Madina Muxtorova
Madina Muxtorova Saidazimovna (ayrim manbalarda Madina Muxtarova deb yozilgan) (1964-yil 26-yanvar Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist.
Madina Muxtorova | |
---|---|
Tavalludi |
1964-yil 26-yanvar |
Fuqaroligi | SSSR → Oʻzbekiston |
Kasbi | teatr va kino aktrisasi |
Faoliyat yillari | 1990—hozirgacha |
Millati | oʻzbek |
Bolalari | Sanjar, Mirfaiz |
Mukofotlari |
Biografiyasi
tahrirMadina Muxtorova maktabda turli musiqa tanlovlari, radiodasturlarda faol qatnashib yurgan, soʻngra ustozi tavsiyasiga koʻra Toshkent teatr va sanʼat universitetiga kirish imtihonidan muvaffaqiyatli oʻtib, toʻgʻridan-toʻgʻri universitetning ikkinchi kursiga oʻqishga kirdi.1984-yil „Drama va kino“ boʻlimini tamomladi.[1]
Ijodiy faoliyatini 1990-yilda Yoshlar teatrida boshlagan aktrisa bir yil shu yerda ishlab, soʻng O‘zbek milliy akademik drama teatrida faoliyatini davom ettirdi. Hozirgacha shu teatrda ishlaydi.
Aktrisa Madaniyat universitetida oʻqigan paytida Said Muxtor bilan tanishgan[2].
Muxtorovaning sobiq turmush oʻrtogʻi va farzandinig otasi — aktyor, rejissyor Said Muxtor[3].
Faoliyati
tahrirMadina Muxtorova aktrisa sifatida koʻplab spektakl va oʻndan ortiq filmlarda ishtirok etgan, ellikka yaqin film va multfilmlarni dublyaj qilishda ham ishtirok etgan. Aktrisa filmlarda koʻp rol oʻynamagan boʻlsada, tomoshabinlarga „Togʻli kuyov“ filmidan yaxshi tanish.
Koʻp yillik mehnatlari uchun 2003-yilda aktrisa „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist“ faxriy unvoni bilan taqdirlangan. Turkiya, Egipet-davlatlarida.Moskva, Semfiropol, Olma-ota shaharlarida:"Chimildiq", „Shum bola“ va „Qirmizi olma“ spektaklidagi rollari bilan muvafaqqiyatli qatnashgan. „Mehrobdan chayon“ da Raʼno roli bilan Jahon teatr Festivallarida ishtirok etgan. „Ofarin“ mukofoti sovrindori. 1992-yil „Afandinig besh xotini“ dagi Toʻtihon roli uchun „Yilning eng yaxshi ayol roli“, „Shum bola“da Shum bola roli uchun „Yilning eng yaxshi aktrisasi“ kabi mukofotlarga sazovor boʻldi[4].
Filmografiyasi
tahrirYil | Film | Rol |
---|---|---|
1992 | Ostansya | |
1998 | Shaytanat | Mardona |
1999 | Togʻlik kuyov | Kelin |
2011 | Devona farishta | Odinaning onasi |
2011 | Osiy banda | |
2015 | Men yolgʻonchiman | Hayot |
2017 | Kulba |
Teatrdagi faoliyati
tahrirYil | Spektakl | Rol |
---|---|---|
Gamlet | Ofeliya | |
Qirol Lir | Kordelya | |
Toʻmaris | Zinaida | |
Alla | Nina | |
Bobur | Ona | |
Amir Temur | Kanizak | |
Alisher Navoiy | Guli | |
1992 | Afandining besh hotini | Toʻtihon |
Mehrobdan chayon | Raʼno | |
Chimildiq | Kelin | |
Shum bola | Shum bola | |
Zolushka | Zolushka | |
Sab'ai sayyor | Dilorom | |
Kelinlar qoʻzgʻoloni | Nigora | |
Qirmizi olma | Qirmiz qiz | |
Omon boʻlgin azizim | Ayol | |
Yaralangan oqqush nolasi | Qiz |
Manbalar
tahrir- ↑ https://kinomusicnewsuz.ucoz.ru/photo/super_fotografii_2/madina_muxtorova_aktrisa/6-0-2644
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2022-yil 30-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-avgust.
- ↑ http://zamonaviy.com/news/said_mukhtor_nega_madina_mukhtorova_bilan_azhrashganini_ajtdi/2021-12-10-43559
- ↑ https://kinomusicnewsuz.ucoz.ru/photo/super_fotografii_2/madina_muxtorova_aktrisa/6-0-2644