Maggie Borg

Maltalik ekologik va ijtimoiy huquqlar faoli

Meggie Borg (1952–2004)[1] Maltalik ekologik va ijtimoiy huquqlar faoli.

Maggie Borg Zebbugdagi uyida (1993-yil)

Faoliyati

tahrir

Maggie Borg taniqli Maltalik ekolog boʻlgan[2]. U Friends of the Earth (Malta) va Greenpeace Mediterranean (Wayback Machine saytida 2019-12-05 sanasida arxivlangan) da faoliyat olib borgan[3][4]. Uning asosiy maqsadlari Malta va Oʻrta yer dengizi mamlakatlarida qayta ishlash va toza energiyani targʻib qilish, hamda qishloq joylarida tabiatni saqlash boʻlgan[5][6]. Maggie Borg, oʻz nomidagi mukofotga ega boʻlgan Julian Manduca kabi boshqa taniqli Malta faollari bilan birga ishlagan[7]. Maltaning Dripht (Wayback Machine saytida 2016-09-10 sanasida arxivlangan) rok guruhi oʻzining Global Warning albomini ikkala ekologga bagʻishlab yaratgan.

Hayoti

tahrir

Maggie Borg 1952-yil 14-yanvarda Maltaning Kospikua shahrida tugʻilgan[8]. U 10 ta oʻgʻil farzandi boʻlgan oiladagi katta va yagona qiz edi. Kospikua davlat maktabida taʼlim olgan. Maggie Borg Greenpeacega qoʻshilishdan oldin turistik gid, doʻkon sotuvchisi va mustaqil dizayner, hamda jun sviterlar ishlab chiqaruvchisi boʻlib ishlagan. Maggie Borg juda barvaqt turmushga chiqqan. Nikohi buzilganidan keyin u doʻstlari va oilasining qoʻllab-quvvatlashi bilan ahvolini yaxshilashga muvaffaq boʻlgan. Maggie Borg Naxxar va Mostada istiqomat qilgan va nihoyat Zebbugga kelib joylashgan. U Malta universitetida oʻqishni davom ettirgan va 1993-yilda sotsiologiya va atrof-muhitni oʻrganish boʻyicha magistrlik darajasini olgan. Maggie Borg oʻrta maktab oʻquv dasturi uchun atrof-muhitni oʻrganish kursini ishlab chiqqan va San Anton maktabida yuqori sinflarga dars berishni boshlagan. Uning dars oʻtishga yondashuvi oʻquvchilar va ota-onalar tomonidan yuqori baholangan[9][10]. The Malta Independent koʻrsatuvi sharhlovchisi Daphne Caruana Galizia oʻqituvchi Maggie Borg haqida quyidagicha fikrlarini maʼlum qilgan: „Maggie Borgning oʻquvchilari MATSEC imtihonlarida 1 va 2 ball toʻplay boshlamaguniga qadar, uning usullari noanʼanaviy hisoblangan[11].“

Vafoti

tahrir

Meggie Borg qariyb oʻn yil davomida ogʻir kasallik bilan kurashganidan soʻng, 2004-yil 3avgustda[12], 52 yoshida koʻkrak saratonidan vafot etgan. U Malta Saraton Jamgʻarmasi bilan faoliyat yuritgan holda, oʻzi singari kasallarning koʻpchiligaga yordam bergan va vafotiga qadar bu jamgʻarmada faol ishtirok etgan[13]. Uning ismi har yili Aboutmalta.com veb-saytida vafotining yilligi munosabati bilan esga olinadi[14].

Manbalar

tahrir
  1. Borg. „Those who cared - The Malta Independent“. www.independent.com.mt (2015-yil 16-may). Qaraldi: 2022-yil 5-mart.
  2. Sant, Toni (August 4, 2004), „Goodbye Maggie“. Toni Santʼs blog, MaltaMedia
  3. Fishkoff, Sue (August 1, 1997), „Rainbow Warriors“. Jerusalem Post
  4. Borg, Steve (August 16, 2005), „Failed Justification for demolition and enlargement of Santʼ Antnin“. Malta Independent.
  5. Borg, Maggie, „Have we really gone insane?“. The Sunday Times (Malta), June 11, 2000, p. 8
  6. Borg, Steve (May 3, 2009), „An Inconvenient Truth“. Malta Independent
  7. Malta Today (August 7, 2005), „Julian Manduca remembered as annual award launched“.„MaltaToday“. 2013-yil 16-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-dekabr.
  8. „2004 Obituaries“. Malta Media
  9. Pisani, Louis, „Appreciation, Maggie Borg“. The Times (Malta), August 6, 2004, p. 37.
  10. Tanti Burlo, Elena, „Maggie Borg“. The Sunday Times (Malta), August 8, 2004, p. 62.
  11. Caruana Galizia, Daphne (November 2, 2008), „Fine, upstanding, handsome and intelligent – thatʼs right, weʼre not talking about Saviour Balzan“ (reply to comment „Maryanne says“, November 3, 2008). Daphne Caruana Galiziaʼs Notebook
  12. Borg. „Those who cared - The Malta Independent“. www.independent.com.mt (2015-yil 16-may). Qaraldi: 2022-yil 5-mart.
  13. The Times of Malta (December 20, 2003), „Cancer foundation aims to better radio therapy services“.
  14. Sant, Toni (August 2010), „3. This Month in Maltese History“. Aboutmalta.com