Maeng Yu-na (1989-yil 28-oktabr — 2018-yil 26-dekabr) — janubiy koreyalik qoʻshiqchi. U 2010-yilda haqiqiy ismini oʻzgartirishdan oldin „Memory“ sahna nomi bilan chiqqan. Maeng jami oʻnta albom, ikkita toʻliq-albom va sakkizta yakkaxon albom yaratgan. Shuningdek, u 2006 — 2007- yillar oraligʻida „Lovers in Prague“, „Spring Waltz“ va „The Famous Seven Princesses“ teleseriallarida saundtreklar ijro etgan.

Maeng Yu-na
Memory(vocalist) from acrofan.jpg
Tavalludi 28-oktabr 1989-yil
Vafoti 26-dekabr 2018-yil(2018-12-26)
(29 yoshda)
Fuqaroligi Koreya Respublikasi
Kasbi qoʻshiqchi
Faoliyat yillari 2007-2018

FaoliyatiTahrirlash

U 2009-yilgacha „Memory“ sahna nomidan foydalanishni toʻxtatgan[1][2]. Maeng, shuningdek, 2009-yil oxirida raqib boshqaruv kompaniyasi bilan ishlay boshlagan. 2010-yilda u „Donʼt Ask“ singlini chiqargan va „MBC“ telekanalida gitarachi Kim Do Kyun bilan mini-kontsertda qatnashgan[3]. Maengning „Donʼt Ask“ singli „MBC“ radiosidagi musiqiy eshittirishlarda efirga uzatilganva keyingi yili u „Vanilla Bongbong“ va „Cherry Pie“ zamonaviy rok singllarini chiqarishni davom ettirgan[4]. 2012-yil sentabr oyida u Nepalga, „KOICAʼs Dream“ hujjatli filmining bir qismi sifatida mahalliy bolalarga musiqa ijro etish uchun Birethanti nomli chekka qishloqda musiqachilar bilan birga koʻngillilik qilish uchun yoʻl olgan[5]. 2014-yil oktabr oyida Maeng „Relax to You“ mavzusidagi ikkinchi toʻliq „Comma“ albomini chiqargan. Albom ishlab chiqarish jarayonida "Letʼs Dance" singlida jazz musiqachisi Yun Seok-Chol bilan hamkorlik qilgan[6].

Shaxsiy xayotiTahrirlash

Maeng 2014-yildan beri veterinar bilan munosabatda. 2018-yil 26-dekabrda u oʻz uyida yurak xurujidan vafot etgan. Maeng yaqin tanishlari bilan kichik dafn marosimini oʻtkazgan va u Gimpo's Rainbow Hill Memorial Parkiga dafn qilingan.

ManbalarTahrirlash

  1. „'심장마비로사망'맹유나, 생전 소녀시대 윤아와 다정했던 사진...“ (ko). Joongdo Ilbo (8-yanvar 2019-yil). Qaraldi: 3-sentabr 2021-yil.
  2. „"이제 ʻ맹유나’로 활동해요"“ (ko). Gwangju Dream (31-yanvar 2010-yil). Qaraldi: 3-sentabr 2021-yil.
  3. Seong-chan, Ahn. „백두산 기타리스트 김도균, 신인가수 맹유나와 미니콘서트“ (ko). EToday (26-iyul 2010-yil). Qaraldi: 3-sentabr 2021-yil.
  4. Wong-gyeom, Kim. „맹유나, '팜파탈'로 변신해 10개월만에 컴백“ (ko). The Dong-a Ilbo (19-iyun 2012-yil). Qaraldi: 3-sentabr 2021-yil.
  5. Joo-hwan, Park. „싱어송라이터 맹유나, ʻ코이카’ 네팔 봉사의 감동을 노래로 만든다“ (ko). The Joong-Ang News Korea (26-oktabr 2012-yil). Qaraldi: 4-sentabr 2021-yil.
  6. Woo-young, Jo. „맹유나, 재즈 뮤지션 변신…2집 ʻ콤마’ 발표“ (ko). Maeil Business Newspaper (17-oktabr 2014-yil). Qaraldi: 3-sentabr 2021-yil.