Madamin Matkarimov

sovet siyosatchisi

Madamin Matkarimovich Matkarimov (1918-yilXorazm viloyati, Oʻzbekiston SSR1986-yil 24-mart, Xiva, Xorazm viloyati, Oʻzbekiston SSR) — sovet davlat jamoat va siyosat arbobi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni sohibi. O‘zbekiston Kompartiyasi Xorazm viloyati Yangiariq tumani qo‘mitasining birinchi kotibi.

Madamin Matkarimov
Madamin Matkarimovich Matkarimov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1918-yil
Vafoti 24-mart 1986-yil
Siyosiy partiyasi KPSS
Mukofotlari

Tarjimai holi

tahrir

Madamin Matkarimov 1918-yilda Oʻzbekiston SSR Xorazm viloyatida tugʻilgan. Millati oʻzbek. 1951-yilda KPSS aʼzoligiga qabul qilingan. Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan.

1939-yildan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ishlarida faol xizmat qila boshlagan. 19391985-yillar oraligʻida turli lavozimlarda ishlagan. 1939—1945-yillarda tuman mashina-traktor stansiyasi agronomi, katta agronomi, 1945-—1952-yillarda Xorazm viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi bosh agronomi, 1952—1957--yillarda Xorazm viloyati Yangiariq tumanidagi Yangiariq MTS direktori, 1957—1973-yillarda O‘zbekiston Kompartiyasi Bog‘ot tumani, keyinchalik esa Yangiariq tumani qo‘mitalari birinchi kotibi, 1973—1980-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi Xorazm viloyati Xiva tumani qoʻmitasining birinchi kotibi lavozimida faoliyat olib borgan. 1980-yillarning o'rtalarida nafaqaga chiqqan.

1956-yilda davlatga paxta topshirish rejasini muvaffaqiyatli bajargani uchun Madamin Matkarimov Lenin ordeni bilan taqdirlangan.

SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1965-yilning 1-martidagi farmoni bilan O‘zbekiston SSR xalq xo‘jaligini rivojlantirishdagi alohida xizmatlari uchun Madamin Matkarimovich Matkarimov Lenin ordeni, „O‘roq va Bolg‘a“ oltin medali hamda Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

SSSR Oliy Sovetining 1970—1974-yillardagi 8-chaqiriq va 1974—1979-yillardagi 9-chaqiriq hamda Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 1980—1985-yillardagi 10-chaqiriq deputati etib saylangan. Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi aʼzosi boʻlgan.

Xorazm viloyati Xiva shahrida yashagan. 1986-yil 24-martda vafot etgan

Uch marta Lenin ordeni (1957-yil 1-noyabr; 1965-yil 1-mart; 1973-yil 12-oktyabr), Oktyabr inqilobi ordeni (1971-yil 4-avgust), Mehnat Qizil Bayroq ordeni (1978-yil 20 fevral) va bir qancha medallar bilan mukofotlangan.

Adabiyotlar

tahrir

Havolalar

tahrir