Madina xalqaro universiteti
Al-Madina xalqaro universiteti (MEDIU; malaycha: Universiti Antarabangsa Al-Madinah) Malayziyadagi mustaqil taʼlim muassasasi. U 2006-yilda tashkil etilgan boʻlib, islom tamoyillari va qadriyatlariga asoslanadi.
malaycha: Universiti Antarabangsa Al-Madinah | |
Universitet logotipi | |
Shiori | Chegaralarsiz oʻrganish uchun sizning darvozangiz |
---|---|
Turi | xususiy universitet |
Asos solingan sanasi | 2006 |
Manzili |
Jalan 2/125e, Taman Desa Petaling, 57100 Kuala Lumpur, Wilayah Persekutuan , Kuala Lumpur , Malayziya |
Kampusi | Kuala Lumpur shahrida asosiy kampus |
Veb-sayti | mediu.edu.my |
MEDIU Malayziya hukumati Oliy taʼlim vazirligi (MOHE) tomonidan litsenziyalangan. Uning dasturlari Malayziya malaka agentligi (MQA) tomonidan akkreditatsiya qilingan. Universitet xalqaro mukammallik darajasiga mos keladigan bilimlarni rivojlantirish va intellektual almashinuvini maqsad qilgan. U bosh direktor Dr. Abdulloh bin Saad Alarefiy tomonidan boshqariladi[1][2][3][4].
MEDIU kampusda offlayn va onlayn darslarni taklif qiladi.
Tarixi
tahrirMEDIU 2006-yilda tashkil etilgan. 2007-yil 20-mayda u Malayziya hukumati Oliy taʼlim vazirligi (MOHE) tomonidan roʻyxatga olingan va akkreditatsiya qilingan.
2008-yilda ilk bor talabalar qabul qilingan va Islom fanlari, tillar, moliya va maʼmuriy fanlar, kompyuter va axborot texnologiyalari hamda tillar markazi kabi fakultet va dasturlar ochilgan. Universitetning Janubi-Sharqiy Osiyo, Yaqin Sharq va Yevropada xizmat koʻrsatuvchi markazlari soni toʻqqiztaga yetgan.
Universitet kompyuter fanlari, moliya va maʼmuriy fanlar, muhandislik kabi ilmiy va amaliy sohalarda anʼanaviy taʼlimni boshlash uchun protseduralarni yakunlagan. 2010-yil sentabr oyida universitetga talabalarning birinchi offlayn oʻquv dasturiga qabuli boshlangan.
2011-yilda Tillar fakulteti va Islom fanlari fakultetida bitiruvchilarning birinchi guruhi bitiruv marosimida ishtirok etishgan.
2012-yilda MEDIU Granada xalqaro kolleji (GIC) bilan taʼlimni rivojlantirish sohasida memorandum imzolagan. 2013-yilda MARA tomonidan MEDIUda islom fanlari va arab tillari boʻyicha daraja kurslari ochish uchun MARA taʼlim krediti sxemasi boʻyicha roʻyxatga olish va homiylik dasturini tasdiqlangan.
2014-yilda 2265 nafar talaba fevral oyi uchun qabulga ariza topshirgan. MEDIU fransuz tilidagi rasmiy veb-saytini ishga tushirgan hamda Yaman va Nigeriyadagi Oliy taʼlim va ilmiy tadqiqotlar vazirligi tomonidan akademik dasturlari tan olingan. Jami 40 ta akademik dasturlar MQA tomonidan toʻliq akkreditatsiya maqomini olgan.
2015-yilda u Suriya Arab Respublikasi, Sudan Respublikasi va Falastindagi Oliy taʼlim vazirligi tomonidan oʻquv dasturlarini tan olgan. "Majma" va "Arraskhun Journal" ilmiy nashri tarqatilgan. Universitetda 84 millatdan 2384 nafar faol talaba va 70 millatdan 1982 nafar bitiruvchi bor. Jami 48 ta akademik dasturlar MQA tomonidan toʻliq akkreditatsiya maqomini olgan.
Tashkil etilishi va hukumat tomonidan tan olinishi
tahrirAl-Madina xalqaro universitetini tashkil etish gʻoyasi bir guruh musulmon olimlari tomonidan ilgari surilgan. Al-Madina xalqaro universiteti islom paygʻambari Muhammad birinchi islom davlatining poytaxti boʻlgan, islomiy ilm izlovchilar uchun qibla hisoblangan shahar boʻlmish Al-Madina Al-Munavvara nomi bilan atalgan.
MEDIU 2006-yil 26-dekabrda Malayziya Oliy Taʼlim Vazirligi tomonidan (MOHE) universitet sifatida eʼtirof etilgan va 2007-yil 20-iyunda roʻyxatdan oʻtgan (KPT/JPS/DFT/US/B22).
MEDIU 1996-yildagi Malayziyaning Xususiy Oliy Taʼlim (MOHE) qonuni (555-sonli qonun) asosida faoliyat olib boradi. Bu uning tashkil etilishi va maʼmuriyatini boshqaradi.
Akademik dasturlari
tahrirAl-Madina xalqaro universiteti oʻqitiladigan kurslar va tadqiqot dasturlarida oʻqishlikni taklif qiladi. Universitetda oltita fakultet mavjud, bular: Islom fanlari, muhandislik, moliya va maʼmuriy fanlar, kompyuter va axborot texnologiyalari, taʼlim va tillar. Akademik dasturlar katta ilmiy unvon va ish tajribasiga ega olimlar tomonidan ishlab chiqilgan. MEDIU akademik dasturlari talabalarga bilim va koʻnikmalarini oshirishda yordam beradi.
Tadqiqot dasturlari
tahrirMEDIU akademik tadqiqot dasturlarida taʼlim olishlikni taklif qiladi. Yuqori malakali ilmiy rahbarlar talabalarni muhim muammolarni hal qilish uchun ilmiy jihatdan ilgʻor va intellektual jihatdan qiziqarli tadqiqotlar oʻtkazishga yoʻnaltiradi va ularning faoliyatini qoʻllab-quvvatlaydi. Tadqiqot dasturlari talabalarga noyob va qiyin joylarni oʻrganishga koʻmak beradi. Universitet magistratura va doktorantura darajasida 35 dan ortiq aspirantura tadqiqot dasturlarida oʻqishlikni taklif etadi.
Oʻrganish usullari
tahrir- Al-Madina xalqaro universitetida (MEDIU) talabalar shaharchasida taʼlim olish oʻqituvchi, professor yoki oʻqituvchi yordamchisi bilan oʻquv kampuslarida amalga oshiriladi. MEDIU Akademik xodimlariga (Wayback Machine saytida 2022-03-19 sanasida arxivlangan) qarang.
- Onlayn taʼlim oʻrganish va baholash jarayonining haqiqiy tizimiga asoslanadi. Talabalar oraliq va yakuniy imtihonlarni oʻz davlatlarining vakolatli imtihon markazlarida topshirishadi. Taʼlim usuli elektron qoʻllab-quvvatlanadigan taʼlim va oʻqitishning barcha shakllarini, shu jumladan Edtechni oʻz ichiga oladi. Talabalar texnologiya orqali darslarda ishtirok etishlari kerak. Ular darsga qatnashishning minimal talabiga (70%) javob berishlari darkor.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Sharma/Singh Virdee. „EGYPT: Alternatives sought after universities close“. universityworldnews.com. Qaraldi: 2014-yil 28-yanvar.
- ↑ „Al-Madinah International University (MEDIU)“. mediu.edu.my. Qaraldi: 2014-yil 28-yanvar.
- ↑ „Al-Madinah International University (MEDIU) in Shah Alam, Selangor, Malaysia“. 123university.net. Qaraldi: 2014-yil 28-yanvar.
- ↑ „Al-Madinah International University“. afterschool.my. Qaraldi: 2014-yil 28-yanvar.
Havolalar
tahrir- Taʼlim vazirligi, Malayziya hukumati: https://web.archive.org/web/20150513010308/http://www.moe.gov.my/pdf/MOHE/tempat%20pengajian%20mybrain15.pdf . 2015-yil 21-mayda olingan
- Malayziya malaka agentligi: https://web.archive.org/web/20150514165737/http://www.mqa.gov.my/MQR/english/eakrbyipts.cfm . 2015-yil 21-mayda olingan