MagSafe (simsiz zaryadlovchi qurilma)
MagSafe — bu Apple Inc. tomonidan iPhone va AirPods uchun ishlab chiqilgan magnitlar bilan ishlaydigan simsiz quvvatlovchi qurilmadir. U 2020-yil 13-oktabrda iPhone 12 va 12 Pro seriyalari bilan birgalikda ommaga namoyish etildi. Maksimal 15 Vt gacha boʻlgan quvvatlanishni qoʻllab-quvvatlaydi va xalqaro Qi standartiga javob beradi. Ushbu qurilmaning ulovchi halqasi NFC orqali bank karta kabi aksessuarlarni ham telefonga ulash imkonini beradi. Zaryadlash qurilmasi yer yuzida kamyob hisoblangan magnitlardan foydalanadi[1].
Ishlab chiqaruvchi | Apple Inc. |
---|---|
Turi | Smartfon simsiz zaryadlovchi qurilmasi |
Chiqarilgan sanasi | 2020 |
Vebsayt | apple.com |
Apple 2020-yilda 2 ta MagSafe quvvatlagichini ishlab chiqardi: MagSafe Charger, Iphone uchun quvvatlovchi panel bilan birga chiqarilgan MagSafe Duo Charger, shuningdek Apple Watch uchun ham simsiz quvvatlagich chiqardi[2]. Shuningdek, Apple MagSafe standartini uchinchi tomon kompaniyalari korpus, quvvatlagichlar va boshqa shu kabi aksessuarlar ishlab chiqarishi uchun litsenziyaladi. 2021-yilda Apple MagSafe Battery Pack toʻplamini chiqardi va AirPods va AirPods Proga MagSafeni qoʻshdi.
Tarix
tahrirMagSafe birinchi marta Apple tomonidan MacBook Pro 2006 dan boshlab MacBook noutbuklari liniyasining quvvatlagichlarining nomi sifatida foydalanilgan. 2016 yilda toʻrtinchi avlod MacBook Proning chiqarilishi bilan USB-C zaryadlash kabelidan foydalanila boshlangach, MagSafedan foydalanish bosqichma-bosqich toʻxtatila boshlandi[3]. 2019-yilda MagSafedan foydalanish MacBooklarda toʻliq toʻxtatilgan, biroq 2021-yil oktabr oyida chiqarilgan 14 dyuymli va 16 dyuymli MacBook Pro modellari bilan bir qatorda yana qayta taqdim etildi[4].
2017-yilda Apple bir vaqtning oʻzida iPhone, AirPods va Apple Watchni zaryadlash imkoniyatiga ega boʻlgan AirPower simsiz zaryadlovchi gilamchani namoyish qildi va qurilmalar gilamchaning istalgan joyiga joylashtirilishi mumkin edi. Biroq ushbu loyiha 2019-yil boshidayoq qizib ketishlar tufayli bekor qilindi.
Apple 2020-yil 13-oktabrda „Hi, Speed“ Applening maxsus shou-namoyishida iPhone 12 seriyasi bilan birga MagSafeni simsiz zaryodlovchilar va aksessuarlar universal ekotizimining bir qismi sifatida eʼlon qildi. MagSafega asoslangan Apple zaryadlovchi qurilmalari AirPowerdan soʻng Qi standartidan birinchi boʻlib foydalanmoqda[5]. MagSafe Attach deb nomlanuvchi iPhone qurilmalaridagi MagSafe uyasi[6] avtomatik ravishda Qi zaryadlash qurilmasiga ulanadi va bu ishonchli zaryadlashni taʼminlaydi[7][8].
2021-yil 18-oktabrda Apple 3-avlod AirPodlarini va MagSafe zaryadlash qutisi bilan birga AirPods Proning yangilangan avlodini chiqardi[9].
2023 yilda Wireless Power Consortium MagSafega asoslangan yangi Qi 2 standartini eʼlon qildi[10].
