Mafiya (oʻyin)
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Mafiya(oʻyin) - kichik uyushmagan insonlarning bir guruhi tomonidan oʻynaladigan, detektiv syujetli, psixologik oʻyin. Oʻyin bir necha rollardan tashkil topgan. Oʻyinda har bir ishtirokchi oʻziga berilgan maxsus rol bilan ishtirok etadi.
Oʻyin syujeti: Shaharda tarqalgan Mafiya guruhi aʼzolarini shahar aholisi tomonidan qamoqqa olish, yoki soʻngi mafiya guruhi aʼzosi oʻyindan chiqib ketgunicha davom etadi.
Tarixi
tahrirMafiya oʻyini 1986-yil bahorida Moskva davlat universitetining psixologiya fakulteti talabasi , Kamensk-Uralskiyda tavallud topgan Dmitriy Davidov tomonidan yaratilgan[1][2][3][4][5]. Muallif oʻyin qoidalarining asosiy tamoyillari va asoslarini taklif qildi, ular turli versiyalarda boʻlgani sabab, har bir versiyalarda qoidalar oʻzgarib turadi. Avvaliga oʻyin Moskva davlat universitetining yotoqxonalari, oʻquv xonalari va koridorlarida mafiya oʻynash boshlangan. Baʼzi universitet talabalari aspiranturadan keyingi kasbiy taʼlim olish uchun chet elga ketganlaridan soʻng, oʻyin butun Yevropaga, keyin esa dunyoning boshqa qismlariga tarqala boshladi. Masalan, „Mafiya“ oʻyinining Amerika Qoʻshma Shtatlarida birinchi paydo boʻlishi 1989-yilga toʻgʻri keladi — Amerika „premyerasi“ Pensilvaniyadagi yozgi lagerda boʻlib oʻtdi[6]."Mafiya" oʻyinining prototipi 20-asrning oʻrtalaridan beri maʼlum boʻlgan „Qotil“ deb nomlangan Yevropa oʻyini hisoblanadi[7][8]. Biroq, unda oʻyinchilar bitta manyakni qidirishadi, „Mafiya“ da oʻyinchilar muhokama orqali qotillar guruhini — mafiya jamoasini aniqlaydilar.
Manbalar
tahrir- ↑ „пока не были обнаружены факты, что игра существовала в начале 80-х“. Qaraldi: 2024-yil 21-aprel.
- ↑ „Dmitriy Davidov“. 1999-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 21-aprel.
- ↑ „Журнал «Деньги» № 30(685) от 04.08.2008“. Qaraldi: 2024-yil 21-aprel.
- ↑ „«Werewolf: How a parlour game became a tech phenomenon“. Qaraldi: 2024-yil 21-aprel.
- ↑ „Ответы Дмитрия Давыдова“. Qaraldi: 2024-yil 21-aprel.
- ↑ „«Werewolf: How a parlour game became a tech phenomenon“. Qaraldi: 2024-yil 21-aprel.
- ↑ „Graduate Mafia Brotherhood of Princeton University: History“ (deadlink). web.archive.org (2007-yil 20-dekabr). 2007-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-oktyabr.
- ↑ Johanna Preetorius. Knaurs Spielbuch. Gl. Konversationsspiele („Igri besed“). — Myunxen, 1953. — S. 242.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |