Madre Teresa Nuzzo

Maltalik ayol rohiba

Maria Teresa Nuzzo (11-may 1851-yil, Valletta, Malta – 1923-yil 17-aprel) – Rim-katolik rohibasi, „Muqaddas yurak“ qizlar uchun moʻljallangan diniy institutining asoschisi.

Madre Teresa Nuzzo
Tavalludi 11-may 1851-yil
Vafoti 17-aprel 1923-yil
Hamrun, Malta
Fuqaroligi Crown Colony of Malta va Birlashgan Qirollik
Kasbi ruhoniy
Turmush oʻrtogʻi -
Otasi Paul Nuzzo
Onasi Luisa Morroschi Nuzzo
Veb-sayti teresanuzzo.tripod.com

Hayoti

tahrir

Maria Teresa taqvodor nasroniy oilasida tugʻilgan, u Paul va Luisa Morroschi Nuzzoning ikkinchi farzandidir[1]. Uning katta akasi vabo epidemiyasi vaqtida vafot etgan, shundan keyin, Maria Teresa oilaning toʻngʻich farzandiga aylangan. Maria Teresa tugʻilgandan bir kun oʻtgach, Sent-Paul kollejining cherkovida choʻqintirilgan.

Maria Teresaning yoshlik yillarida Maltada taʼlim majburiy emas edi. Farzandlarini maktabga yuborishga kamchilik oilalarning qurbi yetardi, aksariyat bolalar oilalariga yordam berish uchun pul topish maqsadida turli ishlar qilishgan. Biroq, Maria Teresa taʼlim olish baxtiga muyassar boʻladi. Uning qoʻl mehnati va musiqaga iqtidori boʻladi, hamda bolalarga ham turli sohalarda oʻz bilimini berishga urinadi. 1867-yilda oʻn olti yoshida Maria Teresa koʻr boʻlib qolgan va 1867-yil 4-martda vafot etgan xolasi tomonidan boshqariladigan maktabga mas’ul etib tayinlangan[1].

Maria Teresa diniy hayotga oʻtish istagini his qila boshlagan boʻlsa-da, ota-onasi uchun mas’uliyatni his qilgan holda bu yoʻlni tanlamaydi. Usha vaqtda uning otasi yetmish yoshda boʻlib, ogʻir kasallikka chalingan edi. Shuningdek, Maria Teresa qaramogʻidagi maktabga ham mas’ul boʻlgan. U 21 yoshida oddiy inson sifatida qashshoqlik, iffat va itoatkorlik haqida shaxsiy qasamyod qilish imkoniyatini koʻrib chiqqan.

Shaxsiy qasamyod

tahrir

Maria Teresa oʻzining ruhiy direktori Mgr. Pietro Pace bilan maslahatlashgan, Pierto Pace uni Avilalik Teresa bayramida qasamyod qilishga undagan. Maria Teresa hali ham oʻz ahdida qatʼiy emasligini his qilgan. Garchi u diniy hayotga moyil boʻlsa ham, oxir-oqibatda oilasini tark etishiga ishonchi komil emas edi. 1874-yil 21-oktyabrda u Mgr. Pierto Pace qoʻlida shaxsiy qasamyod qiladi. Oradan ikki yil oʻtgach, u endigina yigirma besh yoshga toʻlganida, otasi vafot etadi.

Maria Teresa monastirga kirishni, qolaversa, monastir rohibalariga qoʻshilishni istagan. 1880-yilda u buni oʻzining ruhiy direktoriga maʼlum qilgan. Mgr. Pierto Pace unga: „Siz monastirga mos kelmaysiz“ deb ochiqcha aytgan. Shunday qilib, uning hayoti oʻzi maʼsul boʻlgan maktabda, maktab soatlaridan keyin esa katexik va pastoral ibodatlari bilan oʻta boshlagan. Oradan bir yil oʻtgach, 1881-yilda onasi ham vafot etgan.

Muqaddas yurak qizlari

tahrir

Maria Teresa Masihga yaqindan ergashadigan hamda taʼlim va ijtimoiy faoliyatning xayriya xizmatiga bagʻishlangan diniy jamoat tuzishga harakatd qila boshlaydi. Maria Teresa moliyaviy imkoniyatlari yetarli emasligiga qaramay, Xudoning inoyatiga ishonadi va uzoq kurashlardan soʻng 1902-yilda orzularining amalga oshishini koʻrishga muvaffaq boʻladi[2].

Amakivachchasi Enrico Nuzzo ham xuddi u kabi, jamiyatdagi baxtsizlarni, ayniqsa qizlarni tarbiyalashga yordam berish gʻoyalariga ega edi. U oʻz gʻoyalarini roʻyobga chiqarish uchun pullarini ijtimoiy loyihaga sarflamoqchi boʻlgan. Ikkalasi uchrashganda, Enrico Nuzzo Maria Teresaga yaqinda koʻrgan tushini aytib beradi. U loyihaga qoʻshilish taklifni qabul qilish istagi borligini va Diniy institut tashkil etish istagini maʼlum qiladi. Enrico Nuzzo oʻziga qarashli yerni loyiha uchun arxiyepiskopga ishonib topshiradi. Arxiyepiskop Maria Teresani yaxshi bilar edi, hamda uning umidlari va orzulari roʻyobga chiqqanidan xursand boʻladi.

1902-yilda qurilish ishlari boshlandi va 1903-yilda Maria Teresa, 52 yoshda oʻzining orzulari roʻyobi boʻlgan taʼlim muassasasida, uning birinchi talabalari bilan oʻsha uyda yashay boshlaydi. Shunday qilib, Maria Teresa 52 yoshida oʻzi orzu qilgan jamoatni tashkil etishga muvaffaq boʻladi.

Muqaddas yurak qizlar jamoati rasman 1903-yil 21-noyabrda tashkil etilgan[1].

Bugun kunda

tahrir

Bugungi kunda Muqaddas yurak qizlar taʼlim muassasasi Malta, Hindiston, Liviya, Keniya, Tanzaniya, Filippin va Amerika Qoʻshma Shtatlarida faoliyat olib boradi[3].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 Testa, Michael. „Bid to beatify congregation founder“, Times of Malta, May 3, 2003
  2. „Daughters of the Sacred Heart“. Dshnuzzo.org. 2012-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 16-iyun.
  3. „Site on Madre Teresa Nuzzo“. Teresanuzzo.tripod.com. Qaraldi: 2012-yil 16-iyun.

Adabiyotlar

tahrir
  • Aleksandr Bonniċi „Madre Teresa Nuzzo“ 1986-yil
  • Sr. Emma Camilleri DSH 'Bint l- Imħabbaʼ 2003-yil