Zaryadlovchilar va aksessuarlar
tahrirMagSafe zaryadlovchi
tahrirMagSafe Charger – yer yuzidagi kamyob magnitlarni oʻz ichiga olgan Qi simsiz zaryadlash gʻaltagiga ulangan 1 metrli USB-C kabelidan iborat qurilma. MagSafe Charger qurilmasi iPhone 12 va 13 seriyalarida 15 Vt gacha quvvat beradi, 12 Vt quvvatlanishni qoʻllab-quvvatlaydigan iPhone 12 Mini va 13 Mini modellari bundan mustasno[11]. The Wall Street Journal MagSafe odatiy 20 Vt simli quvvatlagichlarga nisbatan 2 karra sekin zaryad berishini aniqladi[12]. MagSafe boshqa Qi-sertifikatlangan qurilmalarni, shu jumladan eski iPhone modellari va AirPodlarni ham zaryadlashi mumkin, ammo sezilarli darajada sekin zaryad beradi[13]. MagSafega ega boʻlmagan qurilmalarga ushbu qurilma qoʻlda oʻrnatilishi kerak, chunki ularda MagSafe bilan bogʻlanadigan magnitlar zanjiri mavjud emas[14][15]. Apple oʻz qurilmalari uchun 20 Vt lik quvvat adapteridan foydalanishni tavsiya qiladi[16]. Foydalanuvchilar MagSafe Chargers charm gʻiloflarda dumaloq izlar qoldirishi haqida ham xabar berishdi. [17]
MagSafe zaryadlovchi
tahrirMagSafe Duo Charger qurilmasi bir tarafda MagSafe zaryadlash qurilmasi, ikkinchi tarafda Apple Watch quvvatlagichi boʻlgan yigʻiladigan quvvatlovchi stendidir. MagSafe Duo Charger qurilmasi foydalanilmayotganda bloklanishi mumkin[18][19]. Quvvatlagich Lightning to USB-C kabeli bilan birga keladi, shuningdek Apple oʻzining yangi 30 Vt USB-C quvvat adapterini (2018 yilda chiqarilgan) tavsiya qiladi va ushbu adapter eski 29 Vt adapteri bilan mos kelmaydi va bir vaqtning oʻzida faqat bitta qurilmani quvvatlay oladi[20].
Apple Insider tomonidan oʻtkazilgan bardoshlilik testi natijalari shuni koʻrsatdiki, qurilma tez-tez buklansa ishlamay qolishi mumkin va u „180 buklashdan soʻng parchalana boshlagan va oxir-oqibat 212-buklashda toʻliq parchalanib ishdan chiqdi“[21] – deb yozadi. MagSafe Duo 2021-yildan beri chiqarilgan Apple soatlarida tezkor zaryadlashni qoʻllab-quvvatlamaydi (Series 7, Ultra va undan keyingi versiyalar)[22]. MagSafe Duo ishlab chiqarish 2023-yil sentabrida toʻxtatildi [23].
MagSafe Battery Pack
tahrir2021-yil iyul oyida Apple MagSafe Battery Pack toʻplamini chiqardi. U 11,13 Vt/soat, 1460 mA/soat quvvatga ega akkumulyatorni oʻz ichiga oladi, u iPhoneni 7,5 Vt quvvatda quvvatlay oladi [24]. Toʻplam Lightning kabeli orqali quvvatlanayotganda bir paytda iPhoneni 15 Vt da quvvatlaydi[25] [26] [27]. MagSafe Battery Packni ishlab chiqarish 2023-yil sentabr oyida toʻxtatilgan [28].
Gʻiloflar, hamyonlar va boshqa aksessuarlar
tahrirApple bir qator MagSafe gʻiloflari va boshqa aksessuarlar, masalan, charm qoliplar va iPhone va MagSafe gʻiloflariga magnit orqali biriktiriladigan hamyonlarni chiqardi. Apple kompaniyasining taʼkidlashicha, MagSafening zaryadlashi ularning korpuslari orqali ishlaydi. Apple kompaniyasining taʼkidlashicha, ularning charm hamyonlari kredit kartalarini ushbu qurilmalardagi magnitlar taʼsiridan himoya qilish uchun ishlab chiqilgan, ammo kredit kartalari iPhone va MagSafe zaryadlovchisi orasiga joylashtirilmasligi kerakligi haqida ogohlantirmoqda[29]. 2021-yilda Apple NFC chipli yangilangan MagSafe hamyonini chiqardi, u hamyon iPhoneʼdan uzilganida „Mening joylashuvimni top“ funksiyasi yordamida hamyonni kuzatib boradi[30].
