bet. ISBN 978-1-5013-4211-0. 
  2. Cormen, Thomas H.. Introduction to Algorithms, Third Edition. 3rd ed.. MIT Press, 2009 — xviii-bet. ISBN 978-0-262-03384-8. 
  3. „EazyDraw Support“, EazyDraw, Dekorra Optics LLC enterprise, qaraldi: 2020-03-09