Uchinchi tomon kompaniyalar quvvatlagichlari va aksessuarlari
tahrirApple rasmiy litsenziyalangan uchinchi tomon MagSafe mahsulotlarini „Made for MagSafe“ deb nomlaydi. Apple Belkin bilan hamkorlikda MagSafe yordamida zaryadlash qurilmalarini, jumladan, 2-in-1 zaryadlovchi, 3-in-1 zaryadlovchilarni ishlab chiqdi[31][32]. Ishga tushirilganda Belkin Apple MagSafe standartini litsenziyalagan yagona aksessuar ishlab chiqaruvchisi edi; Boshqa uchinchi tomon aksessuarlar ishlab chiqaruvchilari magnit zaryadlash mahsulotlarini „MagSafega mos“ deb ishlab chiqishsa-da, ular MagSafening 15 Vt quvvatiga qaraganda kamroq maksimal zaryad tezligi 7,5 Vt ni taʼminlaydi. Hamda ular eski Qi standartlaridan foydalanadilar va oldindan oʻrnatilgan NFC yoʻq[33][34]. 2022-yilda aksessuarlar ishlab chiqaruvchi Mophie kompaniyasi Apple bilan hamkorlikda 3-in-1 Made for MagSafe sayohatlar uchun zaryadlovchi qurilmasini chiqardi; Nomad shuningdek, zaryadlash qurilmalari komplektini ham chiqardi[35][36]. OtterBox rasmiy litsenziyalangan gʻiloflar va 2-in-1 zaryadlovchilarni ishlab chiqaradi[37][38].
MagSafeni qoʻllab-quvvatlaydigan qurilmalar
tahrirQuyidagi qurilmalar MagSafeni qoʻllab-quvvatlaydi:
- iPhone SE (3-avlod) bundan mustasno, 2020-yil oktabrda va undan keyin chiqarilgan iPhonelar (iPhone 12/12 Pro va undan keyingi avlodlari).
- AirPods uchun MagSafe Charging Case (3-avlod).
- AirPods Pro uchun MagSafe Charging Case (2021 yil oktyabridan keyingi birinchi avlod va ikkinchi avlod).
Manbalar
tahrir- ↑ Apple Event — October 13.
- ↑ „Apple Events — October 2020“ (en-US). Apple. Qaraldi: 2020-yil 16-oktyabr.
- ↑ Bowe. „What Ever Happened to One of the MacBook's Best Features?“ (en-US). Gear Patrol (2020-yil 28-may). Qaraldi: 2020-yil 14-oktyabr.
- ↑ „MacBook Pro 14-inch and 16-inch - Technical Specifications“. Apple (UK).
- ↑ „Apple announces iPhone 12 and iPhone 12 mini: A new era for iPhone with 5G“ (en-US). Apple Newsroom. Qaraldi: 2021-yil 18-iyul.
- ↑ „Accessory Design Guidelines for Apple Devices“. Apple Inc.. Qaraldi: 2022-yil 14-iyun.
- ↑ Kingsley-Hughes. „Apple solves iPhone's wireless charging hit-n-miss with MagSafe“ (en). ZDNet. Qaraldi: 2021-yil 18-iyul.
- ↑ „Accessory Design Guidelines for Apple Devices“. Apple Developer.
- ↑ „AirPods Pro Now Available With MagSafe Charging Case for Same $249 Price“ (en). MacRumors. Qaraldi: 2021-yil 18-oktyabr.
- ↑ „New Qi2 Standard for Wireless Devices Ensures Enhanced Consumer Convenience and Efficiency“ (en). www.businesswire.com (2023-yil 3-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 3-yanvar.
- ↑ „How to use your MagSafe Charger with iPhone 12 models and later“ (en). Apple Support. Qaraldi: 2021-yil 24-sentyabr.
- ↑ iPhone 12, iPhone 12 Pro Review: 5G, Cameras and New Design Tested | WSJ (inglizcha), qaraldi: 2023-01-17
- ↑ „PSA: Non-iPhone 12 Models Charge Super Slowly With MagSafe Charger“ (en). MacRumors. Qaraldi: 2021-yil 3-oktyabr.
- ↑ Phelan. „Apple MagSafe For iPhone 12: Complete Review“ (en). Forbes. Qaraldi: 2021-yil 18-iyul.
- ↑ Stein. „MagSafe on iPhone 12: I still want USB-C, but I was wrong about Apple's magnetic charger“ (en). CNET. Qaraldi: 2021-yil 18-iyul.
- ↑ „How to use your MagSafe Charger with iPhone 12 models“ (en). Apple Support. Qaraldi: 2021-yil 18-iyul.
- ↑ „MagSafe chargers may imprint leather cases, are compatible with 12W adapters“ (en). AppleInsider. Qaraldi: 2021-yil 18-iyul.
- ↑ „Apple MagSafe Duo Charger Review: Useful, but expensive and underwhelming“ (en-US). TechCrunch. Qaraldi: 2021-yil 18-iyul.[sayt ishlamaydi]
- ↑ Bohn. „The Apple MagSafe Duo charger is overpriced and under-delivers“ (en). The Verge (2020-yil 9-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 18-iyul.
- ↑ Porter. „Apple's old 29W chargers aren't good enough for MagSafe Duo“ (en). The Verge (2020-yil 11-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 18-iyul.
- ↑ „MagSafe Duo review: almost everything you need, but has too many compromises“ (en). AppleInsider. Qaraldi: 2021-yil 18-iyul.
- ↑ „Apple's 2329 MagSafe Duo Charger Can't Fast Charge Apple Watch Series 7“ (en). MacRumors. Qaraldi: 2021-yil 15-oktyabr.
- ↑ „Apple Discontinues MagSafe Battery Pack and MagSafe Duo Charger“ (en). MacRumors (2023-yil 12-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 12-sentyabr.
- ↑ „MagSafe Battery Pack Now Able to Charge at Faster 7.5W Speed After Firmware Update“ (en). MacRumors. Qaraldi: 2022-yil 22-aprel.
- ↑ „MagSafe Battery Pack“ (en-US). Apple. Qaraldi: 2021-yil 18-iyul.
- ↑ „Apple's MagSafe Battery Pack has more capacity than it seems — here's why“ (en). AppleInsider. Qaraldi: 2021-yil 18-iyul.
- ↑ „Apple's MagSafe Battery Pack: Everything You Need to Know“ (en). MacRumors. Qaraldi: 2021-yil 18-iyul.
- ↑ „Apple Discontinues MagSafe Battery Pack and MagSafe Duo Charger“ (en). MacRumors (2023-yil 12-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 12-sentyabr.
- ↑ „How to use your MagSafe Charger with iPhone 12 models“. Apple Support (2020-yil 2-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 29-dekabr.
- ↑ Campbell. „Apple's updated leather MagSafe wallet supports Find My location tracking“ (en). The Verge (2021-yil 14-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 28-yanvar.
- ↑ „Belkin's MagSafe Boost Charge Pro review: worth the wait“ (en). AppleInsider. Qaraldi: 2021-yil 18-iyul.
- ↑ Patel. „Six months later, there still isn't a MagSafe car charger“ (en). The Verge (2021-yil 16-aprel). Qaraldi: 2021-yil 18-iyul.
- ↑ Karcz. „MagSafe Cases And Accessories For The iPhone 12: Everything You Need To Know“ (en). Forbes. Qaraldi: 2021-yil 18-iyul.
- ↑ Staff Writer. „Buyer beware: 'MagSafe compatible' is not the same as 'Made for MagSafe'“ (en-US). Macworld. Qaraldi: 2021-yil 18-iyul.
- ↑ „Mophie Debuts 3650 MagSafe-Compatible 3-in-1 Travel Charger“ (en). MacRumors. Qaraldi: 2022-yil 19-yanvar.
- ↑ „Review: Nomad Launches 'Base One' Official MagSafe Charger for 3730“ (en). MacRumors. Qaraldi: 2022-yil 2-mart.
- ↑ Carnoy. „Best MagSafe and magnetic wireless chargers for Apple iPhone 12“ (en). CNET. Qaraldi: 2021-yil 18-iyul.
- ↑ Potuck. „OtterBox 2-in-1 MagSafe Charging Station for iPhone and Apple Watch has slick Pro Display XDR-style design“ (en-US). 9to5Mac (2022-yil 26-iyul). Qaraldi: 2022-yil 29-iyul.